DO`STLARGA ULASHING:
Kitob — bilim manbai
Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va bilim manbaidir. Kitob o‘qigan odamning dunyoqarashi keng bo‘ladi. U yaxshilik bilan yomonlikni farqlay oladi.
Kitob orqali biz tarixni, ilm-fanni va hayotiy tajribalarni o‘rganamiz. Mashhur allomalar ham bilimga kitob orqali erishgan. Kitob o‘qish insonni tarbiyalaydi va to‘g‘ri fikrlashga o‘rgatadi.
Shuning uchun har bir o‘quvchi kitob bilan do‘st bo‘lishi kerak. Kitob — kelajakka yo‘l ochuvchi kalitdir.
