Qisqa Maslahatlar — Dasturchilar uchun

DO`STLARGA ULASHING:

📌 Qisqa Maslahatlar — Dasturchilar uchun.

• Kodingiz ishlamasa yoki xatolik bersa, guruhlarga savolni to’g’ri bering. Pythonni biladiganlar bormi, PHPni kim tushunadi demang. Savolni batafsil tushuntiring, bilganlar aytishadi, bilmaganlar jim turishadi.

• Kod yozishda chalg’imang. Telegram, Instagramlarga kirmaslikka harakat qiling. Savol chiqsa, Telegramga kirish mumkin, unda ham faqat savol uchun.

• Kod ishlamasa asabingizni buzmang. Kodni tiklasa bo’ladi, ammo asabnimas.

• Google’dan foydalanishni o’rganing. Stackoverflow.com sayti orqali minglab dasturchilarning ishi bitgan.

• So’rashdan uyalmang. Biror guruhda balki siz yaxshi biladigansiz va o’zingizga yarasha obro’y bo’lishi mumkin, ammo savol chiqsa uni berishdan uyalmang. Kezi kelsa, miya 2+2 ni ham hisoblay olmasligi mumkin.

👉 @itechmedia — #programmers

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek