-
O‘smir qizlarga tavsiyalar
-
Faqat qizlar o‘qisin: Yigitlar uylanishni istamaydigan QIZLAR
-
Erkaklar gapirishni istamaydigan, ammo indamay aziyat chekadigan muammo
-
Qaysi mahsulotda qanday vitamin mavjud?
DO`STLARGA ULASHING:
Kerakli masalliqlar:
1. Dumba yog’i — 200 gr.
2. Qovoq — 1,5 kg.
3. Kartoshka — 1 kg.
4. Un — 1,5-2 kg.
5. Omuhta yog’ — 150 gr.
6. Tuz va ziravorlar.
7. Tuhum (qatiq) — 1 dona.

Omuhta yog’: qo’yni charvi (ichak va pochka yoni) yog’lari eritiladi. 100 gr erigan qo’y yog’iga 50 gr qizdirilgan pahta yog’i qo’shiladi.
Undan o’rtacha yumshoqlikda sho’r suvga oddiy hamir qilinadi. Va biroz tindirib qo’yiladi.
Qovoq, kartoshka, piyoz va dumba yog’i kubik qilib to’g’raladi. Tuzi rostlanadi.
Tingan hamir yupqa yoyilib, omuhta yog’ surtiladi. Hamir rulet xoliga keltirilib o’raladi. Va uni muzlatkichga 1 soatga qo’yiladi.
Hamir muzlatkichdan olinib, bo’laklarga bo’linadi. Va bo’lakchalar cheti jo’valanib, dumaloq shakl beriladi. Bunda dumaloq shakl o’rtasini jo’valamaslikka xarakat qilish lozim.
So’ngra qiyma solinib, somsa tugiladi. Somsaga shakl berish sizning fantaziyangizga bog’liq. Listga terilgan somsalar ustiga tuhum yoki qatiq surtib, murch sepiladi.
Va oldindan qizdirilgan gaz duhovkasida qizargunicha pishiriladi.
Yoqimli ishtaxa!
Пингбэк: bóng đá trực tiếp
Пингбэк: check my blog