Regulon tabletka — gormonal kontratseptiv vosita

DO`STLARGA ULASHING:

?Regulon tabletka — gormonal kontratseptiv vosita , ya’ni homiladorlikdan saqlovchi ta’sirga ega.
?Analogi — novinet tabletkasi hisoblanadi. Novinet bilan bir xil ta’siri.
#Regulon tabletka
# Регулон таблетка
?Dori shakli : tabletka
?Tarkibi ?
Dezogestrel va etinilestradiol moddalari.
?Ta’sir qilishiga ko’ra ?
Kontratseptiv vosita . Jinsiy gormonlar va jinsiy tizim modulyatori. Homiladorlikka qarshi vosita.
?Qo’llanilishi ?
— Jinsiy gormonlar faoliyati susayganda
— Gormoniga bog’liq soch to’kilishida
— Ayollarda girsutizm kasalligini davolash
— Hayz sikli davri buzilgan holatlarda
— Istalmagan homiladorlikdan himoya uchun.
— Xayz siklini me’yoriga keltirish uchun.
— Ko’p qon ketganda xayz sikli davrida .
?Qabul qilish usuli ?
Preparatni har kuni bir xil vaqtda kuniga 1 tabletkadan qabul qilish kerak. 21 kun qabul qilingach 7 kunlik tanaffus qilinadi. Va yana qabul qilishda davom ettiriladi. Bir hafta tanaffus vaqtida hayzsimon qon ketishi kuzatilishi mumkin.
Shunday qilib preparatni 21 kun har kuni 1 tabletkadan qabul qilinadi va 7 kun tanaffus qilinadi. Tanaffus 7 kundan oshib ketmaslik kerak.
?Nojo’ya ta’siri ?
— Ayollarda tromboemboliya rivojlanishi mumkin
— Ko»ngil aynish, qusish
— Diareya , qorin sohasida og’riq
— Tana vazni oshishi
— Qon bosimi oshishi
— Hayz sikllari orasida qon ketishlar.
— Ko»krak bezi kattalashishi va og’rishi
— Teri toshmalari va yuzda pigment dog’larni paydo bo’lishi.
— Sutni beixtiyor ajralib chiqishi
— Terida sariqlik xolati
— O’t qopida tosh hosil bo’lishi
— Depressiya holatlari , bosh og’rig’i , migren
❌Qo’llash mumkin emas ?
— Tromb bor holatlarda va tromboemboliyada
— Miokard infarkti kasalligida
— Stenokardiya da
— Bosh miyada qon aylanishi buzilish holatida
— Ishemik insult da
— Qandli diabetda
— Epilepsiya kasalligida
— Jigar o’smalarida va jigarning og’ir kasalliklarida
— Homiladorlik davrida va unga shubha qilinganda
— Emizish davrida mumkin emas.
— Ayollarda menopauza davri tavsiya qilinmaydi
— Jigar sirrozida
— virusli gepatitda
— Yurak klapanlarining kasalliklarida
— O’t tosh kasalligi bor bemorlarga mumkin emas.
— Sababi no’malum bo’lgan qindan qon ketishda
— Ayollarda gi gormonga bog’liq o’smalarda ( rakda ) qabul qilish mumkin emas.
?ESLATMA ?
✅Ayollarda xayz sikli to’xtagan bo’lsa ya’ni asosan keksalarda menopauza holatida preparat qabul qilinmaydi.
✅Preparatni 7 kundan ortiq to’xtatish ya’ni qabul qilishda tanaffus ni 7 kundan ortiq qilmaslik kerak.
✅Preparatni virusli gepatit kasalligidan sog’aygan bemorlarga 6 oy qabul qilmasliklari buyuriladi.
✅Kontratseptiv preparatlar tarkubida homiladorlikka qarshi gormonlar bo’ladi.
?Qo’llash — retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi — Vengriya

Оставьте комментарий