Rejali kesarcha kesish

DO`STLARGA ULASHING:

Rejali kesarcha kesish
kesarcha  kesish — «jarrohlik muolajasi» etib belgilangan, uning jarayonida onaning qorniga va bachadoniga kesim qilinadi, u orqali bolani yoki bolalarni chiqarish rejalashtirilgan. Aslida, bu tabiiy tugʻruqqa muqobil variant. Rejalashtirilgan kesarcha kesish jarrohlik aralashuvini nazarda tutadi, unda KSni (yoki kesarlashni) oʻtkazishni homilador patsiyentning oʻzi yoki uning shifokori soʻraydi.
Mazkur muolaja ommalashib bormoqda va aksariyat shifokorlar homiladorlikning taxminan 39 haftasida rejalashtirilgan kesarcha kesishni (shuningdek, «patsiyentning istagiga koʻra kesarcha kesish» atamasi mavjud) oʻtkazishni tavsiya etmoqda. Agar tugʻruq 39 haftadan ertaroq boshlansa, xohishiga koʻra standart kesarcha kesishni oʻtkazish mumkin. Olimlar tomonidan oʻtkazilgan Turnbull, Raheem va Salloum tadqiqotlari 3 ayoldan 1 tasi kesarcha kesish oʻtkazilgandan keyin tabiiy yoʻl bilan tugʻishni emas, kesarcha kesishni oʻtkazishlarini afzal koʻrishini koʻrsatdi.
Ayollar kesarcha kesishni afzal koʻrishini asosiy sabablari quyidagilar:
  • Yirik bola, u tugʻruq paytida chiqishida bachadon boʻynini shikastlab qoʻyishi mumkin
  • Agar bola tugʻruq uchun muqobil boʻlmagan holatda yotibdi deb hisoblansa
  • Tabiiy tugʻruqlarni qiyinlashtiruvchi yoki murakkablashtiruvchi qandaydir tibbiy kasalliklari mavjudligida
  • Avvalgi tugʻruqlar murakkab boʻlganligi tufayli xavotir va tashvish
  • Epiziotomiyaga (qin oʻlchamlarini kattalashtirish va tug’ruqni yengillashtirish maqsadida jarrohlik usuli bilan chotni kesish) yoʻl qoʻymaslik zarurati
  • Shaxsiy tanlov- tugʻilish sanasini tanlash uchun yoki u onaning bolani parvarishlash taʼtiliga chiqishiga qulay boʻlgan paytga kelishi uchun ayrim ayollar rejalashtirilgan kesarcha kesishni tanlaydi.
  • Tabiiy tugʻruqda va boʻlishi mumkin boʻlgan qinni jarohatlanishida ogʻriqni his qilmaslik uchun
  • Agar uchta, toʻrtta yoki undan koʻp egizaklar kutilsa
Rejalashtirilgan kesarcha kesish- jarrohlik muolajasi hisoblanadi va baʼzida mahalliy yoki umumiy, yohud epidural anesteziya ostida oʻtkaziladi. Barcha turdagi jarrohlik aralashuvlari kabi mazkur muolajada ham ona va bola. uchun oʻzining ajralmas xavflari mavjud
Ushbu xavflarning ayrimlariga quyidagilar kirishi mumkin:
  • Anestetiklarni qoʻllanilishi va ularga boʻlgan allergik reaktsiyalar bilan bogʻliq xavflar
  • Tugʻilish sanasini notoʻgʻri aniqlash tufayli rejalashtirilmagan chala tugʻilishi, bu bolada nafas olish muammolarini keltirib chiqarishi mumkin
  • Respiratorli distress-sindrom, bunda bolaning oʻpkasida suyuqlik ushlanib qoladi (odatda bolaning oʻpkalarida boʻlgan bu suyuqlikni tabiiy tugʻruq chiqarib tashlashga yordam beradi, kesarcha kesishda esa ayrim bolalarning oʻpkalarida suyuqlik qolishi mumkin)
  • Vaginal tugʻruqlarga qaraganda onalar oʻrtasidagi oʻlim deyarli 4 barobar yuqori.
Mazkur omillarni hisobga olish zarur, lekin yodingizda boʻlsin, shu turdagi har qanday muolajaga nisbatan xavflar mavjud. Yaxshisi imkon qadar barcha maʼlumotlarni olib, keyin kesarcha kesishni rejalashtirish boʻyicha ongli ravishda qaror qabul qilish lozim.
Rejalashtirilgan kesarcha kesish paytida aslida nimalar sodir boʻladi?
Trombozni ehtimolini bartaraf etish uchun bir juft jarrohlik paypoqlari beriladi. Tirnoqlar uchun lakni oʻchirib, taqinchoqlarni yechish lozim. Qov sohasida tuklardan tozalanadi. Jarrohlik xonasida sizga mahalliy/umumiy anesteziya yoki epidural anesteziya yuboriladi. Hamrohingizga jarrohlik xalatini kiyishni taklif qilishadi, va odatda, hamrohingizning qolishiga ruxsat berishadi.

Siz jarrohlik oldidan hech narsani his qilmasligingiz uchun anesteziolog qoʻlidan kelganini qiladi. Siz hech narsani koʻrmasligingiz uchun ekran oʻrnatiladi, qovuqni boʻshatish uchun sizga kateter oʻrnatiladi, bikini chizigʻidan biroz teparoqda kesim qilinadi, u jarrohga bachadonga yoʻl ochib beradi. Ayrim holatlarda «tortish» yoki «paypaslash» hissi boʻlishi mumkin, lekin ogʻriq borasida hech qanday soʻz boʻlishi mumkin emas. Bola kesim qilingandan keyin taxminan 3-5 daqiqalardan soʻng dunyo yuzini koʻradi. U koʻtariladi, tekshiriladi, kindigi qisiladi va kesiladi.
Agar hammasi joyida boʻlsa yoʻldoshni olgunga va choqlarni solgunga qadar sizga bolani koʻkrakda ushlab turishga berishadi. Ehtimol mazkur muolajalar paytida hamrohingiz bolani ushlab turishini istarsiz. Butun muolajaga taxminan 30 daqiqa ketadi. Keyin sizni reabilitatsion boʻlimga yoki xonaga, keyin esa palataga yotqizishadi. Bolani qanchalik tez emizish kerakligini sizga akusher ayol aytadi.

Ehtimol shifoxonaga siz oʻzingiz bilan sizni u yerda turishingizni soddalashtirishi va qulaylashtirishi uchun, hamda kesarcha kesish jarayonida qulaylikni taʼminlashi uchun ayrim narsalarni olgingiz kelar:

  • Rejalashtirilgan kesarcha kesishdan keyin siz ehtimol emizishingizni hisobga olgan holda qulay kiyim va uxlash uchun kiyim. Shuning uchun, bularni qulayligini taʼminlaydigan kiyimni olish lozim
  • Shippaklar yoki boshqa qulay poyafzal
  • Muolajadan keyin chandiqni qoʻzgʻatmaydigan qulay ichki kiyim
  • Tualet anjomlari
  • Uyga ketishida chaqaloqqa kiydiriladigan kiyimlar toʻplami
  • Tanlovingizga qarab nonushta va ichimliklar, ayniqsa ovqatda oʻzingizga hos afzalliklaringiz boʻlsa
  • Rejalashtirilgan kesarcha kesishdan keyin sizning hazm qilish tizimingiz iloji boricha tezroq «ishchi» holatiga qaytishi uchun tarkibida kletchatka boʻlgan ayrim mahsulotlarni va olxoʻri kabi mevalarni oʻzingiz bilan olishingiz zarur.
  • Tibbiy karta va shaxsni aniqlovchi hujjat
  • Muolajadan keyingi kunlarda oila aʼzolaringizdan biri yoki hamrohingiz sizga surtishi mumkin boʻlgan va sizning tiklanishingizga yordam berishi mumkin boʻlgan qandaydir massaj moylari
  • Tiklanish jarayonida sizning qulaylik darajangizni oshirish uchun qoʻshimcha yostiqlar va koʻrpalar
  • Yangi tugʻilgan chaqaloqni olib ketish uchun avtokursi
Tanlangan sezaryen so’ng
Jarrohlik aralashuvidan keyin kateter odatda ertalabgacha qoldiriladi. Qoʻldagi venaga tomizgʻich oʻrnatiladi, agar jarrohlik paypoqlari kiygizilgan boʻlsa, ular sizda qoladi. Sizga ogʻriq qoldiruvchi vosita yuboriladi, biroq qon aylanishi yaxshilash va tromblar hosil boʻlishini oldini olish uchun akusher ayol sizni yotgan joyingizdan turishga majbur qiladi. Shifoxona boʻladigan taxminiy vaqtingiz 3 kunni tashkil qiladi. Siz uyda qoʻshimcha yordam koʻrsatilishini koʻrib chiqishingiz lozim, chunki dastlab harakat qilishingiz qiyin boʻladi.
Kesarcha kesishdan keyin tiklanish uchun biroz vaqt talab qilinishi mumkin, muolajadan keyin toʻliq tiklanish esa 8 haftadan 4 oygacha boʻlgan muddatni egallashi mumkin (bu bir qator omillarga bogʻliq, jumladan, tugʻruqlarning soni, sogʻligʻining muolajadan oldingi holati va muolaja paytidagi har qanday asoratlar). Baxtingizga, agar jarrohlik muvaffaqiyatli oʻtsa, keyingi bolani tugʻishdan oldin organizmingizning tiklanishiga va toʻliq sogʻayishiga kamida bir yil muddat tavsiya etilishiga qaramasdan, sizga keyinchalik tabiiy yoʻl bilan yoki kesarcha kesish yordamida tugʻish imkoniyatini tanlash huquqi beriladi.
 Shifoxonadan qaytgandan keyin, rejalashtirilgan kesarcha kesishdan soʻng tiklanishni taʼminlash uchun ayrim muolajalarni bajarish zarur:
  • Tez sogʻayishni taʼminlash uchun siz bajarishingiz mumkin boʻlgan eng asosiy narsalardan biri- bu dam olish. Siz qabul qilayotgan tashrifchilarning sonini cheklashga, hamda jismoniy yuklamani qisqartirishga harakat qiling. Shunchaki oʻzingizni holi qoʻyib, koʻproq uxlashga harakat qiling.
  • Jarrohlik paytidagi suyuqlik yoʻqotilishini oʻrnini toʻldirish uchun koʻproq ichishga harakat qiling.
  • Zinapoyalardan kamroq yurishga harakat qiling- muolajadan keyin bir haftaga yoki shunga oʻxshash muddatga uyingizning birinchi qavatiga koʻchib oʻtish yordam beradi.
  • Tiklanish davrida qoʻllab-quvvatlashda koʻpgina yostiqlar yordam beradi. Shuningdek ular emizish paytida belingizni holatini ushlab turishga yordam beradi.
  • Rejalashtirilgan kesarcha kesish oʻtkazilganidan keyin kamida 6 hafta mobaynida jinsiy faollikka yoʻl qoʻymaslik kerak.
  • Qon ketishi toʻxtagandan keyin va chandiqlar toʻliq bitgandan keyin suzib koʻrish mumkin. Bu mashgʻulotlar eng samaralilaridan biri, ular tanangizga yumshoq taʼsir qilishi tufayli tiklanishda yordam beradi.
Rejalashtirilgan kesarcha kesish borasida koʻpgina nizolar mavjud. Koʻpchilik odamlar mazkur muolajani amaliyotda qoʻllamaslik kerak deb hisoblaydi. Siz toʻgʻri deb hisoblagan barcha narsani qilishingiz va salbiy fikrlarni hayotingizdagi vaziyatga taʼsir qilishiga yoʻl qoʻymasligingiz kerak. Toʻgʻri qaror qabul qilish uchun siz rejalashtirilgan kesarcha kesish muolajasi haqida iloji boricha koʻproq maʼlumot olishingiz kerak. Bu oʻylab qaror qabul qilishga yordam beradi.
huggies.uz

Оставьте комментарий