Rux (sink) tanqisligining 6 ta asosiy belgisi

DO`STLARGA ULASHING:

Rux (sink) tanqisligining 6 ta asosiy belgisi

Organizmda sink yetishmovchiligi juda keng tarqalgan bo‘lib, sog‘liq bilan bog‘liq muammolarga olib keladi. Aholining deyarli 70% ida rux yetishmaydi.

1. Immun tizimi zaiflashadi
Agar siz tez-tez kasallanishga moyil bo‘lsangiz, immunitet tizimi bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz yoki har qanday turdagi surunkali allergiyaga ega bo‘lsangiz, bu sizda rux yetishmasligidan jiddiy ogohlantiruvchi belgidir. Rux sizning immunitetingiz uchun juda muhimdir.

2. Ichak ta’sirlanish sindromi
Ichakning ta’sirlanishi tizimli yallig‘lanishni keltirib chiqaradigan holat bo‘lib, oziq-ovqat allergiyalari, qalqonsimon bez muammolari va buyrak usti bezining ishdan chiqishi bilan bog‘liq.

3. Diareya
Agar siz muntazam ravishda diareya bilan kurashsangiz, bu rux yetishmasligining eng keng tarqalgan belgilaridan biridir. Bundan tashqari qorin tez-tez dam bo‘lib turadi. Rux qo‘shimcha ravishda bolalarga berish diareyani davolashi isbotlangan.

4. Sochlarni to‘kilishi, jilosini pasayishi
Sochlar ingichka bo‘lib qoladi yoki to‘kiladi. Agar sochlaringiz nozik bo‘lsa yoki tez-tez to‘kilsa, rux soch qalinligini oshirishga va to‘kilmasligi uchun yordam beradigan muhim ozuqa hisoblanadi. Nozik sochlar yoki kallikni sabablarini izlashda rux yetishmovchiligi ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi. Rux ovqat qo‘shimchasi sifatida soch to‘kilishi uchun tabiiy vositadir.

5. Terini yallig‘lanish kasalliklari
Ayniqsa akne, ekzema, dermatit yoki psoriaz kasalliklari rux yetishmasligining asosiy belgilaridan hisoblanadi.

6. Erkaklarda bepushtlik, past libido, jinsiy zaiflik
Rux erkaklik gormoni — testosteron tarkibiga kiradi. Rux yetishmasligi ushbu gormonni miqdorini va aktivligini kamayishiga sabab bo‘ladi.

Оставьте комментарий