Samarqand davlat universiteti kirish ballari, qabul kvotalari

DO`STLARGA ULASHING:

Samarqand davlat universiteti kirish ballari, qabul kvotalari
Telefon:

0(366)2391140

Elektron pochta:

devonxona@samdu.uz

Rasmiy sayt:

samdu.uz

Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15- uy, pochta indeksi: 140104
1927-yil 22-yanvar Samarqand shahrida O‘zbekiston pedagogika instituti tashkil etildi. 1930-yili institutga O‘zbekiston davlat pedagogika akademiyasi nomi berildi.
1933-yilda pedagogika akademiyasi hamda O‘zbekiston davlat tibbiyot institutlari negizida O‘zbekiston davlat universiteti tashkil etildi.
Buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning 500 yillik yubileyi munosabati bilan 1941-yilda universitetga uning nomi berildi. 1941-1944-yillarda O‘zbekiston Davlat universiteti Toshkent Davlat universiteti bilan vaqtincha birlashtirildi va 1944-yil 24-martdan boshlab universitet o‘z mustaqil faoliyatini Samarqand shahrida qaytadan boshladi.
O‘zbekiston Davlat universiteti 1960-yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti(SamDU) deb nomlandi
Samarqand davlat universiteti olimlari TASIS, TEMPUS, YEVROOSIYO xalqaro dasturlari asosida hamkorlikda fundamental va amaliy xarakterdagi ilmiy tadqiqot hamda rivojlangan mamlakatlarning (Fransiya, Germaniya, Italiya, AQSH, Yaponiya, Isroil, va h.k.) ilmiy va madaniy markazlari bilan mustahkam munosabatlar o‘rnatish, intellektual aloqalarni yaxshi yo‘lga qo‘yish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqa. Universitetda 35 dan ortiq ta’lim yo’nalishlarida bakalavriat va 40 dan ortiq yo’nalishlarda magistrlik mutaxassisliklari bo’yicha jami 15000 nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda.
FAKULTETLAR: Amaliy matematika va informatika fakulteti,  Biologiya va kimyo fakulteti, Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti, Kasbiy ta’lim fakulteti, Filologiya fakulteti, Fizika fakulteti, Tarix fakulteti, Pedagogika fakulteti, Mexanika-matematika fakulteti, Rus filologiyasi fakulteti, Jismoniy madaniyat fakulteti, Geografiya va ekologiya fakulteti

Оставьте комментарий