Вы сейчас просматриваете Joriy yilgi magistratura uchun qo‘shimcha qabul tartibi belgilandi
Joriy yilgi magistratura

Joriy yilgi magistratura uchun qo‘shimcha qabul tartibi belgilandi

DO`STLARGA ULASHING:

2025/2026-o‘quv yili magistratura bosqichi uchun qabul natijalari tasdiqlanib, oliy ta’lim muassasalariga yetkazildi. Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, ajratilgan kvotaga kira olmagan abituriyentlarga qo‘shimcha qabulda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.
Qo‘shimcha qabul jarayonida oliygohlarning mavjud quvvati, moddiy-texnik bazasi va professor-o‘qituvchilar tarkibi inobatga olinadi. Qo‘shimcha qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Qo‘shimcha qabulda qatnashishni istagan talabgorlar barcha zarur ma’lumotlarni o‘zlari tanlagan oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasi yoki magistratura bo‘limidan olishlari mumkin. Hujjatlar ro‘yxati, muddatlar va tartib har bir OTM tomonidan alohida e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, davlat oliy ta’lim muassasalarida qo‘shimcha qabul orqali magistraturaga o‘qishga qabul qilingan abituriyentlar uchun to‘lov-kontrakt summasi oliygoh tomonidan bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib belgilanadi. Bu esa kontrakt miqdori oliygohlar kesimida farq qilishi mumkinligini anglatadi va aniq to‘lov shartlari tanlangan OTM tomonidan e’lon qilinadi.

Добавить комментарий