Sayyohlar uchun eng xavfsiz va xavfli davlatlar.

DO`STLARGA ULASHING:

Sayyohlar uchun eng xavfsiz va xavfli davlatlar.

Tibbiyot va xavfsizlik boʻyicha “International SOS” xalqaro ekspertlar guruhi 2021-yilda sayohatlar uchun eng xavfsiz va eng xavfli davlatlarning interaktiv xaritasini tuzishdi. “Daily Mail” nashri xabariga koʻra, mutaxassislar bu to’zilgan reyting 2021-yilda odamlarga sayohat qilishni rejalashtirishda asqotadi deya umid qilishmoqda.

Reytingga koʻra, 2021-yilda tashrif buyurish uchun eng xavfli besh hududga Liviya, Suriya, Afgʻoniston, Iroq va Markaziy Afrika Respublikasi kiritilgan. Grenlandiya, Shveysariya, Sloveniya, Norvegiya, Finlyandiya va Daniya, shuningdek, Angilya, Terks va Kaykos kabi orol mamlakatlar eng xavfsiz maskanlar qatoridan joy olgan. Oʻzbekiston esa ushbu xaritada xavf darajasi past boʻlgan davlatlar orasidan oʻrin egallagan.

Siz qaysi davlatlarga sayohat qilgan bo’lardingiz?