Shaxsiy web sayt orqali pul topish

DO`STLARGA ULASHING:

Shaxsiy web sayt orqali pul topish

Shaxsiy web sayt orqali pul topish eng ko’p daromad keltiradigan usullardan biri ekanligini butun dunyodagi programmistlar ta’kidlaydi. Hamma inson o’zining shaxsiy saytini ochishga haqli. Unga QONUN VA AHLOQ-ODOB QOIDALARIDAN CHETGA CHIQMAGAN HOLDA hohlagan narsani yozishingiz, hohlagancha video, rasm, o’yin, reklamalangizni qo’yishingiz mumkin. Istagan mavzuda oching yoki har sohadan yozing. Sizning ichki dunyoingiz qanchalik go’zal, ichingizda qanchadan qancha yangi idealaringiz, orzularingiz, bilimlaringiz bor. Hammasini yozishingiz mumkin. Bor iqtidoringizni saytingiz orqali ko’rsata olishingiz mumkin. Mayli sizni zo’r deb baholashmasining, ustingizdan kuluvchilar, bo’hton so’zlar bilan har yerda yozuvchilar ham bor. Lekin sizning o’quvchilaringiz har doim har qayerda topiladi. Dunyoning bir chetida sizga o’xshagan ichki dunyosi boy odamlar yashaydi va sizni albatta tushunadilar. Muhimi taslim bo’lmaslik va doimo izlanishlarda davom etib yozishdan to’xtamaslik kerak.Vaqt o’tishi bilan o’zingizda, dunyo qarashingizda katta o’zgarishlar sezasiz, yozayotgan narsalaringiz odamlarga foyda keltira boshlaydi. Garchi siz bundan habar topmasangiz ham.
Web saytni ochgandan so’ng uni ichini to’ldirish kerak. Internetdagi ma’lumotlar bilan emas o’zingizning so’zlaringiz bilan yozib to’ldirsangiz foydaliroq bo’ladi. Hamma ishlatadigan so’zlardan qoching, matningizni “уникальность”ini tekshiradigan dasturlardan foydalanishingiz mumkin. Shunda “поиск”da oldingi qatorlarda chiqadi.
Shaxsiy saytdan pul topish uchun saytga kiruvchilar foydalanuvchilar sonini ko’paytirish kerak bo’ladi. Buning uchun quyidagi zamonaviy usullari bor:
Ommaviy axborot vositalarida, eng ko’p foydalaniladigan mahsulotlarda, ko’chadagi afishalarda  hamda internetdagi odamlar eng ko’p kiradigan saytlarda masalan ijtimoiy tarmoqlarda reklama berishingiz kerak bo’ladi;
 Saytlarni “Продвижения» qiluvchi mutahassislarga murojaat qilishingiz mumkin;
O’zingiz saytingizni nakrutka qilsangiz ham bo’ladi. Lekin bunday servislar faqat chet el saytlarida mavjud bo’lib undan foydalanuvchilar ham chet el fuqarolari. Buning uchun chet tilida sayt qilish kerak.
Ammo cho’ntagingizga ziyon kelmasligini hohlasangiz odamlarni qiziqtiradigan, ularga suv va havodek zarur, foydali va daromad keltiradigan ma’lumotlarni topib yozing. Shunda odamlarning o’zi sizni topib keladi va kundan kunga ortib boradi. Kamayishini hohlamasangiz kamida haftada bir marotaba yangi ma’lumot qo’yib boring.
Quyidagi usullar bilan saytingizda pul topishingiz mumkin:
  • Saytingizga reklama beruvchilarning reklamalarini qo’yish orqali;
  • Google, Yandex kabi kompaniyalarining reklamalarini qo’yib sizning saytingiz orqali o’tgan foydalanuvchilar evaziga qanchadir miqdorda ulush olishingiz mumkin. Bu haqida aniqroq bilish uchun ushbu saytlarga kirib ma’lumot olishingiz mumkin.
  • “Партнёрская программа” ya’ni hamkorlik dasturi orqali;
Hozircha meni bilganlarim shulardan iborat. Yana yangi shaxsiy sayt orqali pul toppish usullaridan habar topsam ushbu saytim orqali yoki ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarim orqali aytib o’taman.

10 комментариев к “Shaxsiy web sayt orqali pul topish”

  1. Уведомление: Asian_fox Chaturbate

  2. Уведомление: DevOps Companies

  3. Уведомление: beretta 1301 tactical gen 2

  4. Уведомление: sbobet

  5. Уведомление: shroom chocolate

  6. Уведомление: Hidden Wiki

  7. Уведомление: แจกเครดิตฟรี

  8. Уведомление: Buy penis envy in Montreal,

  9. Уведомление: http://banners.babyonline.cz/adclick.php?bannerid=2240&zoneid=1931&source=&dest=https://danckert.ca/

  10. Уведомление: helpful hints

Комментарии закрыты.