Shohjahon Jo’rayev — Otang hasta bo’lmasin ekan

DO`STLARGA ULASHING:

Shohjahon Jo’rayev — Otang hasta bo’lmasin ekan 

Hayoting zulmatga to’lar ekan gohi
Senga qadalar ekan g’anim nigohi
Har kishining ishongan do’sti panohi
Otang hasta bo’lmasin ekan

Chayonlar chiqar ekan yurgan yo’llingdan
G’iybbatlar kelarkan o’ngi so’lindan
Yolg’anlar tutar ekan asta qo’lindan
Otang hasta bo’lmasin ekan

Qavmi qarindoshlar xam soxtalik qilar
Yiqilsan ukang xam ustingdan kular
Otangday bo’lolmas sira xam ular

Otang hasta bo’lmasin ekan

Otang hasta bo’lmasin ekan

Do’stim deganlaring ig’vo qilar ekan
Bazida ortingdan pichiq urar ekan
Yurgan ishlaringham to’htab qolar ekan
Otang hasta bo’lmasin ekan

Muzlab qolar ekan san tavoningacha
Tuxmatlar kelar ekan ayvoningacha
Pora pora bo’larsan eh necha necha
Otang hasta bo’lmasin ekan

Otang hasta bo’lmasin ekan

Mening suyanganim tog’imsiz ota
Be minnat mevali bog’imsiz ota
Hudo menga bergan buyuk omadim
Boshimda davlatim shoximsiz ota

Tezroq tuzalib kuch to’plang siz ota
Barcha yolg’on aldovga chek qo’ying ota
Otang hasta bo’lmasin ekan

Dada dada
Tezroq tuzalib kuch to’plang dada
Barcha yolg’on aldovga chek qo’ying dada
Dada dada

Оставьте комментарий