Sholg’om foydaning koni

DO`STLARGA ULASHING:

Sholg’om xalq orasida qadimdan qator kasalliklarga davo sifatida qo’llanib kelinadi. Sholg’omdan xalq tibbiyotida o’pka nafas yo’li bilan bog’liq bo’lgan kasalliklarni davolashda, xarorat xuruj qilganda, yurak betoqatligida foydalanilgan. Uning qaynatib pishirilgani, shuningdek sharbat qaynatmasi nafas qisish, ko’ksov xastaligiga qarshi davo sifatida tavsiya etiladi. Sholg’omning quruq yoki orasiga sarig’ bilan asal solib, qo’rda yoki qasqonda pishirilgani ko’krakni yumshatadi. Ush sharoitida sholg’omdan quyidagicha dorivor tayyorlash mumkin: ikki osh qoshiq miqdorida maydalangan sholg’om bir stakan(200 gramm) qaynoq suvga solinib, 15 minut davomida qaynatiladi.
Yuqoridagi zikr qilib o’tilgan kasalliklarga qarshi davo sifatida chorak stakan ichib turiladi yoki bir stakan qaynatmani uyqudan oldin iste’mol qilinishi lozim buladi.
Sholg’omning qaynatib pishirilganini ezilgan holda podagra xastaligi natijasida ozor topgan joylarga bosib qo’yish dardga davo bo’ladi. Qaynatma suvi bilan og’iz g’arg’ara etiladigan bo’lsa, tomoq og’rig’I, shunigdek tishlarning lo’qqillab og’rishiga tasalli beradi.
Ilmiy meditsinada tekshirilishicha, sholg’om tarkibida mavjud bo’lgan glyukoza pishirlishi jarayonida xantal moyiga aylanadi. Xantal moyi o’z navbatida ishtaxa ochib, asabni tinchlantiradi.
Manba: «O’simlik va inson salomatligi» — Toshkent 1991

Оставьте комментарий