Dalachoy haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Bu o’simlik yo’l yoqalarida, ariq bo’ylarida, o’tloqlarda, bog’ va bedazorlarda, sug’oriladigan yerlarda, tog’ yonbag’irlarida o’sadi. Bo’yi 30-35 santimetr, ba’zan 1 metrga yetadi. 15-20 santimetr uzunlikda qirqib olingan poyasi quritilib yanchiladi, so’ngra g’alvirdan o’tkaziladi. Yirik poyalari tashlab yuboriladi. Dalachoy giyohining tarkibida flanoidlar, efir moyi, vitaminlar, smola, qand, bo’yoq, oshlovchi va S vitamin bor.
Xalq meditsinasida dalachoy dimlamasi buyrak, qovuq, meda-ichak kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Abu Ali ibn Sino bu o’simlikdan siydik haydovchi dori sifatida foydalangan.
Manba: uz.wikipedia.org

Оставьте комментарий