Sigaret yoki nos chekish tahoratni buzadimi?

DO`STLARGA ULASHING:

SAVOL:

Assalomu alaykum. Sigaret yoki nos cheksa tahorat buziladimi?

JAVOB:

Va alaykum assalom. Sigaret yoki nos chekish tahoratni buzishi haqida fiqhiy kitoblarda ma’lumot berilmagan. Ya’ni mazkur ikki narsa fiqh qoidalariga ko‘ra tahoratni buzmaydi. Chunki tahoratni buzadigan amallar quyidagilardan iboratdir:

1. Old va orqa najosat yo‘lidan chiqqan narsalar

2. Badandan chiqqan najosatlar

3. Qon yoki taom va shu kabilarni qayt qilish

4. Biror narsaga suyanib uxlash

5. Behushlik Jinni bo‘lish

6. Ruku va sajdasi bor namozlarda qahqaha otib kulish

7. Erkak va ayolning jinsiy a’zolari kiyimsiz holda bir biriga tegishi. (“Muxtasarul viqoya” kitobi).

Lekin shuni ham eslatib o‘tamizki, sigaret va nos tahoratni buzmasligi ularni chekish mumkin degani emas. Balki ularni chekish halol emas. Bu moddalar dastlab paydo bo‘lganda ko‘pchilik ulamolar chekishni makruh deyishardi. Hozirgi kunda bu mahsulotlarning zarari yanada ko‘proq yuzaga chiqmoqda, borgan sari ko‘proq odamlar mubtalo bo‘lmoqda, shuning uchun ko‘pchilik olimlar endi ularni chekishni makruhi tahrimiy deyishmoqda. Musulmon kishi bunday illatlardan qutilishi kerak. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

fatvo hay’ati

fatvo.uz

11 комментариев к “Sigaret yoki nos chekish tahoratni buzadimi?”

  1. Уведомление: 19올넷

  2. Уведомление: psilocybin mushrooms for sale​

  3. Уведомление: sbo

  4. Уведомление: maxbet

  5. Уведомление: https://kit-ongle-gel.fr/

  6. Уведомление: 토토벳스핀

  7. Уведомление: voir le site

  8. Уведомление: One up bar

  9. Уведомление: เว็บแทงบอลดีที่สุด SBOBET

  10. Уведомление: ufabet

  11. Уведомление: Home Page

Комментарии закрыты.