Zakot kimlarga beriladi

DO`STLARGA ULASHING:

SAVOL:

Кимларга закот бериш ўринли?

2020.03.09

JAVOB:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Zakot kimga berilishi haqida Qur’oni karimda shunday deyiladi:

  إِنَّمَا الصَّدَقَاتُ لِلْفُقَرَاءِ وَالْمَسَاكِينِ وَالْعَامِلِينَ عَلَيْهَا وَالْمُؤَلَّفَةِ قُلُوبُهُمْ وَفِي الرِّقَابِ وَالْغَارِمِينَ وَفِي سَبِيلِ اللَّهِ وَاِبْنِ السَّبِيلِ فَرِيضَةً مِنَ اللَّهِ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ

ya’ni: “Albatta, sadaqalarni faqat faqirlar, miskinlar, unda (sadaqa ishida) ishlovchilar, dillari oshna qilinuvchi (kofir)lar, (pul to‘lab ozod etiluvchi) qullar, qarzdorlarga va Alloh yo‘lida hamda yo‘lovchiga (musofirga berish) Alloh (tomoni)dan farz (etildi). Alloh ilmli va hikmatli zotdir” (Tavba surasi, 60-oyat).

Demak, zakot beriladigan 8 ta toifa insonlar bor:

1. Faqir – moli nisobga yetmagan shaxs;

2. Miskin – hech narsasi yo‘q kishi;

3. Zakot yig‘ish ishida band bo‘lganlar;

4. Dillari Islomga oshno qilinuvchi g‘ayri dinlar;

5. Mukotab qullar;

6. Agar zimmasidagi qarzini bersa, puli nisobdan kamayib qoladigan qarzdor kishi;

7. Alloh yo‘lida yurganlar (bunda asosan muhtoj bo‘lib qolgan hojilar tushuniladi);

8. Yo‘lda qolganlar (moli boru o‘zi bilan birga emas); Yuqorida sanab o‘tilganlardan ikki toifasi: “dillari Islomga oshno qilinuvchilar” va “mukotab qullar” bugungi kunda mavjud bo‘lmaganligi uchun zakot beriladiganlar qatoridan chiqarilgan.

Shariatimizga ko‘ra quyidagilarga zakot berilmaydi:

1. Boshqa din vakillariga;

2. Boy kishilarga;

3. Boy kishining balog‘atga yetmagan farzandiga;

4. O‘rtalarida tug‘ilish aloqasi bo‘lganlar ya’ni, ota-ona va o‘g‘il-qizlarga;

5. Er yoki xotinga;

6. Hoshimiylar ya’ni Payg‘ambarimiz alayhissalomning qarindoshlariga. (“Hidoya”, “Al-Muxtor”, “Fathu bobil inoya”) Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay’ati.

fatvo.uz

15 комментариев к “Zakot kimlarga beriladi”

  1. Уведомление: คาสิโนออนไลน์เว็บตรง

  2. Уведомление: cheap dumps with pin

  3. Уведомление: sell dumps usa 101

  4. Уведомление: about his

  5. Уведомление: สล็อตวอเลท

  6. Уведомление: ecstasy pills in ghana

  7. Уведомление: sbobet

  8. Уведомление: where to buy microdosing mushrooms​

  9. Уведомление: Buy American Eagle Rifle 6.5 Grendel

  10. Уведомление: 3 musketeers chocolate mini

  11. Уведомление: valid dumps pin 201

  12. Уведомление: try these out

  13. Уведомление: พนันบอลออนไลน์

  14. Уведомление: bbw anal hidden cam

  15. Уведомление: sunwin sunwinclub

Комментарии закрыты.