Smartfoningizdagi keraksiz bildirishnomalarni o‘chiring!

DO`STLARGA ULASHING:

Smartfoningizdagi keraksiz bildirishnomalarni o‘chiring!

 

Assalomu alaykum, aziz do‘stlar! Balki siz buni sezmayotgandirsiz, biroq smartfoningizdagi bildirishnomalar sizni chalg‘itmoqda va qimmatli vaqtingizni shafqatsiz o‘g‘irlamoqda!
Ularni o‘chirib qo‘yishga qanday sabablar mavjud?
🔷 Statistikaga ko‘ra, dastlabki boshlab qo‘yilgan faoliyatga qaytish uchun insonga o‘rtacha 9,5 daqiqa vaqt kerak bo‘ladi, biroq faoliyatga to‘liq qaytgani bilan, unga bo‘lgan e’tibor (konsentratsiya) taxminan 40%’ga pasayadi, miya o‘z fokusini yo‘qotadi.
🔷 Inson kun davomida bildirishnomalarga o‘rtacha 18 martadan ko‘proq chalg‘iydi, bunga misol tariqasida elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar va video-xostinglar bildirishnomalarini keltirish mumkin.
🔷 Bildirishnomalar havotir va qaramlikka sabab bo‘ladi: zamonaviy inson kamida olti daqiqada bir marta telefoniga chalg‘iydi.
Albatta, pozitiv bildirishnomalar ham bor – rivojlantiruvchi kanallar, muhim yangiliklar, oila va yaqin insonlar tomonidan qo‘ng‘iroqlar va xabarlar, biroq qolgan “axlat”lardan qanday xalos bo‘lish mumkin?
🔸 Asosiy qoida – shunchaki sizga hayotingizda ko‘maklashmaydigan bildirishnomalarni o‘chiring.
🔸 Kun davomida bildirishnomasi o‘chirib qo‘yilgan resurslarni tekshirish uchun vaqt ajrating. Ushbu tarzda bunday “uzilish”ga tezroq ko‘nikasiz, ha, foydasi tegishi mumkin bo‘lgan axborotni ham o‘tkazib yubormaysiz.
🔸 Smartfoningizdagi vibratsiyali va rangli bildirishnomalarni o‘chirib qo‘ying. Ular qo‘shimcha taktil va assotsiativ qaramlikni keltirib chiqaradi, bu esa bildirishnomalarga chalg‘ish odatidan xalos bo‘lishingizga xalaqit beradi.
🚀 Tez orada siz muhim bo‘lmagan bildirishnomalarga chalg‘imaslikka odatlanasiz, konsentratsiyangiz yaxshilanadi, o‘zingizni osuda va baxtli his etishni boshlaysiz. Endi sizning xotirjamligingiz va hayotingizga tashqi ta’sirlar bo‘lmaydi!
E’tiboringiz uchun rahmat! 🤝

Оставьте комментарий