Sochlarning to‘kilishi, «gullashi» va qazg‘oqqa qarshi!

DO`STLARGA ULASHING:

«Ta’bi nozik» soch­larimiz har bir mavsumda,  ayniqsa kuz faslida alohida parvarishni talab etadi.  Shampun tanlashda ikkilansangiz,  qazg‘oq,  soch to‘kilishi yoki yog‘lanib ketishidan shikoyat qilsangiz,  quyidagi tavsiyalarga amal qiling.

Mundarija [Yopish]

  • Soch «gullaganda»
  • Shampun tanlashda adashmang
  • «Qazg‘oq dastidan do-od! »
  • Qo‘lbola shampun tayyorlaymiz
  • Yaxshisi,  qatiq!
  • Sochlaringiz sog‘­lom ko‘rinishi uchun!
  • Soch to‘kilishiga qarshi
  • Yog‘li sochlar uchun
  • «Tim qora sochlarim…»

Soch «gullaganda»

«Gullab»,  sinib-sinib borayotgan sochlaringizning bir necha santimetridan hech ikkilanmay voz kech­ganingiz ma’qul.  Bu birinchidan,  tartibli ko‘rinish bersa,  ik­kinchidan,  soch ildizi parvarishi buzilganda kaltaroq tolalarni «oziq­lantirish» imkonini beradi.  Endi uy sharoitidagi muolajalarga kirishishingiz mumkin.

Shampun tanlashda adashmang

Birinchi galda vositalarning ikkitasi 1 da («2 v 1») turi — kompleks parvarishdan hozircha,  bahorgacha voz kechib turing.  Shampun va balzam (konditsioner)ni alohida flakonlarda xarid qi­ling.  Bugungi kunda do‘kon rastalaridan shampunь,  balzam,  soch uchun maxsus niqoblarning anvoyi xillarini topishingiz mumkin.  Kunlar soviy boshlaganda boshni harorati balandroq suvda yuvmagan ma’qul.

«Qazg‘oq dastidan do-od! »

Sochdagi qazg‘oqdan xalos bo‘lish va tez sinishining oldini olish uchun tuxum ko‘pigi bilan yuvish tavsiya etiladi.  Bu­ning uchun tuxumni oz­roq suv bilan yaxshilab ko‘pirtirish lozim.  Sochlaringizni ko‘pik bilan yuving,  avval oddiy suv bilan,  so‘ngra nordon (masalan,  limon kislotali) suv bilan obdon chaysangiz kifoya.

Qo‘lbola shampun tayyorlaymiz

Umuman olganda,  doim ham flakondagi shampundan foydalanish shart emas.  Tuxum sarig‘i soch ildizini mustahkamlaydi.  Oqidan ajratilgan tuxum sarig‘ini ko‘pirtirib,  biroz suv va 50 ml aroq qo‘shing.  Tayyor aralashmani bosh terisiga uqalovchi harakatlar bilan surting.  So‘ng iliq suvda  ­cha­yib oling.

Yaxshisi,  qatiq!

Ko‘pchilik xonimlar sochlarini oddiy qatiqda yuvishni amalda sinab ko‘rishgan.  Soch tolalari va bosh terisiga qatiq surtib,  ro‘mol yoki sochiq bilan 10 daqiqaga o‘rab qo‘­yiladi.  So‘ng iliq suvda hech qanday yuvish vositalarisiz yuvib tashlanadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Erkaklar diqqatiga: soch ekish

Sochlaringiz sog‘­lom ko‘rinishi uchun!

1 choy qoshiq bura (tanakor) va 2 osh qoshiq qir­g‘ichdan o‘tkazilgan bolalar sovunini 1 stakan moychechak damlamasiga aralashtirib,  2 soatga olib qo‘ying.  Aralashmani shampunь o‘rnida qo‘l­lashingiz mumkin.  So‘ng sochlarni kuchsizroq sirkali suv (1 litr suvga 1 osh qoshiq olma sirkasi) yoki nordon (1 litr suvga 0, 5 choy qoshiq limon kislotasi) bilan chayish mumkin.

Soch to‘kilishiga qarshi

2 ta tuxum sarig‘i,  1 choy qoshiqdan sarimsoq sharbati,  asal va aloe sharbatini oling.  Barchasini aralashtiring,  niqobni nam sochlaringizga surtib,  tsel­­­­­­­lofan paket va sochiq bilan o‘rab qo‘ying.  20 daqiqadan keyin boshingizni shampunь bilan yuving.  Sarimsoq hidini yo‘qotish uchun  sochlaringizni quruq xantal aralashtirilgan suvda chayib oling.

Yog‘li sochlar uchun

1: 1: 1 choy qoshiq nisbatda asal,  limon va aloe sharbati,  maydalangan bir palla sarimsoq aralashtiriladi.  Massa nam soch­lar ildiziga surtiladi.  30 daqiqacha sochiq bilan o‘rab qo‘­­­­­yilgandan keyin iliq suvda yuvib olinadi.

«Tim qora sochlarim…»

Agar sochlaringiz rangi to‘qroq bo‘lsa,  ularni chayish uchun qichitqi o‘t,  qulmoq (xmel),  qariqiz,  loviya qo‘zog‘i kabi damlamalardan foydalaning.  Chuningdek,  sochlaringiz yaltirab turishini istasangiz,  2 osh qoshiq choyni 1 litr suvda 5 daqiqa mobaynida qaynating.  Keyin sochlaringizni iliq damlamada chayib oling.

«Bekajon» gazetasi.

27 комментариев к “Sochlarning to‘kilishi, «gullashi» va qazg‘oqqa qarshi!”

  1. Уведомление: cvv good store

  2. Уведомление: maxbet

  3. Уведомление: can you order whiskey online

  4. Уведомление: cornhole wrap

  5. Уведомление: สินเชื่อส่วนบุคคล อนุมัติง่ายที่สุด

  6. Уведомление: second brain template

  7. Уведомление: magic mushrooms for depression for sale

  8. Уведомление: restoration company

  9. Уведомление: DMT vape pen for sale online Australia

  10. Уведомление: buy remington guns

  11. Уведомление: Malabar Mushroom Strain

  12. Уведомление: 토렌트 사이트

  13. Уведомление: peaceful music

  14. Уведомление: mafia rap 2023

  15. Уведомление: relaxing jazz work

  16. Уведомление: trap workout motivation

  17. Уведомление: sleep meditation

  18. Уведомление: relax

  19. Уведомление: deep sleep

  20. Уведомление: jazz cafe

  21. Уведомление: sleeping music

  22. Уведомление: view it now

  23. Уведомление: soothing music

  24. Уведомление: https://cachedview.com/redirect.php?url=https://casino-spin.de/casushi-casino/&cache=Live

  25. Уведомление: healing music

  26. Уведомление: buy cocaine online

  27. Уведомление: winter jazz

Комментарии закрыты.