SOVUQ QUROL OLIB YURGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

DO`STLARGA ULASHING:

SOVUQ QUROL OLIB YURGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

📃 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 185 prim 2-moddasiga ko‘ra, 👇

🟢 Sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ulardan kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda, JAMOAT JOYLARIDA ochiq (G‘ILOFSIZ) holda olib yurish, — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravari (300 000 so‘m)gacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

🟢 Sovuq qurolni va sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ulardan ov qilishda, kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda, JAMOAT JOYLARIDA olib yurish, xuddi shuningdek o‘zini o‘zi himoya qilish maqsadida olib yurish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravari (1 500 000 so‘m)gacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Оставьте комментарий