Sportga pul tikish. Totalizator saytlarda qanday stavka qilinadi?

DO`STLARGA ULASHING:

Ko’pchilik sportga pul tikish – bu oson deb o’ylashadi. Hammasi shunchalik oddiy ko’rinadiki, hatto tushuntirish ham shart emasdek. Lekin ishoning, aslida bunday emas. Men bu sohada 9 yillik tajribaga egaman. Ammo men hali ko’p narsani o’rganishim kerak deb bilaman, chunki bukmekerlar (totalizatorlar) haqida biz bilmagan ma’lumotlar ko’p. Men Sizni eng muvaffaqiyatli o’yinchi bo’lishingiz uchun, hammasini nimadan boshlash kerakligi haqida ma’lumotlar to’pladim. Agarda Siz yutish strategiyasini izlayotgan bo’lsangiz ushbu maqolani o’qing – Futbolga stavka qilish va yutish strategiyasi

Pul-ishlash.ru sayti hech kimni stavka qilish yoki tavakkal qilishga undamaydi. Ushbu maqola tanishish maqsadida yozilgan va bukmekerlarda pul ishlashni targ’ibot qilmaydi.

Ushbu maqola orqali quyidagi ma’lumotlarni bilib olasiz:

Sportga qanday pul tikish mumkin?
Birinchi navbatda, men Sizga stavka qilish teoriyasini tushuntirishim kerak, demak maqolaning ko’p qismi teoriyaga bag’ishlangan. Tayyorlaning, hozir totalizatorda ishlatiladigan asosiy terminlar va ular nimani anglatishi haqida misollar ko’rsatgan holda tushuntirib beraman.

Misol sifatida yagona, o’zbek tilida faoliyat olib boradigan, pulni doim vaqtida to’laydigan, mijozlarini aldamaydigan va Osiyoning eng zo’r totalizatori – 1XBET‘ni olib ko’rsataman. Agar Siz bu yerda hali ham ro’yxatdan o’tmagan bo’lsangiz, ushbu maqolani o’qing va 1 000 000 so’mgacha BONUS oling.

1xbet haqida barcha malumotlar
Asosiy terminlar
Liniya – stavka qilish uchun totalizator tomonidan taqdim etilgan va hali boshlanmagan o’yinlar (barcha sport turlari).
Live – boshlangan va hozir davom etayotgan o’yinlarga stavka qilish.
Stavka qilish turlari
Bittalik (одиночная, ординар) – bitta o’yin uchun pul tikish. Bittalik stavkada yutuq o’yinning koeffitsientiga teng bo’ladi.
1 – misol: bittalik stavka
1-komanda
2-komanda
G’ 1
X
G’ 2
Paxtakor
Bunyodkor
2.2
3.2
4.1
Siz Paxtakorga $10 tikdingiz deb tasavvur qilaylik. Paxtakor g’alabasiga koeffitsient – 2.2 ga teng. Agar Paxtakor g’alaba qozonsa Sizni yutuq 10 x 2.2 = $22. Sof foyda: $22 (yutuq) – $10 (tikilgan pul) = $12 bo’ladi.
O’yin durrang bo’lishi uchun $10 tikdingiz va durrang qayd etildi, Sizni Sof foyda: $32 (yutuq) – $10 (tikilgan pul) = $22 bo’ladi.
Bunyodkor yutishi uchun $10 tikdingiz va u yutdi, Sizni Sof foyda: $41 (yutuq) – $10 (tikilgan pul) = $31 bo’ladi.
Ekspress – bir nechta o’yin uchun pul tikish. Ekspress stavkada yutish uchun, ekspressdagi hamma o’yinlar natijasini to’g’ri topishingiz kerak. Agar ular orasidan hatto bittasi yutqazsa, barcha stavka kuyib ketishiga olib keladi. Ekspress stavkada yutuq, ekspress ichidagi barcha o’yinlarning koeffitsientlari yig’indisiga teng bo’ladi.
2 – misol: ekspress stavka
1-komanda 2-komanda G’ 1 X G’ 2
Paxtakor Bunyodkor 2.2 3.2 4.1
Real M. Barselona 2.3 3.2 3.5
Chelsi Arsenal 3.5 3.5 2.1
Tasavvur qilaylik, Siz $10 ekspress stavka qildingiz, Sizni ekspressda ushbu natijalar bor: Paxtakor g’alabasi, Real g’alabasi, Arsenal ga’labasi. Yutuq koeffitsientlarini bir-biriga ko’paytiramiz: 2.2 * 2.3 * 2.1 = 11.10. Agar ushbu jamoalar Siz aytgandek, barchasi g’alaba qozonsa, yutuq $10 * 11.10 = $111 bo’ladi, bu holatda sof foyda esa (tikilgan pulni ayirsak): $101 bo’ladi (780 000 so’m atrofida).
Sportga pul tikish - stavka qilish turlari
Umid qilamanki, hammasi Sizga tushunarli bo’layapti va oz bo’lsada totalizatorlar haqida ma’lumotga ega bo’layapsiz. Boshlanishiga bittalik stavka va katta bo’lmagan ekspress stavkalar qilishni maslahat beraman, tajribangiz oshgani sari o’zingizga qulay variantni aniqlab olasiz.
Totalizatorda stavka uchun asosiy yo’nalishlar va ularning ma’nosi.
  • 1 yoki G’1 – birinchi komanda g’alabasi.
  • – bu belgi durrangni anglatadi.
  • 2 yoki G’2 – ikkinchi komanda g’alabasi
  • 1X – birinchi komanda g’alabasi yoki durrang. Bunday stavka yutishi uchun, birinchi komanda g’alaba qozonishi yoki durrang bo’lishi kerak.
  • 12 – birinchi komanda g’alabasi yoki ikkinchi komanda g’alabasi . Bunday stavka yutishi uchun, o’yinda durrang qayd etilmasligi kerak.
  • X2 – ikkinchi komanda g’alabasi yoki durrang. Bunday stavka yutishi uchun, ikkinchi komanda g’alaba qozonishi yoki durrang bo’lishi kerak.
Misol uchun 1XBET totalizatorini olaylik, ushbu yo’nalishdagi stavkalar quyidagi ko’rinishda bo’ladi
Sportga pul tikish - 1XBETda yonalish turlari
O’ylaymanki, bu yerda hammasi ravshan va qanday qilib sportga pul tikish tushunarli. Takidlash joizki ushbu yo’nalishlar asosiy hisoblanib, barcha sport turlari uchun qo’llaniladi (to’g’ri, sal boshqacha nomlanishi mumkin, avtopoygada g’olibni “Kim balandroq” deyishadi, lekin ma’no o’sha-o’sha).

Endi keling barcha sport o’yinlarining mashxur yo’nalishlardagi stavkalarga o’tamiz. Bu yo’nalishlarda pul tikish orqali Siz o’zingizni yangi qirralaringizni ochishingiz, sportga pul tikish bo’yicha bilimlaringizni boyitishingiz va yanada ko’proq yutish imkoniyatiga ega bo’lishingiz mumkin.

Musobaqa ishtirokchisini fora evaziga g’olib bo’lishi. Liniyada mana bunday ko’rinishda bo’ladi: “Fora 1 (+1)”.
Bu terminga darhol misol ko’rsatish kerak. 1XBET totalizatorida forani “Tajribasiz o’yinchiga imkoniyat berish” deb ham atashadi. Demak, Siz liniyani ochdingiz va Liverpul – Lester o’yinini ko’rib qoldingiz. Bu matchga (o’yinga) fora quyidagi ko’rinishda bo’ladi: Fora 1 (-1.5) 2.4 va Fora 2 (+1.5) 2.5. Ya’ni bu yerda plyus fora oladi va minus fora beradi ma’nosini anglatadi. Lekin nimani anglatadi bu foralar? Fora 1 faqat birinchi komanda gollari (Liverpulning), Fora 2 esa faqat Lesterning gollari hisoblanadi.
Endi ozgina tushunib olamiz. Agar Siz Lester uchun +1.5 fora olsangiz, u holda bu komanda ko’pi bilan 1 gol farqiga yutkazishi, durrang o’ynashi yoki yutishiga stavka qilgan bo’lasiz. Ya’ni o’yin natijasida Lester hisobiga fora qiymatini qo’shasiz. O’yin natijasi 2:1 deb olaylik. Forani qo’shsak, bizda 2:2.5 natijasi hosil bo’ladi, ya’ni Lesterning g’alabasi. Menimcha nima demoqchi ekanimni tushundingiz.
Futbolda 0.5 (yarim) hisobi bo’lmaydiku deyotgan bo’lsangiz, pastroqda ma’lumot berganman. Agar Chelsi uchun -1.5 fora olganingizda edi, Sizni 2-0, 3-0, 3-1 va shunga o’xshash hisoblar qoniqtirgan bo’lardi. Chunki Chelsi 1.5 fora berayapti, ya’ni o’yin natijasiga ko’ra Chelsi 2-0 hisobda g’alaba qozonsa u bemalol 1.5 fora beradi va yutqizmaydi – natija esa 2-1.5 bo’ladi.
Sportga pul tikish - 1XBETda fora

1XBET’da Fora uchun stavkalar

Agarda forada “yarim” bo’lsa, bu degani stavka bo’yicha tikilgan pul ortga qaytmaydi degani, ehtiyot bo’lib sportga pul tikish bilan shug’illanadiganlar havotir olmang, barcha sport turlari uchun stavkani sug’urta qilish imkoni mavjud (ba’zi hollarda esa stavkani sotib yuborish ham mumkin), bunda koeffitsient kamroq bo’ladi, lekin stavka yutishi ehtimoli ko’proq bo’ladi.
Aytgancha, deyarli barcha bukmekerda stavka qilish shinavandalari forani sug’urta qilish imkoniyatidan foydalanishadi, ahir ba’zi sport turlari, basketbol va voleybolda aynan shu “yarim” ko’p narsani hal qilishi mumkin. Lekin aksincha bo’lishi, fora bilan o’ynash koeffitsientni oshirishi ham mumkin. Yana o’sha Liverpul – Lester o’yinini olaylik. Ko’pchilik bu o’yinda Chelsining g’alabasiga stavka qilgan yaxshi deb o’ylashadi. To’g’ri, faqat shu koeffitsient bu yo’nalishga kamroq, 1.2-1.4 lar atrofida bo’ladi. Mana shu yerda fora kerak bo’ladi. Chunki Chelsi uchun fora (-1.5) stavka qilsak, koeffitsient 2.4 gacha oshadi.
Sug’urta qilish nima? Shu yerda “yarim (0.5)” nima ekanligini ham tushuntirib ketaman. Yuqoridagi misolda +1.5 va -1.5 forani misol qildim, lekin undan tashqari yaxlit foralar ham bor, masalan +1, +2, +3 va hokazo. Ularni farqi nimada? Yahlit foralarda Siz qilgan stavka yutishi, yutqazishi va tikilgan pul o’zingizga qaytishi mumkin. “Yarim” bor foralarda Siz qilgan stavka yutishi va yutqazishi mumkin holos. Hozir juda yaxshi tushunib olasiz. Misol:
Chelsi Fora -1 (kf. 1.3) uchun $10 stavka qildingiz. Natijalar quyidagicha bo’lishi mumkin:
  • Chelsi 2-0 hisobda yutdi. Sizni stavka ham yutdi, chunki forani qo’shsak natija 2-1 va Chelsi fora berib ham yutqazgani yo’q. Yutuq: $13;
  • Chelsi 1-1 hisobda durrang o’ynadi. Sizni stavka yutqazdi, chunki forani qo’shsak natija 1-2 va Chelsi fora berish oqibatida yutqazib qo’ydi. Yutuq: -$10 (zarar);
  • Chelsi 1-0 hisobda yutdi. Sizni stavka o’zingizga qaytdi, chunki forani qo’shsak natija 1-1 va Chelsi fora berish oqibatida durrang qayd etadi (yutkazmadi). Yutuq: $0 (tikilgan $10 hisobingizga qaytarildi). Pul o’zingizga qaytarilganda koeffitsient 1 ga tenglashtiriladi, ya’ni $10 * 1 = $10 (o’zingizga qaytgan pul)
Chelsi Fora -1.5 (kf. 2.4) uchun $10 stavka qildingiz. Natijalar quyidagicha bo’lishi mumkin:
  • Chelsi 2-0 hisobda yutdi. Sizni stavka ham yutdi, chunki forani qo’shsak natija 2-1.5 va Chelsi fora berib ham yutkazgani yo’q. Yutuq: $24;
  • Chelsi 1-1 hisobda durrang o’ynadi. Sizni stavka yutqazdi, chunki forani qo’shsak natija 1-2.5 va Chelsi fora berish oqibatida yutqazib qo’ydi. Yutuq: -$10 (zarar);
  • Chelsi 1-0 hisobda yutdi. Bu yerda endi 1-misoldagidek Sizni stavka o’zingizga qaytmaydi, chunki forani qo’shsak natija 1-1.5 va Chelsi fora berish oqibatida yutqazdi. Yutuq: -$10 (zarar).
O’ylaymanki, Siz fora nima va uni qanday ishlatishni tushunib oldingiz. Sportga pul tikish haqida yana gaplashamiz.
Ko’p, oz, teng (totalga stavka qilish)
Futbolda total – matchda urilgan gollar, hokkeyda total – kiritilgan shaybalar soni, tennisda total – o’ynalgan geymlar soni va hokazolar. O’ylaymanki, total nima ekanini tushundingiz. Endi Sizga yanada tushunarli bo’lishi uchun misol tariqasida ko’ramiz.
Misol: totalga stavka qilish
Deylik, bukmeker tomonidan futbol matchi uchun “3” ga teng total o’rnatilgan (urilgan gollar) va ikki xil ko’rinishda totalga stavka qilish taklif etiladi: ushbu totaldan kam yoki oz.
  • agar matchda 3tadan kam gol urilsa (0:0, 1:1 va hokazo), “3” dan oz stavkalar yutadi, ko’p deganlar esa yutkazadi;
  • agar matchda 3tadan ko’p gol urilsa (2:2, 1:3 va hokazo), “3” dan oz stavkalar yutkazadi, “3” dan ko’p stavkalar esa yutadi;
  • agar matchda 3ta gol urilsa (1:2, 0:3 va hokazo), “3” dan oz va ko’p degan barcha stavkalarga “1” koeffitsienti beriladi (ya’ni? Menimcha tushundingiz).
Sportga pul tikish - 1XBETda Total

1XBET’da total stavkalar ko’rinishi

Endi ikki og’iz bu total o’zi nima va unga qanday stavka qilinishi haqida gaplashamiz. Tasavvur qiling, ikta komanda o’ynayapti, ikkalasi ham yopiq o’yin ko’rsatyapti. Agar kuchlar teng bo’lsa, kimningdir g’alabasi uchun pul tikish xavfli. Ikkala komanda ham himoyada o’ynashni ma’qul ko’rayotgan ekan, o’yinda kam gol bo’lish ehtimoli katta. Mana shu yerda biz totalga stavka qilamiz, ya’ni total 2.5 dan kam bo’ladi. Bunday xolatda 0:0, 0:1, 1:0, 1:1 natijalari bizni qoniqtiradi, chunki umumiy gollar soni 2.5 dan kam. Tajribangiz oshgan sari Siz total va foraga qanday pul tikilishini to’liq o’zlashtirib olasiz.
1XBET Totalizatorida ro’yxatdan o’tish
Mana shular totalizatorda stavka uchun asosiy yo’nalishlar edi. Qolgan yo’nalishlar boshqacha nomlanishi mumkin, lekin ishlash prinsipi biz ko’rib chiqqan tushunchalar asosida tuzilgan. O’ylaymanki, Siz sportga pul tikish bo’yicha bugun ko’p ma’lumotga ega bo’ldingiz. Qanday savolingiz bo’lishidan qat’iy nazar, ularni izoh sifatida ushbu maqola tagida qoldiring. Hech qaysi savol javobsiz qolmaydi.

21 комментарий к “Sportga pul tikish. Totalizator saytlarda qanday stavka qilinadi?”

  1. Уведомление: บาคาร่า ขั้นต่ำ 5 บาท

  2. Уведомление: simulation prêt auto beobank

  3. Уведомление: dumps cc shop

  4. Уведомление: DevOps Solutions & Services

  5. Уведомление: nova88

  6. Уведомление: maxbet

  7. Уведомление: citodon verkningstid

  8. Уведомление: mp3juice.tools

  9. Уведомление: valid shop

  10. Уведомление: Alquiler de trasteros

  11. Уведомление: passive income

  12. Уведомление: detroit

  13. Уведомление: Buy Firearms in USA

  14. Уведомление: mushrooms effects

  15. Уведомление: Residual income

  16. Уведомление: oregon mushroom dispensary​

  17. Уведомление: https://www.kentreporter.com/reviews/phenq-reviews-urgent-side-effects-warning-honest-customer-truth/

  18. Уведомление: click to find out more

  19. Уведомление: kanha edibles gummies

  20. Уведомление: Biladd Alrafidain

  21. Уведомление: วิเคราะห์บอล

Комментарии закрыты.