Suvchechakni davolash…

DO`STLARGA ULASHING:

Suvchechakni davolash…

🔬 Suvchechakni yengil kechayotgan bo‘lsa, bemorni uy sharoitida, dermatolog yeki pediatr shifokor ko‘rigi ostida, davolash mumkin. Mutaxassis tavsiyasi bilan toshma ustiga briliyant yashili (zelyonka) va virusga qarshi maz bilan ishlov beriladi. Davolanishning eng asosiy sharti, bemor kiyimlari har kuni yangilanib turishi kerak. Ko‘proq suyuqlikichish tavsiya etiladi, masalan, ko‘k choy, na’matak damlamasi.Suvchechak asosan immuniteti past bolalarga yuqadi. Muolaja davrida bemor parhez qilishi, sut – qatiq, meva va sabzavotlar, sho‘rva iste’mol qilishi zarur.

⚠️ Diqqat! Suvchechakka chalingan bemorda kasallik virusiga nisbatan turg‘un immunitet hosil bo‘ladi. Shu sabab, keyinchalik kasallik qaytalanmasligi ehtimoli yuqori!

🔹 Suvchechak virusini 1911-yilda Aragao kashf etgan.
🔹 Virus faqatgina odam va maymunda kasallik qo‘zg‘atishi mumkin.
🔹 Kasallikning beshinch kunidan toshmalar toshishi to‘xtaydi.
🔹 Suvchechak kattalarda og‘ir kechadi.
🔹 Infeksiya 20% holatda chaqaloqlarning o‘limi bilan yakunlanishi mumkin!
🔹 Ayollarga homiladorlikning birinchi 3 oyligida infeksiya yuqsa, bola nuqson bilan tug‘ilishi mumkin.
🔹 Suvchechakdan yosh bolalarni emlash uchun tirik vaksina ishlab chiqarilgan.

Оставьте комментарий