21-may Yaponiyada «Ibodatxona namoyishi” kuni

21-may Yaponiyada «Ibodatxona namoyishi” kuni 21-mayda  Tokioda  eng  mashhur, eng  shovqinli  ko‘pchilikning  bayrami -Sandzya yoki «Ibodatxona bayrami” o‘tkaziladi. Yaponiyaning  hamma  bayramlari  singari  Sandzya   matsuri  ham  o‘zining  rang  barangligi bilan  ajralib  turadi va 2 milnga  yaqin odamlar  qatnashadilar.  Nima  uchun  «Ibodatxona  namoyishi”deb  atashadi,  chunki  yig‘ilganlar  guruhlarga  bo‘linib,  har  biri  220  kgli ibodatxonalarni  kichraytirilgan  nusxasini  (yaponcha  mikosi)  ko‘tarib  chiqadilar.  Mikosi  deyarli   har  bir  yapon ibodatxonalarida  bor bo‘lib,  ular  hammani  ko‘rishi  uchun har  yilgi  o‘tkaziladigan  bayramda  olib  chiqiladi. Bu  bayramni  o‘ziga  xosligi  shundaki,  bir vaqtning  o‘zida  Yaponiyaning  turli  ibodatxonalaridan  yuzga yaqin mikosi  ishtirok  etadi.    Olomonda  adashib  ketmaslik  uchun    har bir  guruh  o‘zining  mahaliy    milliy  liboslarida  bo‘lishadi.   Bayram  Tokioni  okrugi   Asakusada  ertalab soat 8 da  boshlanib, kechqurun soat  8  da shu  yerga tugaydi. Bu  jarayonni boshida Sensodzi  ibodatxonasi  vakillari  baraban  va  musiqa  sadolari  ostida borishadi.  Musiqachilar  aynan shu kunga  atab  yozilgan  kuylarni  chalishadi.  Ishtirokchilar  esa gimnlarni  aytib   jo‘r  bo‘lishadi. Sandzya   matsurini  yapon  milliy  liboslari  bayrami  deb ham atasa  bo‘ladi.  Bu  kun  ko‘chalarda  musiqachilar, raqqosalar,  bolalar hattoki  itlarni  ham milliy  kiyimlarda  ko‘rish  mumkin. Turistik  yo‘l  ko‘rsatuvchilar  bu  Sandzya matsurini  yaponlar  bilan,  hamda Yaponiyaning  o‘rta  asrlar  madaniyatini  tanishtirish  bilan  bog‘laydilar.

21-may Yaponiyada «Ibodatxona namoyishi” kuni Читать дальше »