Bolalardagi qorin ogʼrigʼi
Uch yoshgacha boʼlgan bolalarda qorin ogʼrigʼi bilan kechadigan 200 dan ortiq turli kasalliklar mavjud boʼlib, ular ichida qorin boʼshligʼi oʼtkir xirurgik kasalliklarini ajratish juda murakkab hisoblanadi. Bolalarda birgina oʼtkir appenditsitning oʼzida 30 ga yaqin klinik simptomlar mavjud. Bular muammoning bir jihati, boshqa tomondan qaralganda esa bolalar xirurgiyasida kasallikning boshlanish va davom etish muddati katta ahamiyatga …