Ta’lim krediti magistraturada o‘qiydiganlarga xam ta’luqlimi ?

DO`STLARGA ULASHING:

Ta’lim krediti magistraturada o‘qiydiganlarga xam ta’luqlimi ?

Savol; Men oliy ta’limni magistratura bosqichida o‘qiyman. Men xam kontrakt to‘lovim uchun ta’lim krediti olsam bo‘ladimi yoki ta’lim krediti faqat bakalavriat bosqichda o‘qiydigan talabalar uchunmi ?

Javob; Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18 avgustdagi 527-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura 👈 mutaxassisligiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga berilishi belgilangan.

✅ Yuqoridagi asosga ko‘ra, magistratura talabasi xam o‘qishi uchun ta’lim krediti olishga haqli.

Оставьте комментарий