Tarix fanining yordamchi sohalari

DO`STLARGA ULASHING:

Tarix fanining yordamchi sohalari

Paleografiya — qadimiy qo’lyozma asarlarning qog’ozi, muqovasi, siyohi, yozuvi va yozish usullarini tekshiradi.

Geraldika — qadimiy gerblar, turli-tuman nishon va belgilarni o’rganadi.

Sfragistika — qadimgi muhrlar va ulardagi yozuvni o’rganadi.

Epigrafika — tosh, metal buyumlar, yog’och va boshqa qattiq buyumlar ustiga o’yib yozilgan qadimiy bitiklarni o’rganadi.

Metrologiya — o’tmishda turli mamlakat va xalqlar orasida amalda bo’lgan og’irlik, masofa va sath o’lchovlarini o’rganadi.

Numizmatika — qadimiy pullarni: ashyosi, shakli, vazni, yozuvlari, zarb etilgan joyi va vaqtini tekshiradi.

Diplomatika — rasmiy hujjatlarni o’rganish va tahlil qilish bilan shug’ullanadi.

Xronologiya — vaqt haqida tushuncha, qadimgi xalqlar orasida va mamlakatlarda amalda bo’lgan yil hisobi va taqvimini o’rganuvchi soha.

@Sahifa13

Оставьте комментарий