DO`STLARGA ULASHING:
Tarjimai hol nima.
Tarjimai hol – bu shaxsning hayoti, tug‘ilgan joyi, oilasi, o‘qishi, mehnat faoliyati, erishgan yutuqlari haqida qisqacha va rasmiy tarzda yozilgan ma’lumotdir. Uni ko‘pincha maktabda, ishga kirishda yoki turli hujjatlarga qo‘shib yozish talab qilinadi. Tarjimai holni o‘z qo‘li bilan yozish odat tusiga kirgan.
O‘quvchilar uchun tarjimai hol namuna.
Tarjimai hol
Men, Karimov Azizbek Anvar o‘g‘li, 2010-yil 12-may kuni Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida tug‘ilganman. 2017-yildan Qo‘qon shahridagi 12-umumta’lim maktabida tahsil olib kelmoqdaman.
Otam Karimov Anvar — quruvchi, onam Karimova Dilbar — uy bekasi. Oilada 3 farzandmiz, men to‘ng‘ich farzandman. Bo‘sh vaqtlarimda kitob o‘qish, futbol o‘ynash va kompyuter texnologiyalari bilan shug‘ullanishni yoqtiraman.
Hozirda 9-sinf o‘quvchisiman. Kelajakda dasturchi bo‘lishni orzu qilaman.
Imzo: __________
Sana: 2025-yil 19-sentyabr
Avtobiografiya (tarjimai hol) namuna
Avtobiografiya
Men, To‘xtayeva Gulbahor Otabek qizi, 2005-yil 4-aprel kuni Andijon viloyati, Asaka tumanida tug‘ilganman. 2012-yilda Asaka tumani 5-maktabga qabul qilinganman va 2021-yilda ushbu maktabni tamomlaganman.
2021-yilda Andijon davlat universiteti, Filologiya fakultetiga o‘qishga kirganman. Hozirda 4-kurs talabasi bo‘lib tahsil olayapman.
Otam To‘xtayev Otabek — dehqon, onam To‘xtayeva Mohira — tikuvchi. Oilada 4 farzandmiz. Men oilada ikkinchi farzandman.
Kelajakda filolog mutaxassisi sifatida yoshlarga ta’lim berishni niyat qilganman.
Imzo: __________
Sana: 2025-yil 19-sentyabr
Ishga kirish uchun tarjimai hol namuna.
Tarjimai hol
Men, Ismoilov Sardorbek Sobir o‘g‘li, 1998-yil 23-noyabr kuni Samarqand viloyati, Payariq tumanida tug‘ilganman.
2005–2014-yillarda 17-umumta’lim maktabida o‘qiganman. 2015–2019-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Axborot xavfsizligi” yo‘nalishida tahsil olib, bakalavr darajasini olganman.
2019–2023-yillarda “UzDigital” kompaniyasida texnik mutaxassis lavozimida ishlaganman.
Oilaviy ahvolim — uylanganman, ikki nafar farzandim bor.
Hozirda kompaniyangizda bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi sababli o‘z bilim va ko‘nikmalarimni amaliyotda qo‘llash maqsadida ishga kirish uchun murojaat qilmoqdaman.
Imzo: __________
Sana: 2025-yil 19-sentyabr
