DO`STLARGA ULASHING:
Munavvarqori Abdurashidxonov tarjimai hol.
Munavvarqori Abdurashidxonov (1878–1931) Toshkent shahrida tavallud topgan. U o‘z davrining ilg‘or ma’rifatparvar ziyolisi sifatida xalq ta’limini rivojlantirish va yangicha fikrlarni targ‘ib qilish yo‘lida katta xizmatlar qildi. Yoshligidan diniy va dunyoviy bilimlarni o‘rgangan, arab, fors va rus tillarini mukammal bilgan.
-
1878-yilda Toshkent shahrining Shayx Xovandi Tahur dahasidagi “Darxon” mahallasida ziyoli oilada tug‘ilgan.
-
Otasi – Abdurashidxon Sotiboldixon Olimxon o‘g‘li (1885-yilda vafot etgan).
-
Onasi – Xosiyat otin (1845–1931), ziyoli ayol, xotin-qizlarga saboq bergan.
-
Uch aka-uka: A’zamxon (1872–1919), Muslimxon (1875–1954), Munavvarxon (kichigi).
Ma’lumoti.
-
Dastlabki ta’limni onasi va mahalliy domlalardan olgan.
-
Qur’oni karimni xatm qilib “qori” unvoniga sazovor bo‘lgan.
-
“Yunusxon podsho” madrasasida, keyin Buxoroda hadis, fiqh, tafsir kabi fanlardan tahsil olgan.
-
Ammo u yerda orzu qilgan ilmi bo‘lmagani uchun Buxoroni tark etgan.
Mehnat faoliyati va ma’rifatparvarlik ishlari.
-
1901-yilda Toshkentda ilk usuli savtiya maktabini ochdi.
-
1907-yilda “Adibi avval” alifbo darsligini yaratdi, keyin “Adibus-soniy”ni nashr qildi.
-
“Namuna” maktabini tashkil qilib, o‘zbek maktablarida rus tili o‘qitilishiga erishdi.
-
1914–1916-yillarda ko‘plab maktablar uning dasturi asosida ishlagan.
-
1917-yilda Toshkent shahar dumasi a’zosi etib saylandi.
-
Talabalarni chet elga o‘qishga yuborish tashabbusini ilgari surdi.
-
“Jamiyati xayriya”, “Nashri maorif”, “Ko‘mak” uyushmalari orqali yoshlarni qo‘llab-quvvatladi.
Matbuotdagi faoliyati.
-
1906-yildan “Taraqqiy”, “Xurshid” gazetalarida faoliyat yuritgan.
-
“Shuhrat”, “Tujjor”, “Osiyo” gazetalarini tashkil etgan.
-
1914–15-yillarda “Sadoyi Turkiston” gazetasining asoschilaridan biri.
-
1915-yildan “Al-isloh” jurnaliga asos soldi.
-
1917-yildan “Turkiston viloyati gazeti”ni “Najot” deb o‘zgartirdi, keyinchalik “Kengash” gazetasida muharrirlik qildi.
Ijtimoiy-siyosiy faoliyati.
-
1914-yilda “Turon” jamiyati va truppasini tashkil qilishda ishtirok etdi.
-
1917-yildan “Sho‘royi islomiya” jamiyati muovini.
-
Qo‘qondagi Turkiston Muxtoriyatining tashkil topishida faol qatnashdi.
-
1920-yillarda “Milliy ittihod” va “Milliy istiqlol” tashkilotlariga rahbarlik qildi.
-
1920-yilda Boku Sharq xalqlari qurultoyida qatnashdi.
Ilmiy-adabiy merosi.
-
Darsliklari:
-
“Adibi avval” (1907)
-
“Adib us-soniy” (1907)
-
“Usuli hisob”
-
“Tarixi qavm turk”
-
“Tajvid” (1911)
-
“Tarixi anbiyo”, “Tarixi islomiya” (1912)
-
“Yer yuzi” (1916–17)
-
“O‘zbekcha til saboqligi” (1925–26)
-
-
She’riy to‘plami: “Sabzavor” (1914).
-
Hikoya va she’rlari: “Bizda hamiyat”, “Tug‘ishganlik sevgisi”, “Devpechak”, “Qullikka qanday tushdi?”, “Himmatli faqir” va boshqalar.
So‘nggi yillari va taqdiri
-
1920-yillardan boshlab sho‘ro hukumatining nazoratida yashadi.
-
Siyosiy tazyiq va gumonlar tufayli faoliyatini davom ettira olmadi.
-
1931-yilda repressiya qurboni bo‘ldi.
