Telegram’da mana shu niklarni aslo ishlata ko‘rmang!

DO`STLARGA ULASHING:

O‘zbekistonda juda ommabop bo‘lgan Telegram messenjerida o‘z telefon raqamini butunlay yashirish yo‘riqnomasini mana bu maqolamizda berganmiz. Lekin raqamingiz o‘rniga o‘z profilingizga nik o‘rnatishda ham ehtiyotkorona yondashish zarur.
Ma’lum bo‘lishicha, Telegram ma’muriyati o‘z profiliga «Izbrannoye» va «Saved Messages» kabi nikneymlar qo‘yib olganlarni bloklay boshlagan. Bu so‘zlar aslida mazkur messenjerda har bir foydalanuvchiga taqdim etilgan «Tanlanganlar» funksiyasining, ya’ni – «o‘z-o‘zi bilan suhbat» chatining nomi ekanligini bilasiz.
Bu haqda xabar bergan «Meduza» nashri muxlislaridan biri tajriba tarzida o‘z profilini shunaqa nomlab ko‘rgan. Oradan bir necha daqiqa o‘tiboq uning akkauntini Telegram bloklab tashlagan.
«Akkauntim yo‘qolib qoldi, endi unga kirib bo‘lmayapti – «telefon raqami bloklangan» degan xabar chiqib qolyapti. Uni blokdan chiqarish usullari va imkoniyati haqida ma’lumot ham berilmagan», deydi foydalanuvchi.
«Meduza» tahririyati Telegram qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘lanib, messenjer shunaqa nomli akkauntlarni bloklashi haqida so‘raganida, aniq javob berishmagan. Lekin ular, o‘z profilini «Izbrannoye» yoki «Saved Messages» shaklida o‘zgartirib ko‘rmagan ma’qul ekanligini aytib ogohlantirishgan.
Aftidan, bunday akkauntlarni bloklash joriy oyning boshida Telegram messenjerida paydo bo‘lgan firibgarlik bilan bog‘liq. Uning sxemasi bunaqa bo‘lgan: firibgarlar turli kishilarga «Saved Messages» nomli akkauntdan yozib, darrov o‘chirib yuborishadi. Keyin o‘sha foydalanuvchi biror ma’lumotni «Tanlanganlar»ga yuborib saqlab qo‘ymoqchi bo‘lganida, ro‘yxatda o‘sha «Saved Messages» ham ko‘rinadi. Bilmasdan unga shaxsiy ma’lumotlarni, biror maxfiy faylni yuborib qo‘yish hech gapmas.
Biz ham foydalanuvchilarimizga o‘z profilni bunaqa nomlab ko‘rmaslikni tavsiya etamiz. Shuningdek, so‘nggi kunlarda O‘zbekistonda Telegram-akkauntni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishga urinishlar uchrayotgani haqidagi xabarimiz va bundan himoyalanish usuli o‘rgatilgan yo‘riqnomamiz bilan ham tanishib qo‘yganingiz ma’qul.
www.terabayt.uz

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek