Texnikumni tugatganlar OTMga o‘qishga kira olmaydimi?

DO`STLARGA ULASHING:

2022-yil 15-iyun kuni Prezident rahbarligida o‘tkazilgan aholini kasb-hunarga tayyorlashni takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida kelgusi yildan texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinishi ma’lum qilingan edi.

Mazkur xabar ayrim abituriyentlar tomonidan endilikda texnikumni tamomlaganlar oliy ta’lim muassasasiga topshira olmas ekan degan mazmunda noto‘g‘ri talqin qilinmoqda ekan.

Bu bo‘yicha DTM tomonidan shuni ma’lum qilinmoqdaki, maktab, akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej, texnikum kabi umumiy o‘rta ta’lim yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tugatgan barcha o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlari mumkin.

Оставьте комментарий