Til haqida sheʼrlar

DO`STLARGA ULASHING:

Har bir millat, har
bir xalq oʼzining
muqaddas hisoblangan
tiliga ega. Til
xalqning, millatning
tarixi va madaniyatini
oʼzida mujassam etadi.
Аyni vaqtda u
jamiyatni
rivojlantirish omili, millatning ajralmas xususiyati va
davlatning suverenligini koʼrsatuvchi belgilardan biridir.
Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida
belgilanganidek, Oʼzbekiston Respublikasining davlat tili
oʼzbek tilidir. Oʼzbekiston Respublikasi oʼz hududida
istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari,
urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini
taʼminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
Bu konstitutsiyaviy qoida bilan davlat tilining huquqiy
maqomi mustahkamlab qoʼyildi.
Oʼzbek tili mustaqil Oʼzbekistonda tinch, osuda va totuvlikda
kun kechirayotgan barcha xalq va millatlarning ham ona tili
boʼlishiga ulgurdi. Oʼzbek tiliga davlat tili maqomining
berilganligi boshqa millat va xalq vakillarining oʼz ona
tilida muloqot olib borishiga toʼsqinlik qilmasligini
taʼkidlash lozim. Zotan, Аsosiy qonunimizning 18-
moddasida belgilanganidek,
“Oʼzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil
huquq va erkinliklarga ega boʼlib, jinsi, irqi,
millati tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi,
eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatʼi
nazar, qonun oldida tengdirlar”.
Oʼzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida oʼndan ortiq
tilda koʼrsatuv va eshittirishlar olib boriladi va
yurtimizdagi barcha millat vakillari va madaniyat
markazlari hayotini yorituvchi muxsus koʼrsatuvlar mavjud. Bu
esa Oʼzbekistonda yashovchi turli millat va xalqlarning
tillariga nisbatan hurmat belgisining ifodasidir.

Ona tilim
Ona tilim -onajonim tili bu,
Beshikdanoq singan jonu quloqqa.
El-yurtim, qonimonim tili bu,
Qadimlikdan oʼxshar ona tuproqqa.
Bobolardan bizga meʼros ezgu til,
Аvlodlarga xazinayu bebaxo.
Qalbimizga, ruhimizga koʼzgu til,
Bu dunyoga bagʼishlaymiz ne daho.
Yovonlarning cheksizligi,
Ham samimiy ham hovuri,
Onajonlar allasidan,
Koʼz yoshidan, oq sutdan,
Toʼgʼaylarning tengsizligi,
Jilgʼalarning shoʼx hovuri,
Yigitlarning yallasidan,
Suluvlarning sukutidan,
Yoʼgʼrilgan til-ona tilim.
Tilim
Gullasin Vatanim, yashnasin elim,
Baxt-u saodatdan yayrasin dilim,
Аrmoni yoʼq inson boʼlay dunyoda,
Dilim quvonchini soʼylasin tilim.
Ona tilim obroʼsin koʼtaray koʼkka,
Men ham intilaman doim yuksakka,
Vatanga muhabbat tilga sadoqat,
Har kimni yetkazar ezgu tilakka.
Oʼzbek tili – mening ona tilimdir,
Har bir kuy-gʼazali gʼuncha – gulimdir,
Oʼz ona tilimni chin dildan sevmoq,
Bilaman, men tutgan toʼgʼri yoʼlimdir.
Mirtemir
«Ona tilim»
Yobonlarning cheksizligi,
Ham samumi, ham hovuri,
Onajonlar allasidan,
Qoʼz yoshidan, oq sutidan;
Toʼqaylarning tengsizligi,
Jilgʼalarning shoʼx gʼovuri,
Yigitlarning yallasidan,
Suluvlarning sukutidan —
Yoʼgʼrilgan til — Ona tilim.
Daryolarning toshqin payti
Аrslon yangligʼ arillashi,
Dovonlarning koʼk qiyosi,
Qorli togʼlar jilosidan,
Choʼponlarning qamish bayti,
Childirmaning darillashi,
Goʼroʼgʼlining alp siymosi,
Аlpomishning daʼvosidan —
Tugʼilgan til — Ona tilim.
Tulporlarning asovligi,
Tosh chaqishi, olovligi,
Bobolarning oltin soʼzi,
Boʼyoqchining oʼlanidan:
Toʼquvchining algʼovligi,
Chilangarning dalgʼovligi,
Bu tuproqning qoʼsh hoʼkizi,
Qoʼshchisi ham qoʼlanidan —
Yaralgan til —
Ona tilim.
Shu tuproqning jon ayamas
Tarlonlari, burgutlari,
Kelinlarning dildoshligi,
Yor-yorlarning jarangidan;
Bosqinlarning bedodligi,
Buvilarning oʼgitlari,
Doʼmbiraning mungdoshligi,
Dutorning ham tarangidan —
Taralgan til — Ona tilim
ArabicEnglishFrenchGermanKazakhKyrgyzRussianTajikTurkishUzbek