DO`STLARGA ULASHING:
Til haqida hikmatli so’zlar. Til – xalqning ruhi, millatning ko‘zgusi va eng ulug‘ boyligidir. Buyuk siymolar, yozuvchi va shoirlar hamisha tilning qudrati, so‘zning ta’siri haqida hikmatli so‘zlar aytib kelganlar. Chunki shirin so‘z insonni quvontirsa, achchiq so‘z yurakni ranjitadi. Shu bois tilni asrash, so‘zni qadrlash – barchamizning muqaddas burchimizdir.
Til haqida hikmatli so’zlar.
- Tilingdan oldin qalbingni tarbiya qil. Chunki so‘z qalbdan kelib, tildan chiqadi. << Jaloliddin Rumiy >>
-
Til — so‘zlovchi istagini eshituvchiga yetkazuvchi tarjimondir. << Abu Rayhon Beruniy >>
-
Til — shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo’lib chiqsa — tilning ofatidir. << Alisher Navoiy >>
-
Tilingdan chiqqan sadaqang(ya’ni, pandu nasihating va ma’viza-yu hasanang) ba’zan qo’lingdan chiqqan sadaqangdan xayrliroqdir. << Abulqosim Zamaxshariy >>
-
Til qozonning qopqog‘iga o‘xshaydi. Qimirlab hidi taraldimi, nima pishayotganini bilib olaverasan. << Jaloliddin Rumiy >>
-
Tilingdan chiqqan sadaqa (ya’ni pandu nasihating va mav’izayu hasanang) ba’zan qo‘lingdan (mol-dunyongdan) chiqqan sadaqangdan ko‘ra xayrliroqdir. << Abulqosim Zamaxshariy >>
-
Kimki o‘zga tillarni bilmas ekan, o‘z tili haqida ham tasavvurga ega bo‘lmaydi. << Gyote >>
- Kimki o‘zga tillarni bilmas ekan, o‘z tili haqida ham tasavvurga ega bo‘lmaydi.<< Gyote >>
- Tilning tavakkuli da’vo qiladi, qalbning tavakkuli ma’no beradi. << Abu Ja’far Farg‘oniy >>
-
Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi. << Abdulla Qahhor>>.
Buyuk siymolar fikrlari.
-
Alisher Navoiy: «Til – insonning ziynati, qalbning kaliti.»
-
Abu Rayhon Beruniy: «Har kimning qadr-qimmati – uning so‘zidan bilinadi.»
-
Abdulla Avloniy: «Til – millatning ruhidir, tilini yo‘qotgan millat o‘zligini yo‘qotadi.»
-
Jaloliddin Rumiy: «So‘z qalbdan chiqsa, qalbga yetar, til uchidan chiqsa – quloqdan nariga o‘tmas.»
-
Maqtimguliy (turkman shoiri): «So‘zingni o‘ylab so‘yla, so‘z qalbni ham davolar, qalbni ham yaralar.»
Yozuvchi va shoirlar til haqida hikmatlari.
-
Cho‘lpon: «So‘z insonning yurak ohangidir, til esa uning tarjimonidir.»
-
G‘afur G‘ulom: «Tilni e’zozlash – millatni e’zozlashdir.»
-
Erkin Vohidov: «So‘z – qalbning ko‘zgusi, millatning boqiy xazinasi.»
-
Abdulla Oripov: «Til – bu xalqning tarixiy xotirasi, u xalqning kelajagini ham belgilaydi.»
Umumiy hikmatli so‘zlar.
-
-
«Shirin so‘z – do‘st orttirar, achchiq so‘z – dushman.»
-
«Tilga e’tibor – elga e’tibor.»
-
«Til – millatning qalbi va ko‘zgusi.»
-
