Tinchlik – buyuk ne’mat mavzusida insho

DO`STLARGA ULASHING:

Tinchlik – buyuk ne’mat, uni asrab – avaylash muqaddas burch.
Reja:
I. Kirish
a) Tinchlik va ahillik mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligining asosidir.
II. Asosiy qism
a) Tinchlik – ulug’ ne’mat, uni qadriga yetaylik!
b) Tinchlik va xotirjamlikni qadrlash insonlarning saharafli burchlaridandir!
c) Shu aziz Vatan barchamizniki
III. Xulosa
a) “Bizga ozod va obod Vatan qoldirganingizdan umrbod minnatdormiz”.
“Vatanparvar insongina Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, yurt tinchligida xizmat qilishga o’zining hayotini bag’ishlaydi, o’zining ma’naviy kamoloti uchun yuksak ma’suliyatni his etishga, o’z manfaatlarini shu yurt shu xalq manfaatlari bilan uyg’unlashtirishga da’vat etadi”.
Shavkat Mirziyoyev
Mehribon Yaratgan Egamga behad hamdu sanolar hamda behisob shukronalar bo’lsinki, O’zbekiston deb atalmish jannatmakon yurtni bizga Vatan ayladi. Vatanning borligi insonga beqiyos kuch – qudrat, g’ayrat-shijoat baxsh etadi. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Inson dunyoga kelish bilan Vatan oldidagi burchi hamda vazifalari u bilan birga bo’ladi. Vatan bu tug’ilganimda Allohni menga bergan eng kata sovg’asi! Omadim bor ekan, shu Vatanda tug’ilganman. Vatanni o’zim tanlamadim, balki Alloh o’zi men uchun tanlab bergan, demak men shu Vatan uchun yaralganman, shuning uchun ham o’z Vatanimni sevaman! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo’lsin! Bugun, yurtimiz tinch, hayotimiz osoyishda, mamlakatiminzning har bir hududida bunday bunyodkorlik ishlari jadal olib borilmoqda. Uzoq safalarga ketib, bir necha kun oilamizdan olisda bo’lsak ham, har kuni erta ketib, kech ishdan qaytsak ham, uydagilardan ko’nglimiz to’q. Bunga yurtimizning tinchligi sabab desam ham adashmagan bo’laman. Shu o’rinda, tinchlikning naqadar ulug’ ne’mat ekanligini anglab yetamiz. Haqiqatdan ham, tinchlik bebaho ne’matdir. Uni saqlamoq, avaylamoq kerak bo’lsa bu yo’lda jonni fido qilish shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir fuqaroning muqaddas burchidir! Shuningdek yoshlar orasida ularda vatanparvarlik, vatanga muhabbat, mehnatga ma’suliyatli munosabat, harbiy xizmatga hurmat tuyg’ularini tarbiyalash, mamlakat suveriniteti va mustaqilligini himoya qilish bo’yicha yuksak burch tuyg’usini shakllantirish borasida ishlarni kuchaytirish,  yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yo’naltirilgan turli sport va tadbirlarni, tanlovlarni tashkil etish va zamon talablarini hisobga olgan holda sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish hamda yoshlarga yuksak ma’naviy – axloqiy fazilatlarni tarbiyalash bo’yicha turli xil ishlarni amalga oshirish vazifasi yukatilgan.
ilmfakt.com

Оставьте комментарий