Tish tozalagichlar ishlab chiqarish biznesi

DO`STLARGA ULASHING:

Tish tozalagichlar ishlab chiqarish biznesi

— Tish tozalagichlari — har qanday ovqatlanish stolida majburiydir. Ular xo’jalik va oziq-ovqat do’konlarida sotiladi va kafe, restoranlardan juda ko’p miqdorda sotib olinadi. Ushbu biznesni yo’lga qo’yib yaxshi daromad topishingiz mumkin.

#Boshlanģich_xarajatlar:
– Tish tozalagichlarini ishlab chiqarish liniyasi — 7000$
– Quritish kamerasi — 1400$
– Suvga bo’ktirish uchun idish va yog’ochlarni tozalash va silliqlash uchun zarur bo’lgan asboblar (bolta, arra, cho’tka) — 400$
– Kompaniyani ro’yxatdan o’tkazish — 150$

Jami: ~ 8950$ sarmoya kerak.

#Oylik_xarajatlar:
– Joy ijarasi — 200$
– Xom ashyo + (yetkazib berish) — 1600$
– Qadoqlash plyonkasi — 30$
– Ish haqi (savdo menejeri, haydovchi, 2ta ishchi) — 1000$
– Yoqilg’i — 200$
– Kommunal to’lovlar — 150$
– Kutilmagan xarajatlar — 400$

Jami: ~ 3580$ oylik xarajatlar mavjud.

— Oylik daromad ~ 4400$ ni tashkil etsa, sarmoyalar 1 yilda qoplanishi kutiladi.