TISHNI PLOMBALASH

DO`STLARGA ULASHING:

 TISH PLOMBALASH – bu tish chirishi , pulpit , hamda tishdagi boshqa nuqsonlarni maxsus plomba materiallari qo’yib davolash; bu materiallar tish formasini tog’rilashdan tashqqari, tish kovagidagi mikroorganizmlarga antiseptic ta’sir ko’rsatadi. Ko’pincha tishga plomba qo’yilganda uning chirishi va turli asoratlar – pulpit, periodontit va b.larning oldi olinadi.
   Tishni plombalash birnecha bosqichda olib boriladi; oldin tish kovagiga osonlik bilan olinadigan vaqtinchalik plomba yoki sun’iy dentin qo’yiladi. Davolash oxirida doimiy plomba qo’yiladi. U xar hil materialdan tayyorlanadi; materialni tishdagi nuqsonga qarab vrach tanlaydi . Masalan, oldingi tishlarni plombalashda senment-silikat ishlatiladi. Sut tishlari va ildiz kanalini plombalshda sement-fosfat va tarkibida antiseptic moddalari bo’lgan sementlardan foydalaniladi. Bundan tashqari , kumush amalgamasi, tez qotadigan plastmassa va boshqa plastic materiallar bor ; tish koronkasining bir qismi sinib ketsa, plastmassa vkladkalr qo’llaniladi.
  Tish plombalshdan oldin chirigan tish kovagi yaxshilab tozalanadi, undan yumshagan dentin olib tashlanadi va kovakni plomba yaxshi turadigan shaklga keltiriladi. Tish pulpasi yoki ildizi atrofidagi to’qimalar yallig’langanda, unga tegishli davo qilinadi, keyin plomba qoyiladi . Tish kovagi bor mashina yordamida tozalanadi, bunda og’riq bo’lishi mumkin. Shuning uchun og’riqsizlantiruvchi dorilar qo’llaniladi.
   Plomba qo’yilganda ikki soatcha ovqat yemaslik kerak, agar plomba qo’yilgandan keyin tishni bosganda og’riq paydo bo’lsa, stomatologga murojat qilish lozim.
dentamed.uz

Оставьте комментарий

ArabicEnglishFrenchGermanKazakhKyrgyzRussianTajikTurkishUzbek