Tetrasiklin maz — ko’zga va ko’z atrofiga qo’llash uchun

DO`STLARGA ULASHING:

?Tetrasiklin maz — ko’zga va ko’z atrofiga qo’llash uchun .

1 % li dozada ☝️

?Tetrasiklin maz — teri sirtiga suriladi. 3 % li dozada

#Tetrasiklin maz ( surtma)
#Тетрациклин маз ( суртма ).

?Dori shakli : sirtga qo’llash uchun 3% li maz.

?TARKIBI : ?

tetrasiklin gidroxlorid , vazelin

?Ta’sir qilishiga ko’ra : ?

Antibakterial vosita. Terining infeksion kasalliklarida davolash uchun antibakterial vosita.

?QO’LLANILISHI ?

— Yumshoq to’qimalarning yiringli infeksiyalarida
— Furunkulyozda
— Ekzemada
— Teridagi toshmalarda
— Teri qichishida
— Follikulitda
— Teridan chiqadigan ko’pgina toshmalarda ( diametri har xil bo’lgan qizil toshmalarda).

?QABUL QILISH USULI VA DOZASI ?

Sirtga qo’llaniladi. Maz shikastlangan teri sohasiga sutkasiga 1- 2 marta suriladi.

?NOJO’YA TA’SIRI ?

— Teri giperemiya si
— Quyoshga chiqqanda teri sezuvchanligi kuchayishi
— Achishish, lovullash
— Shish holati

❌QABUL QILISH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR ?

— Preparatga yuqori sezuvchanlik bo’lganda
— 11 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas.
— Og’ir kuyishlarda mumkin emas.
— Oftalmologiyada ,ya’ni ko’z kasalliklarida qo’llash mumkin emas ( ko’z kasalliklarida 1% li tetrasiklin mazdan foydalaniladi. Esda saqlang ).
— Chuqur yaralarda surkash mumkin emas.

?ESLATMA : Homiladorlik davrida , ya’ni homiladorlikning birinchi 3 oyligidan keyin qo’llash mumkin.

Tetrasiklin mazi 2 xil dozada chiqadi. 3 % li va 1 % li dozalarda ( esda saqlang). 3 % li dozadagisi bugun tashlaganimiz ☝️ ya’ni teri yuzasiga suriladi. 1 % li si esa ko’zga va ko’z atrofiga suriladi. 3 % li , ya’ni teri yuzasiga suriladigan dozaligini ko’zga va ko’z atrofiga qo’llab bo’lmaydi ( ehtiyot bo’ling).

?Qo’llash tartibi — retseptsiz
?Ishlab chiqaruvchi — Rossiya

Оставьте комментарий