Toʻra Sulaymon (1934–2005)

DO`STLARGA ULASHING:

Toʻra Sulaymon 1934 yili Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Yoyilma qishlogʻida tugʻildi. 1936 yilda oilasi Mirzachoʻlga koʻchirma qilingan shoir oʻz tarjimai holida shunday yozadi: “Mening qaysi yili tugʻilganim aniqmas. Enamning aytishlariga qaraganda, qolaversa, oʻzimning qachon maktabga borib, qachon roʻzgʻor ishlari bilan kattalarday jiddiy shugʻullana boshlaganimni eslasam, tugʻilgan yilim oʻttiz ikkinchi yilga toʻgʻri keladi. Bunday deyishimning sababi, quloq qilinganimizda enamning qoʻlida ekanman”.
Toʻra Sulaymon 1952 yilda oʻrta maktabni tugatgach, maktabda oʻqituvchilik qildi. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida sirtdan tahsil oldi(1958–1964). “Sirdaryo haqiqati” viloyat gazetasida masʼul kotib (1964–1971), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyatining masʼul kotibi, adabiy maslahatchisi (1971–1986) vazifalarida xizmat qildi.
Shoirda adabiyotga, ijodga havas ancha erta uygʻongan. Bunda xalq ogʻzaki ijodi, xalq kitoblarini yaxshi bilgan zukko ota-onasining xizmatlari katta. “Ayniqsa, otamdan eshitgan ertaklarim orasida “Boldirboy” degan ertak meni koʻp maftun qilar edi”, ‒ deb eslaydi shoir.
1962 yilda Toʻra Sulaymonning “Istar koʻngil” nomli birinchi sheʼriy toʻplami chop etildi. Shundan keyin “Qorasoch” (1964), “Hamqishloqlarim” (1968), “Jahongashta” (1970) dostoni, “Mening qora koʻzginam” (1972), “Men qayga borar boʻlsam” (1976), “Alhazar” (1979), “Intizor” (1980), “Sizni eslayman” (1982), “Istar koʻngil” (1982) kabi yigirmadan ortiq kitoblari dunyoga keldi. Oʻnlab sheʼrlari qoʻshiqqa aylanib, taniqli hofizlar tomonidan kuylab kelinadi.
Toʻra Sulaymon 1999 yilda Oʻzbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor boʻlgan.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

19 комментариев к “Toʻra Sulaymon (1934–2005)”

  1. Уведомление: alphabay market link

  2. Уведомление: nova88

  3. Уведомление: Is Chaturbate Secure

  4. Уведомление: 강남셔츠

  5. Уведомление: สล็อตวอเลท

  6. Уведомление: Luton escorts

  7. Уведомление: nova88

  8. Уведомление: 1688upx

  9. Уведомление: go

  10. Уведомление: sbobet

  11. Уведомление: psilocybin mushrooms for sale colorado​

  12. Уведомление: Liberty Caps Mushroom

  13. Уведомление: roof skylight

  14. Уведомление: 방콕마사지

  15. Уведомление: Dave Bolno and Dr Stacy Pineles

  16. Уведомление: go to this web-site

  17. Уведомление: führerschein kaufen original

  18. Уведомление: สล็อตแตกง่าย

  19. Уведомление: penis fillers

Комментарии закрыты.