Trendga chiqqan «planka» mashqi qanchalik foydali?

DO`STLARGA ULASHING:

Trendga chiqqan «planka» mashqi qanchalik foydali?

Keling, avval u qaysi mushaklarga ta’sir qilishini bilib olaylik. Plankada quyidagi mushaklar faollashadi:

— qorin bo’shlig’i mushaklarining barcha guruhi;
— umurtqa pog’onasini qo’llab-quvvatlovchi bel mushaklari;
— tananing simmetrik ishlashi va ichki organlarni himoyalovchi stabilizator mushaklar;
— gluteus maximus va boldir mushaklari zonalari;
— qo’l mushaklari: biseps va triseps.

Mashqni bajarishda bu xatolarga yo’l qo’ymang:

▪️ Planka mashqini bajarishda tirsaklar to’g’ri burchak ostida yelkalar bilan bir chiziqda bo’lishi kerak.

▪️ Tana tekis turishi, bel bukilib qolmasligi lozim. Tana vazni tirsaklar, bilaklar va oyoqlarga teng taqsimlanishi kerak. Ushbu pozani iloji boricha uzoqroq ushlab turishga harakat qiling.

▪️ Plankani bajarayotganda, press, orqa, oyoq va bo’ksa mushaklarini bo’shashtirmang, ular doimiy kuchlanishda bo’lishi juda muhim.

❗️ Ammo planka mashqidagi eng katta xato faqat birgina mashqni bajarib, ulkan natija olishni kutishdir.

Bittagina mashq bilan cheklanib, tanangizni ham o’zingizni ham aldamang: ilovaga o’tib, hoziroq o’zingizga yaqin sport zallarida joyingizni band qilib qo’ying 😉

1fit kanali

Оставьте комментарий