Upa harid qilmoqchimisiz?

DO`STLARGA ULASHING:

Siz xarid qilayotgan upa rangi terinikidan ajralib qolmasligi lozim. Buning uchun xarid chogʼida ozroq upani boʼyinga surting-da, yorugʼlikda unga diqqat bilan qarang.

Аnʼanaviy upa – bir tekis, yumshoq “yostiqcha”li pardoz vositasi. Kun tartibi qizgʼin boʼlgan xonimlar uchun bunday upa foydalanishga ham, olib yurish uchun ham qulay.
Qumsifat upa – yuz teringiz quruq boʼlsa, bu turdagi upalar siz uchun. Biroq qumsifat upa faqat kunduzgi pardoz uchun moʼljallanganligini yodda tuting.
Kremli upa – teridagi mayda teri nuqsonlarini bartaraf etishda krem aralashmasi qoʼshilgan upadan foydalanish darkor. Bunda tonal kremini surtish ham shart yemas.
Dumaloq sharchali upa – ahamiyatlisi, bunday upa tarkibida qaymoqrang, och jigarrang va toʼqish jigarrang pufakchalar boʼlib, undan kunduzi yoki oqshom pardozi uchun foydalanish mumkin.
Mineralli upa – yuzingiz terisi ortiqcha “zarra”lar bilan qoplanmasligi va teri katakalri “toʼlib” qolmasligini istasangiz (qolaversa teringiz kosmetik vositalarga taʼsirchan boʼlsa), shunday upani tanlang.
Bronza zarralari qoʼshilgan upa – quyoshda toblangandek koʼrinishni istasangiz, bronza zarralari qoʼshilgan upadan xarid qiling. Uning rangi boshqalariga qaraganda biroz toʼq va yengil tovlanuvchan boʼladi.
Tovlanuvchan upa – oqshom tadbirida yuz qiyofasi boshqalardan ajralib turishini hohlaganlar tovlanuvchan upadan foydalanishlari mumkin.
“Yanoqlaring buncha qizil?” Mutaxassislar yogʼupa tanlashda soch rangiga omil ekanligini eʼtirof etishadi. Аna endi sochingiz rangiga mos yogʼupani tanlaymiz.
Qorasoch qizlar, och pushti rangli yogʼupa sizga mos kelmaydi. Yaxshisi shaftolirang, bronza, och qaymoqrang yogʼupalardan foydalaning.
Sochlaringiz mallarang boʼlsa, yogʼupangiz teri rangidan u qadar ajralib qolmasligiga diqqat qiling. Sizga och olovrang va shaftolirang (qizgʼish) ranglar tavsiya etiladi.
Qoʼngʼir sochlar, pardozda pushti va och jigarrang yogʼupalardan foydalaning. Shunda yanoqlaringiz ajralib qolmaydi.
Аgar sochlaringiz toʼq jigarrang boʼlsa, Sizga yogʼupaning toʼq jigarrang-pushti, och qaymoqrang va hiyol tovlanuvchan olov ranglilari mos keladi.
Yogʼupa yanoqlarga tekis surilishi uchun lunjingizni shishirib, boʼrtib chiqqan yanoqqa rang suring.
Moʼyqalam bilan yogʼupa boʼyogʼini surayotganda uni pastdan yuqoriga tomon harakatlantirish kerak.
Oʼzingizga mos yogʼupa tanlashda ikkilansangiz, turli rangdagi mayda koptokchalilarini sinab koʼring. Unda xilma-xil ranglar mujassam boʼlgani bois, aniq bir rang koʼzga tashlanmaydi.

Оставьте комментарий