Tonal kremini tanlash

DO`STLARGA ULASHING:

Aksariyat ayollar yuzlariga tonal kremini surtib, so’ng upa bilan ishlov berishadi. Nima deb o’ylaysiz bu usul qanchalik to’g’ri?
Yuzingiz quruqshagan bo’lsa, kuz-qish mavsumi uchun tarkibida oziqlantiruvchi birikmalarni jamlagan tonal kremini tanlang. Yuzingiz terisiga mos keladiganini tanlash uchun ozroq tonal kremni qo’lga surtib ko’ring, oson surtilsa, demak, bu sizniki!
Yog’li yuz tersiga, tezda qurib qolish xususiyatiga ega bo’lgan tonal kremlar tavsiya etiladi. Xarid chog’ida kremdan ozrog’ini qo’lga sursangiz, tezlikda teriga singishi kerak
Yuz tersining namlik darajasi meyorida bo’lsa, tarkibida oziqlantiruvchi birikmalari bor, yumshoq surtiladigan tonal kremlaridan foydalanishingiz mumkin.
Muximi, tonal kremdan foydalanishda barmoq uchiga ozroq kremdan surib, yuzingizga “nuqta”lar qo’yib chiqing. So’ng barmoqni teriga yumshoq botirib, kremni teriga singdiring. Tonal kremini surtganda ustidan upa surtish mumkin emas. Teringiz nafas olishini istasangiz, yo unisi, yoki bunisini tanlang.

Оставьте комментарий