Ursosan kapsula si — o’t yo’llari va jigar faoliyatini normallashtiruvchi vosita

DO`STLARGA ULASHING:

💊Ursosan kapsula si — o’t yo’llari va jigar faoliyatini normallashtiruvchi vosita.O’t pufagidagi xolesterinli toshlarini erituvchi vosita .

#Ursosan kapsula
#Урсосан капсула

💊Dori shakli : Kapsula

💊Tarkibi : 👇

1 kapsula 250 mg ursodeoksixolat kislota saqlaydi.

💊Ta’sir qilishiga ko’ra :

Gepatoprotektor, xolelitolitik vosita.
Jigar va o’t yo’llarini faoliyatini yaxshilovchi vosita.

💊Qo’llanilishi 👇

— O’t — tosh kasalligida
— O’t pufagidagi toshlarni eritish uchun.
— Xolesis ektomiyadan keyin qayta tosh hosil bo’lishini oldini olish uchun.
— Birlamchi biliar sirrozning 1 chi va 2 chi bosqichida.
— Xolangitda
— Gepatitda
— Jigarni alkogolli bo’lmagan yog’li kasalligida
— Biliar dispepsiyada
— Safroli reflyuks — gastrit va ezofagusda
— Mukovitsidozda
— O’t safro chiqarish yo’llari qayrilish xolatlarida
— Jigar ni faoliyatini yaxshilash uchun
— O’t pufagini yaxshi bir me’yorda ishlashi uchun .
— Jigarni toksik shikastlanishida
— Me’da va me’da osti bezi sekretsiyasini kuchaytiradi.

💊Qabul qilish usuli va dozasi

Ichga chaynamasdan yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.

Kattalarga o’t pufagidagi toshlarni eritish uchun va o’t suyuqligi yaxshi ajralmaganda sutkasiga 2 tadan 6 ta kapsulagacha qabul qilish mumkin. ( faqat aytilgan holatda )

Odatda ursosan kapsulasi sutkasiga 1 kapsula kechqurun qabul qilinadi.

Qolgan holatlarda shifokor belgilaydi. Qancha miqdorda qabul qilishni.

2 yoshdan katta bolalarda qo’llashni shifokor belgilaydi.

2 yoshdan kichik bolalarga qabul qilish mumkin emas.

💊Nojo»ya ta’siri

— Diareya
—Teri qichishshi ( kam xollarda).
— Teri toshmasi ( kam xollarda).

Ushbu preparatni nojo’ya ta’siri ko’p aniqlanmagan.

💊Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda.
— O’t pufagi va o’t safro yo’llarining yallig’lanish kasalligining o’tkir davrida bo’lgan bemorlarda.
— O’t safro yo’llarining o’tkazmasligi da
— Jigar sirrozining oxirgi bosqichlarida
— Ichakning yallig’lanishi da, kron kasalligida mumkin emas.
— Buyrak va jigar faoliyati buzilganda mumkin emas.

💊ESLATMA : Homiladorlik davrida qabul qilish mumkin. Lekin emizish davrida qabul qilinganda emizishni to’xtatish kerak.

Ursosan preparati tabletka ko’rinishida ham chiqadi.

Оставьте комментарий

ArabicEnglishFrenchGermanKazakhKyrgyzRussianTajikTurkishUzbek