Uy-joy olishda kimlar birinchi navbatda ustunlikka ega ?

DO`STLARGA ULASHING:

🟢 Uy-joy olishda kimlar birinchi navbatda ustunlikka ega ?

Savol; 2018 yilda shahar hududida yangi qurilayotgan arzon ko‘p qavatli uylardan sotib olish uchun hujjat topshirgan edik, lekin bizdan keyin hujjat topshirgan fuqarolar oldi biz esa yo‘q, o‘zi kimlar birinchi navbatda olish huquqiga ega?

Javob; Vazirlar Mahkamasining 14-sonli karoriga asosan, uy-joyi yo‘q yoki ijarada, bepul foydalanish shartlari asosida turar joyda yoki eskirgan uylarda yashayotganlarga, bir uyda boshqa oila yoki boshqa oilalar bilan birgalikda yashayotganlarga, ko‘p bolali onalarga, oila tarkibida I gurux nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilalar birinchi navbatda uy-joy olish xukukiga egadirlar.

✅ Demak Sizdan keyin xujjat topshirganlar yuqoridagi toifaga kiradigan shaxslar bo‘lishi mumkin shuni xisobiga ularga sizdan oldin turar joy berilgan.

Оставьте комментарий