DO`STLARGA ULASHING:
UYDA GO‘ZALLIK SALONI OCHISH QONUNIYMI.
⚡️SAVOL;
Men uyimda go‘zallik saloni ochib sartaroshlik qilaman. Men shu ishimni qanday qilib qonuniylashtirib qo‘ysam bo‘ladi ?
⚡️JAVOB:
Siz bu ishingizni qonuniylashtirib qo‘yish uchun o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilishingiz kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.06.2020 yildagi PQ-4742-son qaroriga ko‘ra, sartaroshlik xizmatlari ko‘rsatadigan shaxslar xam o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilishi ko‘rsatilgan.
🟢 Siz o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilishingiz uchun o‘zingiz yashab kelayotgan hududdagi soliq organiga murojaat qilib bir yilda bir marta BHMning bir baravari ya’ni, 270 000 so‘m miqdorida ijtimoiy soliq to‘lab qo‘ysangiz bo‘ldi.
🟢 O‘zini o‘zi band qilganlar ro‘yxatiga kiritilganingizdan keyin siz uyingizda boshlagan ishingizni bemalol davom ettirishingiz mumkin bo‘ladi xamda o‘sha to‘lagan ijtimoiy solig‘ingizni xisobiga sizga bir yillik mehnat staji xam yoziladi. Besh yil bir yilda bir martadan soliq to‘lab borsangiz besh yil, o‘n yil to‘lasangiz 10 yillik mehnat stajiga ega bo‘lasiz.