UYQUSIZLIKNI NIMA KELTIRIB CHIQARADI?

DO`STLARGA ULASHING:

👨‍⚕UYQUSIZLIKNI NIMA KELTIRIB CHIQARADI?📚💊
✅Uyqusizlikning sabablari juda xilma-xil bo’lib, noto’g’ri ovqatlanishdan torib, to gormonal kasalliklargacha boradi. Uyqu chuqurligi va davomiyligiga ta’sir qiluvchi eng keng tarqalgan omillar quyidagilardan iborat:
✅Noqulay yoki noodatiy uyqu uchun sharoitlar: shovqinli yoki yorug’ xonalar, issiq, sovuq, xonada kislorod miqdorining kamligi, tutun aralashmalari, ayniqsa tamaki tutuni, o’tkir hidlar, noqulay to’shak, yostiq va hokazo.
✅Yotishdan oldin yoki kun davomida asab faoliyatini rag’batlantiradigan oziq-ovqat, ichimlik yoki preparatlarni qabul qilish (qahva, ko’k choy, shokolad, kola, va kofein va guarana asosli «tetiklashtiruvchi» ichimliklar). Tamaki tutunida mavjud bo’lgan nikotin hatto passiv chekishda ham uyquga salbiy ta’sir ko’rsatadi;
✅Turmush tarzidagi o’zgarishlar, shu jumladan qisqa muddatli: sayohat, ish safari, mehmonchilikka borganda, ish, yashash joyini, nikoh holatini o’zgartirish;
✅Stress holatlari, ayniqsa, noxush hodisa va fikrlarni «qo’yib yubormaydigan» rigid xususiyatli, kuchli emotsional shaxslarda. Surunkali uyqusizlikdan aziyat chekayotgan insonlar muammosi alohida ajratiladi. Ko’pincha ularni tun yaqinlashib kelishining o’zi qo’rqitadi, ularda «Menda uyqusizlik borku, qanday qilib uxlayman?» degan savol doirasi hosil bo’ladi, bu o’z navbatida stress va bezovtalikni chaqiradi, naijada uyqu fazasining birinchi bosqichlari boshlanmaydi;
✅Kasalliklar, ular nafaqat kasallik alomati sifatida uyqusizlik bilan bog’liqligi, balki og’riq, jig’ildon qaynashi, talvasalar, tez-tez siyish, yo’tal, nafas olish bilan bog’liq qiyinchiliklar, ichki va tashqi qo’zg’atuvchilarga haddan tashqari javob reaktsiyasi tufayli ham uxlashga yo’l qo’ymaydi.
✅Organizmdagi fiziologik gormonal o’zgarishlar ham qisqa muddatli uyqusizlikka olib kelishi mumkin. Ayollar ko’pincha hayz oldi va hayz paytida uyqu bilan bog’liq muammolarga duchor bo’lishadi, ulardan ko’pincha uyqusizlik 3 kundan buyon o’tib ketmayotganligi shikoyatini eshitish mumkin. Usbu fiziologik jarayonlar tufayli gormonal muvozanatning buzilishi taxminan 3-4 kun davom etadi. U davolashni talab qilmasdan mustaqil ravishda yechim topadi;
✅Ba’zi dori preparatlarini qabul qilish uyquga ta’sir qiladi. Sitramon tarkibidagi kofein asab tizimining qo’zg’alishiga olib keladi. Shamollashlarda qo’llaniladigan bronxolitin va tarkibida psevdoefedrin bo’lgan dorilar uyqusizlikka olib kelishi mumkin;
✅Tsirkad va sutkalik ritmning buzlishi: boshqa vaqt zonalariga o’tish, kunduzgi va kechki ish smenalarining almashinib kelishi, kechki vaqtda faol dam olish va o’yin-kulgu qilish, shuningdek dam olish kunlari uzoq uxlash odati;
✅Turli og’irlikdagi depressiv holatlar.

Оставьте комментарий