Windows 10 tizimli kompyuter yoki noutbuk «qotib» qolsa nima qilish kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Windows 10 tizimli kompyuter yoki noutbuk «qotib» qolsa nima qilish kerak?
❕Kompyuterning «qotib qolishi» deganda, aslida, turli texnik muammolar nazarda tutiladi. Bunda biror ilovaning ishlamasdan, ekranda «osilib» turishidan tortib tizimning ishlamay qolib, ko‘k ekran chiqishigacha – aksariyatida foydalanuvchilar shu atamani qo‘llashadi.
💻 Bulardan ayrimlarini qurilmani o‘chirib-yoqmasdan ham hal etish mumkin va quyida shularni ko‘rib chiqamiz:
1️⃣ Grafik drayverni qayta ishga tushirish
▪️Muammo aynan grafik qismga borib taqaladigan bo‘lsa, masalan – o‘yinni tugatgach ekran qorayib turaversa ushbu usul ish beradi. Videodrayverni qayta ishga tushirish uchun Win + Ctrl + Shift + B tugmachalar kombinatsiyasidan foydalanamiz.
2️⃣ «Qotib qolgan» dasturni yopish
▪️Ko‘pincha biror ilovaning o‘zi qotib qolishi sababli kompyuter yoki noutbukda muammo tug‘ilishi mumkin. Bunday hollarda o‘sha dasturni «Vazifalar dispetcheri» – «Dispetcher zadach» orqali majburan yopish kerak bo‘ladi. Buning uchun Ctrl + Shift + Escape tugmachalar kombinatsiyasi yordamida «Vazifalar dispetcheri»ni chaqirasiz, tizim so‘rovlariga javob bermayotgan dasturni topib belgilaysiz va «Vazifani olib tashlash» – «Snyat zadachu» tugmachasini bosasiz.
3️⃣ Kompyuterni odatiy o‘chirib-yoqish
▪️Agarda yuqoridagi choralar natija bermasa, qurilmangizni odatiy rejimda o‘chirib-yoqishga urinib ko‘rasiz. Buning uchun moddiy klaviaturadagi «Pusk» («Start», «Windows») tugmachasini, agarda u ham ishlamayotgan bo‘lsa – Ctrl + Esc tugmachalar jamlanmasini bosasiz. Ochilgan boshlang‘ich menyu orqali gadjetni o‘chirib-yoqishni esa o‘zingiz bilasiz, faqat undan oldin ma’lumotlarni (masalan – Word’da yozilayotgan matnni) saqlab, ilovalarni o‘chirishingiz kerak.
😉 Shuningdek, Alt + Tab yoki Win + Tab tugmachalar kombinatsiyalari orqali Windows ish stoliga o‘tishga ham harakat qilib ko‘rsangiz bo‘ladi.
4️⃣ Majburan o‘chirib-yoqish
▪️Bu usul hamisha ish beradi, ammo bunda saqlab ulgurmagan barcha ma’lumotlar kuyib ketadi. Aksariyat kompyuterlarda majburiy o‘chirib-yoqish uchun maxsus «Reset» tugmachasi bor.
✔️ Bunda ushbu tugmachani kamida besh soniya bosgan holda ushlab turish talab etiladi; ayni shu usulni desktop kompyuterlarda ham qo‘llash mumkin.

Оставьте комментарий