Xolid Said Xo’jayev

DO`STLARGA ULASHING:

Xolid Said Xo’jayev

Xolid Said Xoʻjayev 1888-yilda Toshkentdagi Baytqo’rg’on qishlogʻida tugʻilgan. Xo’jayev o’zbek va ozarbayjon tilshunosidir.

Xolid Said Xoʻjayev «Oʻtgan kunlar» hamda «Choliqushi» romanini ozarbayjon tiliga tarjima qilgan. U «Devonu lugʻotit turk» asarini ilk bor arab tilidan ozarbayjon tiliga o’girgan insondir.

Xolid Said 1937-yilda hibsga olingan va oʻsha yilning 12-oktyabr kuni otib oʻldirilgan. Stalinning oʻlimidan keyin Xolid Saidning rafiqasi Roza xonim 1955-yil 16-aprel kuni huquq-tartibot idoralari rahbarlari va siyosiy arboblardan erining ishini qayta koʻrib chiqish kerakligini soʻraydi. Xolid Said SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasining 1957-yil 16-may kuni chiqargan qaroriga koʻra toʻliq oqlangan.

@Sahifa13

Оставьте комментарий