Aziz Said

DO`STLARGA ULASHING:

Aziz Said

Asli Buxorolik Aziz Saidov 1961-yil 25-sentyabrda Dushanbe shahrida tug’ilgan. Bir qancha ijodiy faoliyatlaridan keyin, (https://telegra.ph/Faoliyati-03-23) ayni paytda «Sharq yulduzi» jurnali bosh muharriri oʻrinbosari lavozimida ishlab kelmoqdalar.

Aziz Saidning «Chiltor», «Dili qani Bedilning», «Fursat darvozasi», «Vaqt manzili» kabi she’riy to’plamlari, «G’oyibdan doʻst bilan suhbatlar» adabiy-tanqidiy maqolalar to’plami nashr etilgan.

Tarjimalari:

■ Paulo Koelo «Alkimyogar» romani
■ Aleksandr Volkov «Zumrad shahar» qissasi
■ Yana Vagner «Shogird» dramasi
■ Sergey Mogilsev «Egizaklar» dramasi
■ Vitol Gombrovich «Ivonna, Burgund malikasi» dramasi

Bulardan tashqari Aziz Said bir qancha jahon adabiyoti vakillarining she’r hamda hikoyalarini ham tarjima qilgan.

«Arraning ovozi kelar ustaxonadan
Xazonlar ostiga berkinar
O‘rik danagi»

✍️ Aziz Said

Оставьте комментарий