Yigitlar va qizlar haqida qiziqarli 50 ta fakt

DO`STLARGA ULASHING:

Yigitlar va qizlar haqida qiziqarli 50 ta fakt
Biz yigitlar va qizlar haqida bir xil vaziyatlar uchun 50 ta qiziqarli va antiqa faktni toʻpladik! Ushbu faktlarni toʻplashda ular oʻrtasidagi munosabatlarning psixologik tendensiyasini hisobga oldik. Oʻylaymizki, ushbu faktlar har bir yigit va qiz uchun, albatta, qiziz boʻladi.
Yigitlar va qizlar haqida dastlabki 10 ta fakt
1. Yigitlar oʻzlarini qizlarga qaraganda aqlliroq deb oʻylashadi, qizlar ham xuddi shunday: oʻzlarini yigitlardan aqlliroq deb hisoblashadi.
2. Yigitlarga qizlarning tashabbuskorligi yoqadi, ayniqsa, tanishuv chogʻi ilk qadamni qizlar tashlasa! Qizlar esa aksincha, tashabbus koʻrsatishni yoqtirishmaydi, chunki ular ancha uyatchan.
3. Yigitlar SMS va Telegramdagi turli chatlardan koʻra telefonda gaplashishni ma’qul koʻrishadi. Qizlar esa yozishmalarni yaxshi koʻrishadi, chunki bunda ular oʻzlarini ancha xotirjam his qilishadi.
4. Yigitlar chiroyli yolgʻondan koʻra achchiq haqiqatni afzal koʻrishadi. Qizlar esa shirin yolgʻonni yaxshi koʻrishadi.
5. Agar bir nechta yigit toʻplanib qolsa, ular futbol yoki yana boshqa sport turi haqida gaplashishadi. Agar qizlar toʻplanib qolsa, ular yigitlarni muhokama qilishadi.
6. Yigitlar kamdan kam hollarda doʻstlari bilan oʻzlarining shaxsiy munosabatlari (qizlari) haqida gaplashishadi yoki bu borada bir-biridan maslahat soʻrashadi. Qizlar esa bu borada “jon-jon deb” bir-biri bilan gaplashadi.
7. Yigitlar koʻz-yosh va turli yigʻi-sigʻilarni yoqtirishmaydi. Qizlar esa sabab boʻldi deguncha oʻngga va chapga qarab yigʻlayverishadi.
8. Yigitlar doʻkon yoki bozorda uzoq aylanib yurishni yoqtirishmaydi, aniqrogʻi ular jozibador kiyimlardan koʻra bitta kamtaronasi tanlashadi va shuni sotib olishadi. Qizlar xaridni amalga oshirish uchun soatlab aylanib yurishi va hech narsa xarid qilmasligi yoki aksincha, “kiyishga hech narsam yoʻq” deb, hamma narsani sotib olishlari mumkin.
9. Yigitlar oila qurmasdan ham sevish mumkin deb hisoblashadi, qizlar esa buning aksini aytishadi.
10. Yigitlar yoshligida qiziqqon boʻlib, yoshi oʻtgan sayin ancha bosiqlashib borishadi, qizlar esa yoshligida uyatchan boʻlib, yoshi oʻtgan sayin haqiqiy “Anakondaga” aylanishadi!
Oʻzaro munosabatlar haqida ikkinchi 10 ta fakt
1. Agar yigitlar ovqat pishirsa, bu qandaydir bayramni anglatadi, agar qizlar ovqat pishirsa, bilingki, bu haftaning oddiy kuni.
2. Yigitlar “Siz bilan jiddiy gaplashib olishimiz kerak” degan gapni umuman yoqtirishmaydi. Qizlar esa aksincha, bu gapni xuddi turmush qurish taklifidek qabul qilishadi.
3. Yigitlar bitta ishni soatlab qilishi mumkin. Qizlar uchun bitta ishni soatlab qilish juda zerikarli, ular bir vaqtning oʻzida 10 ta ishni baravar amalga oshirishlari mumkin: pardoz qilish, dugonasi bilan telefonda gaplashish, kechki ovqatni pishirish, kir yuvish va hokaza ishlar!
4. Agar yigitlar qimmatbaho sovgʻa bersa, bu ular hali uylanishga tayyor, degani emas. Agar qizlar tomonidan shunday sovgʻa berilsa, bu — oʻsha qiz yigitga turmushga chiqishga roziligini bildiradi.
5. Yigitlar oʻz qizi bilan orani ochiq qilsa, uning raqamini (sobiq qizining) kontaktdan oʻchirishni unutishadi. Qizlarda buning umuman teskarisi, ular xayrlashuvning birinchi soniyalaridan nafaqat telefon raqamlarni, balki barcha fotosuratlar, ijtimoiy tarmoqlarni ham oʻchirib yuborishadi va hattoki, oʻsha yigitning doʻstlari bilan ham aloqalarni butkul toʻxtatishadi.
6. Agar yigitlarga qaysidir qiz yoqsa, ular oʻsha qiz bilan tanishishga harakat qilishadi. Qiz bolaga qaysidir yigit yoqib qolsa, ular har tomonla oʻzlarini shu yigitga mos emasdek his qilib, bu uchun oʻzlaridan ayb qidiraveradilar va shu orqali ich-etini yeydilar.
7. Yigitlar koʻpincha oʻzlari uchun ideal qiz qanday boʻlishi haqida oʻylab yurishmaydi, ularni koʻproq qizlarning sochi yoki koʻzlari oʻziga maftun qiladi. Qizlar esa oʻz orzusidagi “shahzodani” aniq tasavvur qilishadi: hatto uchragan yigitning sochi yoki koʻzi ularning idealiga mos tushmasa, uning yonidan shunchaki oʻtib ketishadi.
8. Yigitlar uchun haqiqiy sevgi — sokinlik, ya’ni xotirjamlik. Qizlar uchun haqiqiy sevgi — doimiy shodlik va xursandchilik.
9. Yigitlar bitta kiyimda ancha vaqt bemalol yurishlari mumkin, qizlar esa aslo buni qabul qilisholmaydi, bu ularni kun sayin bezovta qiladi.
10. Agar yigitlar biror qizni yoqtirib qolishsa, uning oldida oʻzlarini sherdek tutishga harakat qiladi: yelkalarini tik tutib, harakatlarni dadil amalga oshiradilar. Xuddi shunday holatda qizlar uyalib, oʻzlarini yigitning oldida noqulay his qila boshlaydilar va birpasda qizarib ketadilar.
Sevgi bobida uchinchi 10 ta fakt
1. Yigitlar boshqalarning ishqiy munosabatlari haqida gaplashishni yoqtirishmaydi. Qizlar esa aksincha: “kim? kim bilan? qayerda uchrashdi? qachon? nimaga?” degan savollar haqida soatlab gaplashishi mumkin.
2. Yigitlar toʻygacha bir nechta qiz bilan jiddiy munosabatda boʻlishlari mumkin. Qizlarda esa koʻpincha birinchi munosabat toʻy bilan yakun topadi.
3. Odatda yigitlar “bir koʻrishda sevgi”ga ishonishmaydi, ammo qizlar hali ham bunga umid qilishadi.
4. Yigitlar uchun koʻpincha qizlarning “figurasi”dan koʻra, yuzi, chiriyi muhimroq. Qizlar uchun esa aksincha, yigitlarning kelishgan qaddi-qomati va baland boʻyi koʻproq yoqadi, ba’zan hatto yigit ular orzu qilgandek “krasavchik” boʻlmasa ham, baland boʻy va baquvvat mushaklar qizlarni oʻziga rom qilishi mumkin.
5. Yigitlar jasarot koʻrsatib “toʻydan keyingi hayot” haqida gapirishlari mumkin, qizlar esa imkon qadar bunday mavzularni orqaga surishga harakat qilishadi.
6. Yigitlar internet orqali koʻproq turli texnikalarni kuzatishadi va xarid qilishadi, qizlar esa bu borada hech kimga sir emaski, “latta-putta jinnisi”.
7. Yigitlarni asosan qanday qilib pul topish oʻylantirsa, qizlarni koʻproq pulni nimaga sarflash oʻylantiradi.
8. Yigitlar oʻzi oʻtirgan joyni (ish yoki oʻqish xonasini) qachonki qizi keladigan boʻlsa, tartibga keltiradi, qizlar esa doimo oʻzi oʻtirgan joyni ozoda saqlaydilar.
9. Yigitlar oʻzi gaplashadigan qizini nisbatan kamroq ayblashadi, qizlar esa arzimagan mayda-chuyda narsalardan ayb topib, kuniga bir necha marta arazlashga ham ulgurishadi.
10. Yigitlar orani ochiq qilgandan soʻng tezda oʻziga “boshqasini” topib olishlari mumkin, qizlar esa yillab sevgan insonini unutolmasligi va qayerda xatolikka yoʻl qoʻyganlarini uzoq vaqt “analiz” qilib yurishi mumkin.
Munosabatlar haqida toʻrtinchi 10 ta fakt
1. Yigitlar qizlarni turli gap-soʻzlar bilan “oʻrashga” harakat qilishsa, qizlar esa oʻzining “ketvorgan” koʻrinishi bilan ov qilishga odatlanishgan.
2. Agar yigit qizga qaytib qoʻngʻiroq qilmasa, 95% ehtimol bilan u oʻsha qizni unutgan boʻladi. Agar qiz vada berib, qaytib qoʻngʻiroq qilmasa, bu — oʻsha yigit qiz uchun qiziqmasligini bildiradi.
3. Yigitlarning telefonida turli programmalar ancha kam boʻladi, qizlarda esa ular bir talay, hatto qizlar turli ilovalar orqali oʻziga yigit qidirishi ham mumkin.
4. Yigitlarga “figurasi” koʻrinib turadigan, lekin yopiqroq kiyinadigan qizlar koʻproq yoqadi. Qizlar esa koʻproq ochiq-sochiq yoki kalta-kulta liboslarni xush koʻrishadi. Bu esa yigitlarni oʻziga tortishdan koʻra ularni koʻproq shubhalantirib qoʻyadi. Ularning nazarida bunday qizlar bir nechtasi bilan gaplashgandek yoki gaplashayotgandek tuyuladi.
5. Yigitlar qizlardan “kompliment” eshitishni yoqtirishadi, qizlar esa buni umuman yoqtirishmaydi, chunki ularning nazdida yigitlar faqat ularga “kompliment” qilishi kerak, deb oʻylashadi.
6. Yigitlar hatto toʻydan keyin ham zalga tez-tez chiqib turishadi. Qizlar esa koʻpincha to’ydan keyin “missiya” bajarildi deb, dam olishni ma’qul koʻrishadi.
7. Yigitlar ayoli nima uchun depilatsiya qilishini umuman tushunmaydilar, ammo koʻpchilik qizlar buni oʻz turmush oʻrtoqlarida ham sinab koʻrishga urunishadi, bu orqali ular goʻzallik uchun qanday “qurbonlik” qilayotganliklarini isbotlashga harakat qilishadi.
8. Yigitlar qizi uchun oʻz doʻstlarini “tikka chopishi” mumkin, ammo qizlar — yigiti uning qaysidir dugonasidan noroziligini bilib qolsa, oʻsha yigit bilan xayrlashishgacha borishi mumkin.
9. Agar yigitlar oʻz orzusidagi qizni topsa, boshqa doʻstlarining ishqiy munosabatlarini kuzatishni toʻxtatishadi. Qizlar esa shunday yigitni uchratib sevib qolishsa, oʻz dugonalari va tanishlari bilan koʻrinmas poygani boshlab yuborishadi: “Kim kimga nima sovgʻa qildi?”, “Kim kimga sevgi izhor qildi?”, “Kim kimning qoʻlini soʻradi?” va shunga oʻxshash hissiyotlarni his qilish hamda shunday sovgʻalarni olish xohlab, yigitiga qarab: “Lobarga yigiti “Ayfon” sovgʻa qilibdi!”, deyishadi!
10. Yigitlar qariguncha yosh bola boʻlib qolishi mumkin, qizlar esa juda tez ulgʻayib qolishadi, ayniqsa, turmushga chiqqach.
Qizlar va yigitlarning gʻalatiligi haqida beshinchi 10 ta fakt
1. Yigitlar dush qabul qilishi uchun bir dona sovun boʻlsa, kifoya! Qizlar uchun esa kamida 10 xil narsa kerak: sovun, shampun, balzam, gel, turli moylar, niqoblar va shunga oʻxshash allambalo narsalar.
2. Yigitlar oila qurish uchun oʻzlarining har xil “odatlaridan” voz kecha olishmaydi, qizlar esa orzularidagi ideal insonni uchratishsa, oʻsha inson uchun 360 gradusga oʻzgarishga tayyorlar.
3. Biror jonivor, masalan it boqadigan yigitlar uchun it ularning yaxshi doʻsti bo’lishi mumkin, lekin it yoki qizdan birini tanlash kerak boʻlsa, yigitlar, albatta, qizni tanlaydilar. Qizlar esa aksincha, oʻzining sevimli mushukchasi yoki kuchukchasini haqiqiy munosabatlardan ustun qoʻyishadi.
4. Deyarli 99% holatda arazlashib qolgan juftliklar orasida birinchi qadamni yigitlar tashlaydi, bunday holatda birinchi qadamni tashlash qizlar uchun “oʻlim bilan barobar”.
5. Yigitlar oʻzaro munosabatlarda yoqimli, chiroyli, ba’zan onalariga oʻxshash qizlarni qidirishadi, qizlar esa ertaklardagi “oʻsha mashhur” oq otli shahzodani qidirishadi.
6. Yigitlar foydali kitoblarni, qizlar esa zamanaviy kitoblarni oʻqishadi.
7. Yigitlar sevgan qizlarining ota-onasi bilan uchrashishga shoshilishmaydi, qizlar esa aksinchi, sevgan yigitining ota-onasi bilan tezroq tanishishni xohlashadi.
8. Yigitlar yolgʻiz qolganda turli “videolarni” koʻrishi mumkin, qizlar yolgʻiz qolganda qanday qilib yigitining e’tiborini tortish mumkinligi haqida videolarni koʻrishadi.
9. Qoida boʻyicha yigitlar ertalab turish uchun bitta budilnik qoʻyishlari va u jiringlashi bilan darrov turib keta olishlari mumkin. Qizlar esa ertalab turish uchun bir nechta budilnikni ketma-ket qoʻyishi, bu ham yordam bermaganidek, oʻrindan turish uchun yana 1 soat vaqt sarflashlari mumkin.
10. Yolgʻiz yigit orqasidan qizlar toʻda boʻlib ergashib yurishi uchun yoki ularni osonroq ilintirish uchun mashina sotib oladi, Yolg’iz qiz oʻzidan zoʻrroq va boyroq yigit unga yaqinlasha olishi uchun mashina sotib oladi.
Agar yuqorida sanab oʻtilgan faktlardan birortasi sizga mos kelmagan boʻlsa, unda sizni xursand qilishga shoshilamiz, chunki ushbu faktlar koʻplab talaba yoshlar oʻrtasidagi soʻrovnoma asosida shakllantirildi va ushbu faktlar yakka bir shaxs haqida emas, balki doimiy uchraydigan umumiy holatlar haqida.

Оставьте комментарий