Yulduz Turdiyeva — Ketaver yorim

DO`STLARGA ULASHING:

Yulduz Turdiyeva — Ketaver yorim 

Ketsang ketaver, yorim,
Ketsang nima parvoyim?
Bu jonim omon bo`lsa,
Qaytib kelarsan, yorim.

Yorim “ketoman” deydi,
Ketkazgani qo`ymayman. (x2)
Yo`llariga chim bosib-ey,
O`tkazgani qo`ymayman.

Samarqandning soyiga
Tushdi tillo uzugim,
Samarqandning soyiga, dod,
Tushdi tillo uzugim.

Qachon kelar ekanlar-ey
Ul ko`zlari suzugim?
Qachon kelar maning, dod-ey,
Ul ko`zlari suzugim?

Ketsang ketaver, yorim-a,
Ketsang nima parvoyim?
Ooy dod-ay, ketsang ketaver, yorim-a,
Ketsang nima parvoyim?

Bu jonim omon bo`lsa-yey,
Qaytib kelar suygonim.
Bu jonim omon bo`lsa, dod,
Qaytib kelar suygonim.

Bog` oralab yuribman,
Yorimni bir ko`ray deb.
Agar yorim uchrasa,
Visolig`a to`yay deb.

Hijroningda o`ldim, yor,
Saning uchun kuydim, yor.
Kel dilimni og`ritmay,
Sani jondan suydim, yor.

Kel dilimni og`ritmay,
Sani jondan suydim, yor. {x3}

Оставьте комментарий