Zeekr 7X elektromobilini taqdim etildi

DO`STLARGA ULASHING:

Zeekr 7X elektromobilini taqdim etildi

20 sentyabr kuni Zeekr to‘liq elektrda harakatlanuvchi ilk yo‘ltanlamas modeli 7Xni taqdim etdi. Elektromobil uch xil komplektatsiyada sotuvga chiqadi:

7X RWD — 229900 yuan (32 600 dollar);
7X RWD — 249900 yuan (35 450 dollar);
7X AWD — 269900 yuan (38 250 dollar).

Zeekr 7X haqida ilk marta Chendudagi avtoko‘rgazmada ma’lum qilgandi. 20 ichida avtomobil uchun 58 429 dona oldindan buyurtma qabul qilindi.

Avtomobil o‘lchamlari — 4825/1930 /2925 mm.ni, g‘ildirak o‘qlari oralig‘i 2925 mm.ni tashkil qiladi. Avtomobilga ikki xil dvigatel o‘rnatilgan: RED (310 kVt) va ikki motorli AWD (475 kVt).

Eng oddiy komplektatsiyaga 75 kVt•slik temir-fosfat batareya o‘rnatilgan, u 605 km masofa zaxirasini ta’minlaydi. Ikkinchi komplektatsiyada 100 kVt•s batareya (780 km masofa zaxirasi) o‘rnatilgan. Ikkala g‘ildirak ham tortadigan full komplektatsiyada 100 kVt•s.lik batareya 705 km masofa zaxirasiga ega.

Elektromobildagi qiziq funksiyalardan biri — oynani sindiruvchi yashirin tugmacha. Bu funksiya favqulotda holatlarda, masalan avtomobil cho‘kayotganda asqatadi. Zeekr vakillarining aytishicha, bu funksiya avtomobilsozlikda hozircha yagona bo‘lib turibdi. Shuningdek, kompaniyaning qo‘shimcha qilishicha, ular dunyoda birinchi bo‘lib bolalar uchun xavfsizlik yostiqchasiga ega aqlli o‘rindiq ham ishlab chiqqan.

Оставьте комментарий