😊 Pulli Gap O’zbekistonda 1-oktabrdan kuchga kiradigan shu va boshqa qonunchilik o‘zgarishlarni bir yerga jamladi.
1️⃣O’qituvchilar uchun mukofot puli oshadi
Umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlari faqat 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida (866 250 so‘m) mukofotlanadi. Ilgari o‘qituvchilar 577 500 so‘m miqdorida mukofot olishgan.
2️⃣Skuter va moped haydash uchun haydovchilik guvohnomasi majburiy bo‘ladi
Endilikda moped va skuter haydovchilari uchun yangi qoida kuchga kiradi — ularni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab etiladi. Skuter yoki mopedni ro‘yxatdan o‘tkazish narxi 3,7 BHM (1 525 400 so‘m) qilib belgilangan. O‘quv kurslari esa 2 mln so‘mgacha. Guvohnoma olish uchun davlat boji — 288 400 so‘mni tashkil qiladi. Raqam olish BHMning 1,5 baravari — 618 ming so‘m. Bunda umumiy xarajat deyarli 4,5 mln so‘mdan oshmoqda.
3️⃣ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun pensiyalar avtomatik tarzda tayinlanadi
1-oktabrdan boshlab Xalq bankida pensiyalarni naqd shaklda berishda Face-ID biometrik identifikatsiya va elektron raqamli imzolardan foydalaniladi. To‘lov oluvchilar to‘lov qaydnomalarini planshetda elektron shaklda imzolashlari mumkin bo‘ladi. Adliya vazirligi Pensiya jamg‘armasi va Xalq bankining elektron so‘roviga ko‘ra biometrik identifikatsiyalash uchun ma’lumotlarni taqdim etadi.
4️⃣Davlat xizmatchilarining xizmat safarlari uchun yagona modul yo’lga qo’yiladi
Qonunchilikka ko‘ra, davlat xizmatchilarining xorijiy va ichki xizmat safarlarini tashkil etish, hisobini yuritish va tahlilini olib borish “hrm.argos.uz” elektron tizimi tarkibidagi “Xizmat safari” yagona moduli orqali amalga oshiriladi.
5️⃣“Chiroyli” davlat raqami belgilarining auksion savdolari to‘xtatiladi
Vazirlar Mahkamasining 4 sentabrdagi qaroriga muvofiq, “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” 2025-yil 1-oktabrdan boshlab “chiroyli” davlat raqami belgilarining auksion savdolarini to‘xtatadi.
6️⃣ Aholiga naqd pul shaklida beriladigan ayrim moliyaviy yordamlar ijtimoiy karta orqali ajratiladi
Vazirlar Mahkamasining 11-mart kungi qarori bilan Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish tartibi tasdiqlangan edi. Qarorga ko‘ra, 2025 yilning 1 oktabridan jamg‘arma mablag‘lari hisobidan fuqarolarga naqd pul shaklida beriladigan mablag‘lar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi.