DO`STLARGA ULASHING:
Tushuntirish xati
Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim.
Shavkat Mirziyoyev
O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 aprelda “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida” gi 187-sonli Qarori e’lon qilindi. Shu munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmunan qayta ko`rib chiqilib, kompetensiyaviy yondashuv asosida amalga oshirilishi bеlgilandi.
Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi.
Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan“Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom” asosida tashkil etiladi.
Mazkur dastur va metodik qo’llanmayuqorida nomlari keltirilgan ta’limga oid huquqiy va me’yoriy hujjatlarga, shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning uzluksizligi va izchilligiga, zamonaviy metodologiyalarga asoslangan.
Dasturning maqsadi — tarbiyaviy soatlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, zamon talablariga javob beruvchi, ma’naviy barkamol, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslarni tarbiyalashdan iborat.
Tarbiyaviy soat dasturining vazifalari:
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashdan iborat.
Bugungi kunda axborot oqimining tezligi natijasida hayotimizga ommaviy madaniyatni salbiy ta’sirlari ham sezilmoqda. Bu masalani o’quvchilarning ijtimoiy hayotlari misolida ko‘rishimiz mumkin. Ba’zida ota-onalar tomonidan bolalarning beodobligi, o‘z fikrini og‘zaki yoki yozma tarzda aniq ifodalay olmasligi, mas’uliyatning yetishmasligi, atrofidagilar bilan kelisha olmasligi, o‘ziga tegishli bo‘lgan mablag‘largni to‘g‘ri taqsimlay olmasligi haqidagi fikrlarni eshitib qolamiz. SHuning uchun ham dasturni ishlab chiqishda xaqlaro va milliy tajribaga asoslanilganligini alohida ta’kidlab o‘tish joizdir.
“Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom”ga asosan“Sinf rahbari — Ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bo`lib, o`ziga biriktirilgan sinf o`quvchilarining amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi.”SHu nuqtai nazardan olib qaraganda bugungi kunda ta’lim muassasalari sinf rahbarlari faoliyatida quyidagilarga o‘xshash muammolar ko‘zga tashlanmoqda:
− Ayrim sinf rahbarlari tomonidan o‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida o‘z oldilariga qo‘ygan maqsad va vazifalarining to‘g‘ri tashkil etilmaganligi;
− Tarbiyaviy soatlarning aniq o‘quv-mavzu reja asosida tashkil etilmayotganligi;
− Ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid qonunlar va qonunosti hujjatlarning ko‘pchiligidan o‘qituvchi va sinf rahbarlarining yetarli darajada xabardor emasligi;
− Ba’zi sinflardagi muhitning qoniqarli emasligi, ahil va mustahkam jamoaning shakllanmaganligi;
− Ayrim ta’lim muassasalarida davomatning pastligi, muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilar mavjudligi;
− Ba’zi sinflardagi o‘quvchilarda kundalik daftarlarining mavjud emasligi, borlarining ham sinf rahbari tomonidan nazorat qilinmaganligi;
− Ayrim o‘quvchilarning darslarga tayyorgarliksiz, hatto darsliklarsiz ishtirok etishlari;
− O‘quvchilar internet va mobil telefon qaramligining jismoniy va ruhiy xatarlari haqida yetarli tushunchalarga ega emasliklari;
− Voyaga yetmaganlar o‘rtasida turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolish, jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining uchrayotganligi;
− O‘quvchi tarbiyasida muhim o‘rin tutadigan kompetensiyalarga erishilmaganligi;
− Ba’zi o‘qituvchi va tarbiyachilarimizda kasbiy kompetensiyalar yetishmasligi;
− Tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligining pastligi;
− Ota-onalar bilan samarali muloqotning yo‘lga qo‘yilmaganligi;
− Huquqbuzarlik, mobil telefon va internet qaramligi, narkomaniya, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishga qarshi kurash hamda oldini olish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilmaganligi.
SHu o‘rinda masalaning muhim bir jihatiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Bugungi kunda umumta’lim maktablarida tarbiyaviy soatlar amalda qanday tashkil qilinmoqda?
− Bugungi kundagi aksariyat hollarda tarbiyaviy soatlar quruq gaplardan iborat bo‘lib, tarbiyaviy soat mavzularidan chetga chiqib ketiladi;
− Qaysidir o‘quvchining xulqi muhokamaga qo‘yiladi;
− O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari va davomatlari muhokama qilinadi;
− Qandaydir tadbirlarga tayyorgarlik va sinf muammolarini hal etish kabi masalalar xususida so‘z boradi.
Tarbiyaviy soatlar qanday bo‘lishi kerak?
− Ta’lim jarayoni alohida, mustaqil darslardan tashkil topgani kabi tarbiyaviy soatlar ham yaxlit tarbiyaviy usullar, ta’sirchan vositalar yordamida amalga oshiriladi.
− Sinf rahbari ushbu tadbirlarni o‘tkazishga doir aniq ish rejasiga ega bo‘lishlari lozim.
Bugungi shiddatli davr barchamizdan axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish lozimligini talab etmoqda. Ma’naviyat yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo‘la olmaydi. SHuning uchun ham sinf rahbarlari va butun o‘qituvchilar jamoasi oldida o‘quvchilarga milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa turadi. Hozirgi globallashuv jarayonlari kuchaygan, turli g‘oyalar o‘rtasidagi kurash keskinlashgan, “ommaviy madaniyat” xurujlari butun dunyoga tarqalib borayotgan, internet tarmog‘i orqali uzatilayotgan buzg‘unchi axborotlar inson qalbi va ongini o‘ziga qaram qilishga urinayotgan tahlikali zamonda kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash davlat siyosati darajasidagi masalaga aylangan. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Inson shaxsining kamol topishi esa juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, internet, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun ham barcha sinf rahbarlari o‘z tarbiyaviy faoliyatlarida ana shu mezonlarni hisobga olishlari shart. Tarbiyaviy soatlar o‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalarni amaliyotga tadbiq etish maydoni hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan tarbiyaviy soatlar o‘quvchilarda fanlar orqali shakllangan tayanch kompetensiyalarni ijtimoiy hayotda tadbiq eta olishlari uchun imkoniyat yaratib beradi. O‘quvchilarda hulq-odob madaniyatiga rioya qilish, fikrini erkin ifodalash, notiqlik qobiliyatini yuksaltirish, axborotlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish, shu bilan birga bu boradagi xalqaro hamda milliy qonunchilik qoidalariga rioya qilishni tarbiyalash tarbiyaviy soatlarning asosiy maqsadlaridan birdir. SHuningdek, tarbiyaviy soatlar orqali o‘quvchilarda to‘g‘ri kasb tanlash, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, bo‘sh vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, o‘z iqtidorini rivojlantirish uchun turli to‘garaklarni to‘g‘ri tanlash, tayyor ish joylarida ishlash emas, balki o‘zi ish joylarni yaratishi kabi qobiliyatlar shakllantiriladi. Tarbiyaviy soat dasturlari oddiydan murakkablikka tamoyili asosida shakllantirilgan bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Vatanparvarlik; axloqiy, huquqiy, jismoniy, gigienik, ekologik hamda estetik tarbiya shuningdek, o‘quvchilarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltiradi. Tarbiyaviy soatlarning mazkur yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularda yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.
Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
SHuningdek, mazkur kompetensiyalar har bir tarbiyaviy soatning mazmunidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Umumta’lim maktablarining 1-9-sinf o‘quvchilari uchun tuzilgan “Tarbiyaviy soatlar uchun namunaviy mavzular rejasi” mazmunan tarbiyaviy-axloqiy hislatlarni shakllantirish bilan bir qatorda yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari va muhim tarixiy sanalar asosida tuzildi. Bundan tashqari mazkur rejada fan oyliklari davomida o‘quvchilar uchun tarbiyaviy dars soatlarini o‘tishda nimalarga e’tibor berish kerakligi e’tiborga olingan.
Mazkur dastur va qo‘llanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy yordam sifatida Respublika Ta’lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida “Tarbiyaviy soat”larning mashg‘ulot ishlanmalari tavsiya etiladi.
“Tarbiyaviy soat”lar rejasidagi 8 soatlik “Yo‘l harakati qoidalari”ga doir mavzular dasturi va dars ishlanmalari mazkur qo‘llanmada aks ettirilmagan.
Umumta’lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan “Tarbiyaviy soat” mashg‘ulot ishlanmalarida mazmunan o‘quvchilarda tarbiyaviy-axloqiy xislatlarni shakllantirish va mustahkamlash maqsadida donolar hikmatlariga va milliy qadriyatlarimizga hurmat, vatanparvarlik, insonparvarlik, jismoniy tarbiya, shaxsiy gigiyena, ozodalik, kiyinish odobi, bola huquqlari, tabiatni asrash, iqtisodiy tarbiya, salomlashish va muomala odobi, kitobni sevish kabilar bilan bir qatorda yurtimizda o’tkaziladigan umumxalq bayramlari va muhim sanalarni nishonlashda nimalarga e’tibor berish lozimligi to‘g‘risida tavsiyalar berilgan.
Tarbiyaviy soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin:
Kun shiori:
-
Kirish;
-
Asosiy qism: hikoya, suhbat,ma’ruza, guruhlarda ishlash;
-
Yakuniy qism.
Tarbiyaviy soatlarda foydalahish uchunmavzuga doir adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil etiladi. Jarayonni ochiq muloqot, davra suhbati, bahs-munozara, treninglar va boshqa har xil noan’anaviy tarzda tashkil etish mumkin.
(Izoh: Taqdim etilayotgan tarbiyaviy soatlar dasturiga Umumta’lim maktablarining sinf rahbarlari metod kengashi qaroriga ko‘ra 15 % gacha o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
“TASDIQLAYMAN”
____-maktab rahbari:
________ _________________
11—sinf
№ |
O‘tiladigan mavzular |
Soat |
1 |
Biz tanlagan yo‘l. O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti. |
2 |
2 |
Nаmunаli хulq vа оdоb – komil inson fazilati. |
1 |
3 |
Yoshlar va jinoyatchilik. |
1 |
4 |
“Dehqon boy bo‘lsa xalq boy bo‘ladi”. |
1 |
5 |
Ustoz otangdek ulug‘. |
1 |
6 |
Ona tili – qalb ko‘zgusi. |
1 |
7 |
Yoshlar orasida jinoyatchilikka qarshi kurash jamiyat tinchligining omili. |
1 |
8 |
Jamoat joylarida o‘zini tutish odobi. |
1 |
9 |
Salomatlik tuman boylik. |
1 |
10 |
Til bilgan el biladi (Rus tili fani oyligi doirasida). |
1 |
11 |
Befarqlik va loqaydlik. |
1 |
12 |
Vatan oldidagi burch va mas’uliyat hissi. |
1 |
13 |
Qonun – ustuvorligi jamiyat farovonligining garovi. |
1 |
14 |
Terrorizm, ekstremizm va axborot tahdidlariga qarshi kurash. |
1 |
15 |
Eng buyuk jasorat. |
1 |
16 |
Mening kelajakdan maqsadim! |
1 |
17 |
Xalq tinchligi uchun barcha mas’ul. |
1 |
18 |
Din va axborot iste’moli madaniyati. |
1 |
19 |
Korrupsiyasiz – jamiyat quramiz. |
2 |
20 |
Buyuk qadriyatlar yaxshilikka yetaklar. |
1 |
21 |
Kiber makon va biz. |
1 |
22 |
Axborot asri tahlikalari. |
1 |
23 |
Ayolga ehtirom! |
1 |
24 |
Jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi illatlarga qarshi kurash. |
1 |
25 |
Milliy urf-odat va an’analar. |
1 |
26 |
Amir Temur va jahon madaniyati. |
1 |
27 |
Inson qalbiga yo‘l. |
1 |
28 |
Kompyuter o‘yinlari manqurtlik vositasi. |
1 |
29 |
Oila-muqaddas dargoh! |
1 |
30 |
Mardlik va jasorat. |
1 |
31 |
Vaqt qadri. |
1 |
32 |
Men sevib o‘qigan kitob. |
1 |
33 |
Men tanlagan kasb. |
1 |
Jami: |
34 soat |
Sana:_________________________
-
Biz tanlagan yo’l. O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: o`quvchilarga mustaqillik bayrami va uning mazmun mohiyatiga oid bilimlar berish.
Tarbiyaviy maqsad: Yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg`ularini o`stirish. Mustaqillik, erkinlik, O`zbekiston muqaddas makon, Vatanga hurmat, qadriyatlarni ulug`lash, o`zlikni anglash tuyqularini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi ta’lim: O`quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoqarashlarini o`stirish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Darsning turi: Aralash.
Darsning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.
Darsning jihozi:
Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, «Vatan tuyqusi» darsligi, Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» kitobi, tarqatma materiallar, slaydlar.
Texnik jihoz: Diaproektor, ekran. «Vatan tuyqusi», «Milliy istiqlol g`oyasi va ma’naviyat asoslari» fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo`lganlaridan foydalanish.
Darsning texnik chizma:
Tashkiliy qism 5 daqiqa
O`quvchilarni faollashtirish uchun savollar 10 daqiqa
O`quvchilarning fikrlarini umumlashtirish 15 daqiqa
O`quvchilarni rag`batlantirish 5 daqiqa
Uyga vazifa 5 daqiqa
Qo`shimcha vaqt 5 daqiqa
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism:
-
O`quvchilarni faollashtirish uchun savollar.
1-savol. Ushbu rasmlardan foydalanib, mustaqillik so`ziga izoh berishga harakat qiling (1-rasm, O`zbekistonda ishlab chiqilgan mahsulotlar, maktab va kollej o`quvchilari, ekin maydonlari, tarixiy obidalar, bayram tantanalarining rasmi)
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Mustaqillik — bizga nafaqat iqtisodiy imkoniyatlar, balki ma’naviy tiklanish imkoniyatini ham berdi. Biz mustaqil davlat sifatida o`zimizning ichki va tashqi siyosatimizni belgilab oldik. Mustaqillik tufayli unutilayotgan qadriyatlarimiz tiklandi, sayqal topdi.
Mustaqillik bu eng avvalo huquqdir. Ya’ni ushbu so`zning zamirida katta va ulug` huquqga ega bo`lish degan tushuncha mujassam.
2-savol. «Shu aziz Vatan — barchamizniki» deganda nimani tushunasiz?
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Biz mehr va muhabbatni, sadoqat va fidoiylikni munis onalarimizdan, bebaho Vatanimizdan olamiz.
Shu aziz Vatan — barchamizniki. Uning baxtu saodati, yorug` istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo`lsa, jonini fido qilish shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir.
3-savol. Nima uchun «Tinchlik uchun kurashmoq kerak» deyiladi? Hech o`ylab ko`rganmisiz?
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Biz uchun, yurtimiz uchun tinchlik va osoyishtalik hamma narsadan qadrli, tinchlik uchun kurashish, bu hayotni o`zimiz himoya qilishimiz kerak. Himoya degani — avvalo, ogoh bo`lish degani. Hushyorlik ogoh bo`lib yashash — bu kundalik yoki bir oylik mavsumiy masala emas, balki, kundalik ish, kundalik harakat bo`lishi lozim.
Tinchlik, barqarorlik, hamkorlik — O`zbekiston davlatining uchta ustunidir.
4-savol. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar kim uchun qilinayapti?
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Jamiyatning haqiqiy boyligi — bu inson, inson avlodidir. Jamiyatda har qanday yangilanish, har qanday o`zgarish avvalo inson uchun, uning qayotini farovon etish uchun amalga oshirilmoqda.
Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash — barcha islohot va o`zgarishlarning bosh maqsadidir.
Islohot islohot uchun emas, eng avvalo inson manfatlarini ta’minlash uchundir. Davlat manfaati emas, avvalo, inson, uning hayoti, huquq va erkinligi eng yuksak qadriyat va boylikdir.
5-savol: Davlatimiz tomonidan yoshlar uchun qanday imkoniyatlar yaratilmoqda? Siz yashayotgan manzilda yoshlarning o`z iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun qanday sharoitlar mavjud? Siz undan qanday foydalanmoqdasiz?
O`qituvchi o`quvchilarning javoblarini birma-bir umumlashtirib boradi.
6-savol. Biz kimmiz, qanday buyuk zotlarning avlodimiz?
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi. Har qaysi inson o`zicha takrorlanmas bir dunyodir. Inson hayoti abadiy emas, lekin xotira mangu, xotira boqiy.
Ne-ne bahodirlarning yelkasini yerga tekkizgan afsonaviy Alpomish, zabardast Farhod haqidagi rivoyatu dostonlar shunchaki afsona emas, xalq ruhining, xalq mardligining timsolidir.
Bizning qonimizda ming yillik Sharq tafakkurining bedor ruhi gupurlab turibdi.
Biz Beruniylarga, Amir Temur, Mirzo Uluqbek, Mirzo Boburlarga vorismiz.
Inson o`z taqdirini asragan taqdirdagina tabiatni, qayot davomiyligin asragan bo`ladi.
7- savol. «Vatanimiz taqdiri, ertangi kuni yoshlarimizga bog`liq» deganda nima nazarda tutiladi?
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Yoshlarning ma’naviy uyg`oqligi millatni g`aflatdan asraydigan asosiy omillardan biridir.
O`qituvchi butun bir dars davomida o`quvchilarning savollarga bergan javoblarini umumlashtirib darsga xulosa yasaydi:
Vatanga bo`lgan mehru muhabbat har qanday muammoni yechishga, har qanday yovuz kuchni yengishga qodir.
Tomirida milliy g`urur, Vatan ishqi jo`sh urmagan odamdan jasorat kutib bo`lmaydi.
Aziz o`quvchilar! O`z aqli zakovatingiz, bilim va tafakkuringiz, kuch-g`ayratingizga, tog`dek tayanchingiz Vataningizga suyanib, marrani katta oling. Marrani doimo baland olib yashang, ertangi kun bizniki, sizdek shijoatli yoshlarimizniki!
Shuni unutmangki, kelgusida erishadigan har bir g`alabangiz-yurtmiz g`alabasi O`zbekiston g`alabasidir!
Dars davomida o`qituvchi javob bergan o`quvchilarni fikrlarini ochiqdan-ochiq tanqid qilmagan holda, to`qri yo`naltirib, rag`batlantirib borishi shart.
Ushbu darslar oddiy ma’ruzavozlikdan iborat bo`lmasligi, berilayotgan topshiriqlarni ko`proq amaliy tomonlariga e’tibor qaratilishi lozim.
Uyga vazifa sifatida sinflarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda «O`zbekiston mening Vatanim, baxtu iqbolim makoni» mavzusida erkin fikrlarini daftarlariga tushurib kelishlarini berish, yoki yuqori sinf o`quvchilariga bugungi kundagi ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning yoshlar hayotidagi o`rni haqida mustaqil ish yozishlarini taklif qilish mumkin.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
2-Mavzu:“Nаmunаli хulq vа оdоb – komil insоn fazilati”
Kun shiori: “Adabiyotga e’tibor-kelajakka, ma’naviyatga e’tibor”
Islom Karimov
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oylikda faol bo`lishga undash, ona tili millat tili ekanligini hech qachon unutmasligi lozim ekanligini ular ongiga singdirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Ba’zi bir so`zda sehr bordir” (Hadis)
O`qituvchi:
Insoniyat odobining va odamiylik asosining ulug` qasri ustunlaridan biri so`zlash va nutqning qimmatbaho gavharini muloyimlik va odob parmasi bilan teshmoqdir. Axloq arkining yuqorisida o`tiruvchilarning aytishicha, insonning kamolati va bilimning baland martabalaridan biri chiroyli gapirish va chiroyli so`zlash bo`lib, bu bog`ning guli aql bahoristonining nasimi bilan ochiladi va saodatning yorqin javohir dasturxonini aql savdogarigina yoza oladi. Yoqimli va qimmatbaho so`zlari donolik va iqbol arbobining toji bo`lgan yunon hakimlarining aytishlaricha, til har bir aql sohibi fazilati xazinasining kalitidir va har kimsaning bilimi miqdori uning so`zlari orqali ma’lum bo`ladi:
Har kishi gapirmay turgani zamon,
Ayb ila hunari bo`ladi nihon!
Barxurdor ibn Mahmud
Behruz Boqliy shunday degan edi: “Dunyoda menga ikki narsa xushdir: biri dilga yoqadigan so`z, ikkinchisi so`z yoqtiradigan dil. Shodon ko`ngilli kishi shunday kishiki, uning dili so`zdan fayz topa oladi. Yoqimli so`z shunday so`zki, u kishining diliga shodlik yetkiza oladi!” Bayt:
Jonu tanning quvvati yoqimli shirin so`zdir,
Masihning nafasidan guvohlik berar elga!
Abulbarakot Qodiriy
Mashriqzamin – Hikmat Bo`stoni
“So`z izlash, so`z o`ylash, so`zga rang-tus berish, uni chiroyli ijroda taqdim etishga urinish, ko`zlarni, quloqlarni o`zingga mubtalo qilish uchun jon teriga tushib jang qilish, bu degani – so`zda o`lib, so`zda tirilish mening hayot tarzimga aylandi”
Tursunoy Sodiqova
Agar 1897 yilda mamlakatimiz hududida 70 millat va elat vakillari yashagan bo`lsa, 1926 yilda ularning soni 91 taga, 1959 yilda 113 taga, 1979 yilda esa 123 taga yetdi. Hozirgi kunga kelib, ularning soni 130 dan ziyod bo`lib, O`zbekiston aholisi tarkibidagi ulushi 20 foizni tashkil etadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar institute tomonidan o`tkazilgan so`rovnoma natijalari tahlil qilinganda, boshqa millat vakillari, ya’ni slavyan diasporasi (ruslar, ukrainlar, beloruslar) ning – 38,6 foizi, Volgabo`yi xalqlarining (tatarlar, boshqirdlar, chuvashlar) ning – 72,5 foizi, Markaziy Osiyo xalqlari (qozoqlar, tojiklar, qirg`izlar, turkmanlar) ning – 78,2 foizi O`zbekistonni o`zlarining ona Vatani deb hisoblaydilar. Bu boshqa millat vakillarining O`zbekistonni o`z ona yurtidek e’zozlashi hamda uning tiliga bo`lgan munosabat hurmat va ehtirom darajasiga ko`tarilganligidan dalolat beradi.
Hozirgi paytda ko`pmillatli respublikamizda 27 millat vakillari tomonidan tuzilgan 150 ga yaqin milliy madaniy markaz Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan “Turkiston- umumiy uyimiz” g`oyasi asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan 14 ta milliy-madaniy markaz respublika maqomiga ega.
Topshiriq: “Til dil ko`zgusi”, “Til fikr libosi”, “Til achchiq ham shirin” so`zlarini sharhlash.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
4-Mavzu: “Dehqon boy bo’lsa xalq boy bo’ladi”.
Kun shiori: “Tabiatni asragan odam – o`zini, oilasini va yurtini asragan bo`ladi”.
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ona-yurtimiz O`zbekistonimizni asrab-avaylashni, tabiatga bo`lgan mehrimizni yanada rivojlantirish lozim ekanligini uqtirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar, bayromona holat.
Doskada: “ Insonni ona dunyoga keltirib tarbiyalasa, tabiat-voyaga yetkazadi”.
O`qituvchi:
Inson tabiatga, o`zini o`rab olgan muhitga nisbatan o`z munosabatini o`zgartirishi, tabiat qonunlarini bilishi, organishi va ular asosida hayotini rivojlantirishi shart. Tabiat qonunlariga mos keladigan hayot yo`llarini ishlab chiqish kerak. Aks holda inson va jamiyat katta tabiiy ofatlarning kelib chiqishiga sababchi bo`ladi va shu ofatlardan halok bo`ladi.
Bir necha million yillar davomida bunyod bo`lgan koinotning tabiiy ko`rinishi keyingi 10-15 yil ichida juda og`ir holatga tushdi.
Havo buzildi, ifloslandi. Jumladan, tuproq zaharli moddalar bois “jarohatlandi”, suvlar turli moddalar bilan ifloslandi va hokazo. Bu holatlar inson salomatligiga salbiy ta’sir qila boshladi.
Inson onadan tug`ilib, dunyoga kelgan chog`idanoq, tabiat ehsonidan bahramand bo`ladi. Ilk bor havodan to`yib nafas oladi. Odamzod o`sib-unishi uchun oziq-ovqat,suv, quyosh harorati juda zarur bo`lib, u bularning hammasini tabiatdan oladi. Insonni ona dunyoga keltirib tarbiyalasa, tabiat-voyaga yetkazadi. Shuning uchun uni “Ona-tabiat” deb atashadi. Odamzodning sog`lom bo`lishi uni o`rab olgan atrof-muhitga, tabiatga bog`liq. Tabiat musaffo bo`lsa, odam ham sog`lom, baquvvat bo`ladi.
Topshiriq: Sog`lom hayot sari ,tabiatni asraymiz!
Eslatma: Aylana, yoki to`rtburchak, uchburchak ichiga savol yoziladi, guruhlardan chiqqan o`quvchilar birin-ketin savolga javob beradi, javob berolmagan yo`lda qoladi, javob beradigan o`quvchi marra tomon ketaveradi. (savol – tabiat haqida ko`p javob bergan o`quvchi marra g`olibi bo`ladi)
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
5-Mavzu:“Ustoz otangdek ulug‘
Kun shiori:
Haq yo`lida kim senga bir harf o`qitmish ranj ila.
Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuz tanj ila.
Alisher Navoiy
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ustozlarga bo`lgan chuqur hurmatni ular ongiga singdirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Har bir inson ham, u kelajakda qaysi kasbda ishlamasin, ilk bor maktabga qadam qo`ygan damlarini, qo`liga birinchi bor qalam tutqazgan muallimini faxr bilan eslab yuradi”
Abdulla Oripov
O`qituvchi:
O`qituvchi:
Bir umr sizga ta’zimdamiz, aziz ustozlar!
Doim e’zozdasiz, qalbi daryolar,
Ziyo tarqatasiz, har on, har soniyada,
Hech charchamang, aziz muallimlar!
Respublikamizda ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda juda ko`plab ta’lim fidoyilari jonbozlik qilib kelmoqda. Bizning maqsadimiz esa mana shunday fidoyilarni keng ommaga tanishtirish ularning ishlarini yoshlarimizga ibrat qilib ko’rsatish.
„Har kuni, har soatda fidoiy bo’lish, o`zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish-haqiqiy qahramonlik aslida mana shu“.
(Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch)
O`qituvchilik kasbi ana shunday haqiqiy qahramonlikni taqazo etadi. Biz sizni Respublikamizda faoliyat olib borayotgan o`z fanining qahramonlari bilan tanishtiramiz.
Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas`uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o`rnimizga keladigan yoshlarning ma`naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o`zimizga yaxshi tasavvur qilamiz.
Bu yorug` olamda har bir odam o`zining mehribon ota-onasiga, ustoz va muallimlarga nisbatan hamisha minnatdorlik tuyg`usi bilan yashaydi. Inson o`z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta`lim-tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo`lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, ma`rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug`i maktab bo`lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o`qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o`ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo`lamiz.
Biz yurtimizda 1 oktabr sanasini O`qituvchilar va murabbiylar kuni sifatida umumxalq bayrami deb e`lon qilganimizning chuqur ma`nosi bor, albatta.
(Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch)
Ta’lim tizimiga o`zlarining beqiyos xizmatlarini qo`shgan, maktabni ulug` dargoh deb, hisoblagan jadid bobolarimiz haqida qisqacha to`xtalib o`tish bizning muqaddas burchimiz. Har doim o`qituvchilik kasbimizda ularning ruhlari bizga madadkor bo`lsin.
Mahmudxo’ja Behbudiy –
Turkistonda jadidchilik harakati rahbarlaridan biri, yozuvchi, jurnalist va jamoat arbobi. 1874 yil 10 martda Samarqandning Baxshitepa qishlog`ida tug`ilgan. 1919 yil Qarshi shahrida Buxoro amiri tomonidan o`ldirilgan.
Behbudiy Samarqandda birinchilardan bo`lib 1904 yil usuli jadid maktabini tashkil qildi va shu maktab uchun “Muntaxabi jug`rofiyai umumiy” (“Qisqacha umumiy geografiya”), “Kitob ul-atvol” (“Bolalar uchun kitob”), “Muxtasari tarixi islom” (“Islomning qisqacha tarixi”), “Amaliyoti islom” va boshqa darsliklar, shuningdek maktab va ta’lim-tarbiya to`g`risida bir necha maqolalar yozdi. Samarqanddagi xususiy nashriyotida darsliklardan tashqari “Turkiston, Buxoro va Xiva xaritasi”ni bosib chiqardi.Gazeta va jurnallar nashr etdi. 1911 yil yozilgan “Padarkush” p’esasida u barchani ilm-ma’rifatli bo`lishga chaqirish, ilmsizlik balosini daf qilish g`oyasini ilgari surdi.
Abdurashidxonov Munavvarqori — siyosat va ma’rifat arbobi.
Turkistonda jadidchilik haralkati namoyandalaridan biri, pedagog. “Sho`roi Islom” tashkiloti (1917-18) ideologi va rahbari.1878 yil Toshkent shahrida tug`ilgan.
1929 yil nohaq millatchilikda ayblanib qamoqqa olindi va 1931 yilda otib tashlandi. Toshkentdagi Yunusxon madrasasida ta’lim olgan.1903 yildan jadid maktablari ochib, dars bergan.
Shunday maktablar uchun tovush usulida yozgan “Adibi avval” (“Birinchi adib”, 1907) alifbe kitobi, “Adibi soniy” (“Ikkinchi adib”1907) o`qish kitoblari bir necha bor nashr qilingan.
1908 yil uning “Sabzazor” (to`plam), “Yer yuzi” (geografiyadan), “Tajvid” (Qur’onni o`qish usulini o`rgatgan) kitoblari ham bosilib, yangi usuldagi maktablarda darslik sifatida qo`llangan. 1906-1917 yillarda jadid gazetalarida muharrirlik qilgan.
Abdulla Avloniy (1878-1934), shoir, dramatrug, davlat va jamoat arbobi. Mehnat Qahramoni (1925), professor (1930). Eski maktab va madrasada o`qigan (1884-1890). Toshkentda yangi usuldagi maktablar ochgan (1904); “Turon” (1913; 1914 yildan “Turkiston”) teatr truppasini, “Nashriyot” (1914), “Maktab” (1916) kitob nashr qilish shirkatlarini tashkil qildi; “Shuhrat” (1907), “Turon” (1917) gazetalarni nashr etdi. “Ishtirokiyun” gazetasining tashkilotchisi va muharriri (1918). “Kasabachilik harakati” jurnali muharriri (1921). Eski shahardagi xotin-qizlar va erlar maorif bilim yurtlarida mudir (1922-29), Maorif xodimlari eski shahar soyuzi raisi (1923), Turkfront huzuridagi milliy harbiy maktab (1924-29), O`rta Osiyo kommunistik universiteti (SAKU; 1925-29), O`rta Osiyo davlat universiteti (1930-34) o`qituvchisi. Avloniy yangi usuldagi maktablar uchun darsliklar yozgan; uning she’riy to`plamlari, dramatik asarlari nashr etilgan.
Ilm deb o`qimak, yozmakni yaxshi bilmak, har bir kerakli narsalarni o`rganmakni aytilur. Ilm-dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm inson uchun g`oyat oliy va muqaddas bir fazilatdur.Zeroki, ilm bizga o`z ahvolimizni, harakotimizni oyina kabi ko`rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o`tkir qilur. Savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayurub berur, tog`ri yo`lga rahnamolik qilub, dunyo va oxiratda mas’ud (baxtli, saodatli) bo`lishimizga sabab bo`lur degan edi buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy. Abdulla Avloniy ilm nimalarga qodir ekanligini bizga anglatganiday, Sergeli tumandagi 300-maktabning fizika fani oliy toifali o`qituvchisi Shodiyeva Maqsuda, kimyo fani birinchi toifali o`qituvchisi Rizayeva Shoxista, boshlang`ich ta’lim o`qituvchilari Karimova Oysuluv va Xolboyeva Marhabo kabi pedagog kadrlarimiz ham shunday ilmning qadriga yetib, barkamol avlodni tarbiyalashda jonbozlik ko`rsatmoqdalar.
Respublikamizdagi jamiki, barcha o`qituvchi va murabbiylarga sog`lik, kuch-quvvat va kelajagimiz bo`lgan yoshlarni tarbiyalashda ulkan omadlar tilab qolamiz.
Topshiriq: O`qituvchilarni madh etuvchi dil izhorlari va she’rlardan shogirdlarining kalomi.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
6-Mavzu: “Ona tili – qalb ko’zgusi”.
Kun shiori: “Til – millat ko`zgusi”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, tilga e’tiborni kuchaytirish, fan oyligida munosib ishtirok etishlikni uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Adabiyot yashasa – millat yashaydi”
Cho`lpon
O`qituvchi:
Insonni, uning ma`naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo`lsa, so`z san`ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari, deb ta`riflanishi bejiz emas, albatta.
Uzoq yillar davomida o`zbek adabiyotini to`g`ridan-to`g`ri ona tilimizdan tarjima qilib kelgan chet ellik tarjimonlar bilan birga, mamlakatimiz oliy o`quv yurtlarida ta`lim olayotgan iste`dodli o`g`il-qizlarimizni mana shu mashaqqatli, ayni paytda olijanob ishga jalb etish, bu masalaning yechimi bilan bevosita bog`liq bo`lgan tashkiliy-amaliy vazifalarni hal qilishimiz maqsadga muvofiq bo`lur edi.
Agar biz O`zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug` kelajagini ulug`lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo`lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak. Nega deganda, ulug` adib Cho`lpon aytganidek, adabiyot yashasa — millat yashaydi.
(Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch)
Topshiriq: “Men biladigan shoir va yozuvchilar” mashqi.
Shoirlar |
Yozuvchilar |
|
|
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
9-Mavzu: Salomatlik tuman boylik.
Tadqiqotlarga ko‘ra, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ma’rifatparvar ajdodlarimiz yaratgan pedagogik asarlarning aksariyatida bolani jismoniy jihatdan sog‘lom etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilgan.
Jumladan, bu borada Abdurauf Fitratning ijtimoiy tarbiya negizida jismoniy tarbiyani tashkil etish, shaxsni salomat va baquvvat etib tarbiyalash masalalariga oid qarashlari diqqatga molikdir. Uning «Rahbari najot» asarining «Bola tarbiyasi» nomli bobida shunday deyiladi: «Badan tarbiyasiga qadim zamonlardan boshlab katta ahamiyat berilgan. Insonning butun a’zosi salomat va quvvatga ega bo‘lmasa, unda inson uzoq yashamaydi. Agar insonning tanasidagi a’zolaridan biriga xalal tegsa, u kishi ishdan qo‘lini tortib, boshqalarning muhtojiga aylanadi».
Hamma ham sog‘lom, tetik va baquvvat bo‘lishga, o‘z yoshligi, husni hamda ishchanlik qobiliyatini saqlashga harakat qiladi. Bunga erishishning asosiy omillaridan biri jismoniy harakat sanaladi.
Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptir ish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ayni vaqtda, mamlakatimizda jismoniy jihatdan yetuk, sog‘lom avlodni tarbiyalash borasidagi tub islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida bu yo‘nalishda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan muhim vazifalar o‘z ifodasini topgan.
ISTAK BO‘LSA KIFOYA
Albatta, barchaning ham yuqori malakali sportchi bo‘lishi, musobaqalarda qatnashib, mukofotlar olishi shart emas. Lekin, inson muntazam ravishda o‘z imkoniyatidan kelib chiqib sport bilan shug‘ullanishi, jismoniy chiniqishi koni foyda. Yoki har kuni bajarish imkoni bo‘lgan 15-20 daqiqalik ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari, 40-60 daqiqa davomida ochiq havoda piyoda yurish, tungi uyqu oldidan 20-30 daqiqalik sayr qilish ham, albatta, bunday istaklar ro‘yobiga kiradi.
Zamonaviy tibbiyot insonning jismoniy mehnatga bo‘lgan kam harakati tufayli uning salomatlik darajasining pasayishi, ichki a’zolar faoliyatining buzilishi, ishlash qobiliyatining past ko‘rsatkichi va talab darajasida bo‘lmagan jismoniy rivojlanish kabi holatlarning mavjudligini ko‘rsatmoqda. Zero, qadimgi faylasuflarning, kishini hushsizlantiruvchi va sog‘ligiga shikast yetkazuvchi narsa uzoq vaqt jismoniy harakat qilmaslikdir, degan fikrlari boisi ham shunda.
Buyuk hakim Abu Ali ibn Sinoning: «Badantarbiya — sog‘liqni saqlashda ulug‘vor usuldir», degan o‘giti har bir insonning hayotiy shioriga aylansa, kishi hech qachon kasallikka chalinmaydi.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish o‘sib kelayotgan avlodni barkamol bo‘lib voyaga yetishi, shu bilan birga, ularning bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishiga imkon beradi. Inson organizmi tashqi muhit bilan uyg‘un, bir butun holda rivojlanadi. Ushbu uyg‘unlik, shuningdek, barcha a’zolar faoliyatini markaziy asab tizimi boshqarib turadi. Doimiy, uzluksiz ravishda bajariladigan jismoniy harakat kishi sog‘ligiga yaxshi ta’sir etadi: modda almashinuvi yaxshilanadi, organizm to‘qimalari oziq moddalarni yaxshi o‘zlashtiradi, parchalangan moddalar organizmni tezroq tark etadi.
Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bilan barcha yoshdagi kishilar shug‘ullanishi mumkin. Mashg‘ulotlar uzluksiz, doimiy ravishda bajarilgandagina ijobiy natija beradi. Uzoq muddatli tanaffus esa oldingi mashg‘ulotlar ta’sirining pasayishiga olib kelishi mumkin. Demak, o‘z organizmini chiniqtirish, mehnat unumdorligini oshirish, sog‘liqni mustahkamlash asosida uzoq umr ko‘rishni istagan har bir kishi doimo jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi, shuningdek, kundalik faoliyatini muayyan tartib asosida olib borishi zarur.
Aslini olganda, harakat uchun energiya zarur, energiya esa oziq-ovqat mahsulotlari yog‘ va uglevodlarni qayta ishlash yo‘li bilan olinadi. Harakat nafas, qon tomirlari, ovqat hazm qilish, qon ishlab chiqarish tizimlarini takomillashtirishga yordam beradi.
TETIKLIK TALABI
Shu sababli, faol jismoniy harakat qiladigan kishilar ruhi yengil, tetik, quvvatga to‘lgan, dili ravshan, kayfiyati yuqori va barqaror bo‘ladi. Jismoniy mashqlarni bajarish natijasida organizmning himoya tizimi yaxshi rivojlanadi. Shu o‘rinda fiziolog-olimlar tomonidan 200 nafardan ortiq kishi ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot natijasini misol sifatida keltirish mumkin. Jismoniy mashqlar bilan doimiy ravishda va izchil shug‘ullanuvchi kishilarning his-tuyg‘ulari darajasini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan mazkur tadqiqotning ko‘rsatishicha, tajribada ishtirok etganlarning 72 foizi o‘zini juda baxtiyor deb hisoblaydi. Buning sababi sifatida ular aynan uzluksiz ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishini qayd etadi.
Bolalik, o‘smirlik davridan boshlangan chiniqish mashg‘ulotlari, ayniqsa, foydalidir. Har bir kishi o‘z organizmini mustahkam rejimga o‘rgatishi zarur. Badantarbiya, ochiq toza havoda sayr qilish, sport o‘yinlari kabi chiniqtiruvchi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish uzoq umr ko‘rish va salomatlikni ta’minlovchi omillardandir.
Bundan tashqari, bizning nisbatan issiq iqlim sharoitimizda noan’anaviy usullar bilan ham organizmni chiniqtirish maqsadga muvofiqdir. Xususan, turli xil oyoq vannalari, tuz va tosh yo‘lakchalarida yurish, shuningdek, uyqudan oldin va keyin ochiq havoda sayr qilish singari chiniqtirish usullari organizm immun tizimining faoliyatini kuchaytiradi.
Bir so‘z bilan aytganda, salomatlik odamning ruhiy sokinligi va tashqi muhitning zararli ta’sirlariga qarshi tura olish qobiliyatidir. Chiniqish esa organizmni suv, quyosh va havo ta’sirida sekin-asta moslashtira borish mexanizmi sanaladi. Sog‘lom turmush kechirish uchun, albatta, organizmni turli tabiiy muhit sharoitlarida chiniqtirish lozim. Buni, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga singdirish zarur. Zero, bolalik, o‘smirlik davridan chiniqish bir umr sog‘lom yashash, uzoq umr ko‘rish garovidir.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
10-Mavzu:“Til bilgan el biladi (Rus tili fani oyligi doirasida).
Kun shiori: “O`zbekiston kelajagi – yoshlar qo`lida”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, rus tili fan oyligida munosib ishtirok etishlikni uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “XXI asr intelluktal yoshlar asri”
O`qituvchi:
“Avvaliga biz bolalarimizga o`rgatamiz. So`ngra o`zimiz ulardan o`rganamiz. Kimki buni xohlamas ekan, o`z davridan orqada qoladi” Ya. Raynis
Darhaqiqat, bu allomaning fikrini chaqadigan bo`lsak, bugun farzandlarimiz juda ko`p tillarni bilishi, texnika asboblarini bizdan ko`ra yaxshi bilishi va biz bugun ulardan o`rganayotganimiz albatta, bu yoshlarimizning davr bilan hamnafas intelektual bilimlari kuchliligidan dalolat beradi.“Barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi bo`lib kelgan. Biroq dunyo xalqlarining barchasi ham bu haqda o`ylayvermagan. Bunday orzudagi insonlar azaliy ma’rifatga, madaniyatga mansub bo`lgan yurtlarning donishmandlari – eng mo`tabar ziyolilari, hukmdorlari hisoblanganlar. Ularning orasida O`zbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashagan bobolarimizning o`z o`rni, hurmati bor. Bu jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan haqiqatdir. Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga o`z tariximizdan juda ko`p dalillar keltirishimiz mumkin. Al-Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridagi g`oyani yodga oling. Unga ko`ra jamiyatning har bir fuqarosi – mansabi, tutgan o`rni, ya’ni kim bo`lishidan qat’iy nazar Fozil kishi. Fozil inson o`z davlatining barcha qonun-qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, fikrlaydi, o`z kasbining ustasi, lozim bo`lganda Vatani uchun jon fido qiladi. Fozillar shahri aholisi bir-biriga hurmatda bo`ladi. Ota-ona va farzand, ustozu shogird o`rtasida sharqona nazokat, mehr va ehtirom bo`ladi. Avvalo bunday fikr yuritishning o`zi bobolarning ma’naviy darajasi naqadar yuksak bo`lganligini va albatta bunday fikr aytish bu borada ko`p asrlik meroslarni o`rganish natijasida vujudga kelishini ta’kidlash joiz. Demak bizning barkamol avlod tarbiyalash haqidagi niyatimiz uchun ma’naviy asos bor. Millatimiz urf-odatlaridagi, qonidagi ma’rifat tushunchasi, ilm va bilimga intilish xislati bir necha ming yillar davomida shakllangan, sayqal topgan”.
(Barkamol avlod orzusi)
Topshiriq: “Kelajak ovozi” tanlovining vazifasi nimadan iborat? “Davra suhbati” o`tkaziladi. Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
11-Mavzu: Befarqlik va loqaydlik
Kun shiori: “O`zbekiston kelajagi – yoshlar qo`lida”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, rus tili fan oyligida munosib ishtirok etishlikni uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “XXI asr intelluktal yoshlar asri”
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Sof.uz shu haqda yozmoqda.
2016 yilning sentyabrь oyida «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Biroq, mazkur qonun talablarini amaliyotga joriy etish imkoniyatlari, shuningdek, fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyatiga doir murojaatlarini o‘rganish sohada hamon o‘z yechimini kutayotgan ko‘plab muammo va masalalar mavjudligini ko‘rsatmoqda, deyiladi yangi farmon sharhida.
O‘zbekiston Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar tahlili ichki ishlar organlari faoliyatini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish va tubdan takomillashtirish zarurligidan dalolat bermoqda.
Milliy va xorijiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, jinoyat va boshqa huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishda texnika vositalaridan foydalanish, huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs ustidan nazoratni kuchaytirish kabi an’anaviy chora-tadbirlar jinoyatchilik darajasini kamaytirishda har doim ham kutilgan natijalarni bermayapti.
Bu esa, o‘z navbatida, huquqbuzarliklar profilaktikasida yangi ish uslublarini qo‘llash, aholi va jamoatchilik bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish, ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish lozimligini ko‘rsatmoqda.
Prezidentning «Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bunday kamchiliklarni bartaraf etish va o‘z yechimini kutayotgan muammolarni hal etishga qaratilgan.
Farmonda mavjud jiddiy kamchilik va muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda salbiy oqibatlari chuqur tahlil qilingan.
Jumladan, respublika, viloyat va tuman darajasidagi bo‘linmalar o‘rtasida asosiy vazifa va funksiyalar aniq taqsimlanmagan, ichki ishlar organlarining ish hajmi tashkiliy-shtat tuzilmasiga mos kelmaydi. Buning oqibatida yuqori bo‘g‘indagi ayrim bo‘linmalar xodimlari o‘z ish faoliyatida mavjud kuch va imkoniyatlarini to‘liq ishga solmayotgan bir paytda, quyi bo‘g‘in bo‘linmalari xodimlari zimmasidagi xizmat vazifalari ularning haqiqiy imkoniyatlaridan ancha yuqoriligicha qolmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, xodimlarning o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishda mas’uliyatning susayishiga sabab bo‘lmoqda.
Ichki ishlar organlari mansabdor shaxslari, profilaktika inspektorlarining aholi bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazmayotganligi va jamoatchilik bilan hamkorlik qilmayotganligi sababli aholining muammo hamda tashvishlaridan xabardor emasligi tizimning eng asosiy vazifasi hisoblangan profilaktika ishlarida jiddiy kamchiliklarni yuzaga keltirmoqda.
Tizimda ish faoliyatining samaradorligi va mahsuldorligiga erishish, avvalambor, aholi bilan bevosita muloqot o‘rnatish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlik va hamjihatlikni yo‘lga qo‘yishni talab etadi.
Ichki ishlar organlari faoliyatidagi mavjud fuqarolar murojaatlari bilan ishlashga yetarlicha e’tibor bermaslik, befarqlik, ishga yuzaki munosabatda bo‘lish va rasmiyatchilik, aholi bilan muloqot qilish madaniyatining pastligi, afsuski achchiq haqiqatdir. Oqibatda bunday vaziyatdan norozi bo‘lgan fuqarolar yuqori tashkilotlarga shikoyat qilmoqda.
Farmonda bu kabi muammo va kamchiliklarni hal etish uchun ichki ishlar organlari tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Xususan, ichki ishlar organlarini aholiga o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatadigan ijtimoiy yo‘naltirilgan professional xizmatga aylantirish zarurligi, «Xalq manfaatlariga xizmat qilish» har bir xodimning asosiy xizmat burchi ekani qayd etildi.
Shuningdek, farmonda barcha bo‘g‘indagi xodimlarning asosiy vazifalarini oqilona taqsimlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan, aholi bilan doimiy manzilli muloqot o‘rnatish, ichki ishlar organlari rahbarlarining hokimiyat vakillik organi timsolida xalq oldida hisobot berish amaliyotini joriy qilish, ichki ishlar organlari faoliyatining moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash kabi asosiy yo‘nalishlar alohida belgilab berilgan.
Farmonda ichki ishlar organlari faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratining yangi tizimi o‘rnatilmoqda. Jumladan, Oliy Majlis Senati tomonidan bir yilda ikki marta O‘zbekiston ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hisobotini eshitish tartibi joriy etilmoqda. Xuddi shunday, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlari har chorakda tegishli ichki ishlar organlari hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari har chorakda tuman (shahar) ichki ishlar bo‘linmalari rahbarlarining hisobotini, har oyda esa uning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining hisobotini eshitadi.
Ushbu eshituvlar davomida ichki ishlar organlari mansabdor shaxslari tomonidan o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga, xususan, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi, jinoyatlarni fosh etish, jinoyatchilik holatini, huquqbuzarliklar ko‘payishiga olib keladigan sabab va shart-sharoitlarni tahlil qilishga doir ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tanqidiy muhokama qilinadi. Eshituvlar yakunlari bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligiga baho beriladi, shuningdek mansabdor shaxslarga nisbatan egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi haqida tavsiyalar qabul qilinadi.
Ichki ishlar organlari quyi bo‘g‘ini faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida farmon bilan tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i lavozimini joriy etish ko‘zda tutilmoqda. Uning zimmasiga profilaktika inspektorlari ishini, avvalambor, voyaga yetmaganlar hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ishini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish vazifasi yuklatiladi.
Shu bilan birga, farmonda tizimda qator tashkiliy o‘zgartishlar nazarda tutilgan. Ayni paytda dunyoning turli mintaqalarida xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmning yangi tahdidlari paydo bo‘layotgani jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyatni ichki ishlar organlarining birinchi darajali vazifasi sifatida yanada kuchaytirish zarurligini taqozo etmoqda. Ushbu holatlar e’tiborga olingan holda, Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi negizida Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi tashkil etilmoqda.
Jinoyatlarni tergov qilish ichki ishlar organlarining yana bir muhim vazifalaridan biridir. Shu munosabat bilan, tergov organlarining mustaqilligini ta’minlash, ularning o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Tergov bosh boshqarmasi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentiga o‘zgartirilmoqda.
Ta’kidlash o‘rinliki, kadrlar bilan ishlash, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi qoniqarli darajada emasligi ichki ishlar organlari faoliyatidagi mavjud kamchilik va muammolar sabablaridan biridir.
Tizimga bilimli, o‘z ishiga sodiq va mas’uliyat bilan yondashadigan, huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni o‘zining muqaddas burchi hamda asosiy majburiyati deb biladigan kadrlarni jalb qilishga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek kadrlar bilan ishlashning yangi tizimini yaratish maqsadida Kadrlar bosh boshqarmasi va Ichki xavfsizlik boshqarmasi tashkil etildi.
Bundan tashqari, serjantlar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari, Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti va Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabi faoliyati ham qayta ko‘rib chiqildi. Ular yangi talablar asosida faoliyat yuritadigan ichki ishlar organlari xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash va malakasini oshirish markazlari, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Harbiy-texnika va Yong‘in xavfsizligi institutlariga aylantirildi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining xalqaro aloqalari kengayib, inson huquqlarini himoya qilish sohasida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi jadal rivojlanmoqda. Biroq, bugungi kungacha vazirlikning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati bir necha bo‘linmalar tomonidan ikkinchi darajali vazifalar sifatida amalga oshirib kelingan. Shular e’tiborga olinib, farmon bilan tegishli tarkibiy bo‘limlar negizida Xalqaro hamkorlik boshqarmasi tashkil etildi.
Shuningdek, pasport tizimi talablarini amalga oshirish, xorijga chiqish, O‘zbekiston Respublikasiga kelish va bo‘lish qoidalarini bajarish ustidan nazoratni amalga oshirish masalalari bo‘yicha ham muammolar mavjud. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining aholi ko‘p murojaat qiladigan tuman (shahar) bo‘limlarida ish hajmining to‘g‘ri taqsimlanmaganligi sababli noqulayliklar va sansolarliklar yuzaga kelmoqda. Ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan isloh qilish zarurligi e’tiborga olinib, ushbu yo‘nalishda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonuni talablari yetarli darajada bajarilmayotgani ko‘p jihatdan asosiy vazifasi murojaatlar bilan ishlash hisoblangan aniq tarkibiy tuzilmaning yo‘qligi bilan bog‘liqdir. Buning oqibatida fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.
Shu munosabat bilan farmonda Ichki ishlar vazirligining Jismoniy, yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Aholi hamda jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikni ta’minlashda ichki ishlar organlari faoliyatining ochiq va oshkoraligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ichki ishlar organlari binolarining shaharlar va tuman markazlarida joylashgani olis aholi punktlarida yashayotgan fuqarolarga qator noqulayliklar tug‘dirmoqda. Shu sababli ichki ishlar organlarini aholiga yaqin bo‘lishini ta’minlash maqsadida ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)dan uzoqda joylashgan aholi punktlarida qo‘shimcha 175 ta shahar (shaharcha) ichki ishlar bo‘limlari (bo‘linmalari) va 824 ta tayanch punktlari tashkil etilmoqda.
Farmonda qayd etilgan asosiy vazifalarni bajarish bo‘yicha zarur tashkiliy va huquqiy mexanizmlarni amalga oshirish maqsadida Ichki ishlar organlari tizimini tubdan isloh qilish kompleks chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
12-Mavzu:“Vatan olidagi burch va mas’uliyat hissi.
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Davlat bayrog`ini yuksaklarga ko`tarish ularning farzandlik burchi ekanligini uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “O`zbekistonimiz bayro`i ilohim jahon uzra yuksaklarga ko`tarilaversin!”
O`qituvchi:
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i, o`z ko`rinishiga ko`ra, butun uzunligi bo`ylab o`tgan to`q moviy rang, oq rang va to`q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to`g`ri to`rtburchak shaklidagi matodir. Bayroqning uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. Bayroqning o`rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o`tkazilgan. Bayroqning yuqori qismidagi moviy rang enning yuza tomonida va orqa tomonida, dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o`n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan.
O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i tasdiqlanishi munosabati
bilan chop etilgan maxsus namoyishnoma plakatda bunday deyiladi:
“1) Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va
obihayot ramzidir. Timsollar tilida bu-yaxshilikni, donishmandlikni,
halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur
davlati bayrog`i ham moviy rangda edi; 2) Bayroqdagi oq rang-
Muqaddas tinchlik ramzi bo`lib, u kun charog`onligi va koinot
yoritkichlari bilan uyg`unlashib ketadi. Oq rang poklik, beg`uborlik,
soflikni, orzu va xayollar tozaligi, ichki go`zallikka intilishning timsolidir; 3)Yashil rang-tabiatning yangilanish ramzi. U ko`pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi;
4) Qizil chiziqlar vujudimizda jo`shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir;
5) Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog`liq.Ayni paytda qo`lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzidir;
6) Yulduzlar barcha xalqlar uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O`zbekiston
Respublikasi Davlat bayrog`idagi 12 ta yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi quyosh yilnomamizga bevosita aloqadordir.Bizning o`n ikki yulduzga bo`lgan e’tiborimiz O`zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida “Nujum ilmi” taraqqiy etganligi bilan izohlanadi. Davlat bayrog`imizdagi o`n ikki yulduz tasvirini o`zbek xalqi madaniyati qadimiyligi, uning komillikka, o`z tuprog`ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim”.
Topshiriq: “O`zbekiston Davlat bayrog`i- g`ururim” mavzusida insholar tanlovini o`tkazish.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
13-Mavzu: Qonun ustuvorligi jamiyat faravonligining garovi.
Kun shiori: “Har bir bola mustaqil fikrlash huquqiga ega”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o`z huquqlarini bilishi, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hurmat ruhida tarbiyalash .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Bolalar huquqlari to`g`risida Konventsiya”
O`qituvchi:
1989 yil 20 noyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Bosh Assamblyeyaning 44/25-Rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan va 1990 yil 2 sentabrda kuchga kirgan.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1992 yil 9 dekabrdagi № 757-XII Qarori bilan mazkur Konvenstiyaga qo`shilgan.
1994 yil 29 iyundan Konventsiya O`zbekiston Respublikasida kuchga kirgan.
Bolalar huquqlari to`g`risida Konventsiya 3 qism, 54 moddadan iborat.
Bola huquqlari hamma ishtirokchi davlatlarda asosiy o`rinda ekanligi bilan ajralib turadi.
Konvensiyaga ko`ra, bolalarning ulg`ayishida asosiy mas’uliyat ota-onalar zimmasiga tushadi. Agar, ota-onalar majburiyatlarini amalga oshira olmasalar, davlat ularga yordam qo`lini cho`zadi.
Jiddiy holatlarda davlat bolani ota-onasidan olib qo`yishi ham mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida ham quyidagicha belgilab qo`yilgan:
“Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”.
Har yili O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilingan kun munosabati bilan Yurtboshimiz tomonidan kelayotgan yil nomlanadi. Bunday yilning nomlanishi ham bolalarimizning baxtli kelajagi uchun xizmat qiladi.
Aynan, 2000 yil “Sog`lom avlod yili”, 2001 yil “Ona va bola yili”, 2005 yil “Sihat-salomatlik yili”, 2010 yil “Barkamol avlod yili” har bir yilda Davlat dasturi ishlab chiqilib, yurtimiz bolalarining turmush tarzi, sog`lig`i va kelajagi uchun qayg`urilgan.
Topshiriq:
“SAN” texnologiyasi.
(uchlik-samarali, axloqiy, nazokatli)
Texnologiyaning maqsadi:
O`quvchilarda yakka, jamoaviy, guruh bilan ishlash, ijodiy va tashkilotchilik faoliyati ko`nikmalarini, ishga ma’suliyat bilan yondashuvni shakllantirish, bezash ishlari ko`nikmalarini rivojlantirish.
Mashg`ulotni o`tkazish tartibi:
O`qituvchi o`quvchilar auditoriyasini o`tkaziladigan mashg`ulotning tartib-qoidalari bilan tanishtiradi va o`quvchilarni 3 kishidan iborat kichik guruhlarga ajralishlarini iltimos qiladi.
Kichik guruhlarda o`quvchilar quyidagi rollarga bo`linadi:
Rassom, adabiy va badiiy muharrir, dizayner. Keyin har bir guruh vakili o`qituvchi stolidan topshiriqlar yozilgan kartochkalar ichidan bittasini tanlab oladi.
Topshiriqlar quyidagicha bo`lishi mumkin: (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilingan kun munosabat bilan)
devoriy gazeta (biror bir mavzuga, bayramga yoki yubileyga bag`ishlangan) eskizini tayyorlash;
bayram (yoki biror-bir tadbir) ga chorlovchi afishaning (masalan, e’lon, tashviqot, taklifnoma) eskizini tayyorlash;
turli tadbirlar (masalan, bayram) ga bag`ishlangan taklifnoma pattalarining eskizi va maketini tayyorlash;
tabrik otkritkalarining maketlarini tayyorlash;
Biror tadbir o`tkaziladigan joyni bezatish eskizlarini tayyorlash.
Kichik guruhlarga topshiriqni bajarib taqdimot qilishlari uchun tayyorlanishlariga 10 daqiqa vaqt beriladi.Tayyorgarlik vaqti tugagach, taqdimot boshlanadi. Taqdimot vaqtida guruhlar o`zlari tayyorlagan eskiz va maketlari bilan barchani tanishtiradilar, namoyish etadilar va asoslaydilar, jamoaviy ijodiy faoliyatdagi o`z variantlarini himoya qiladilar. Taqdimot tugagach, umumiy muhokama boshlanadi. Muhokama jarayonida o`quvchilar bezatilgan, tayyorlangan ishlarga tegishli talablarni aniqlaydilar, o`qituvchining o`zi yoki alohida tuzilgan ijodiy guruh esa o`quvchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflarni maxsus xona taxtasiga yoki vatman qog`oziga yozib boradi. Mashg`ulot oxirida o`qituvchi o`quvchilarga yuqorida berilgan turli topshiriqlar bo`yicha bir necha namunaviy eskizlardan tarqatadi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
14-Mavzu: Terrorizm, ekstremizm va axborot tahdidlariga qarshi kurashish
Kun shiori: “Bu dunyoda yengilmas kuch, – ma’naviyatdir”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, xalqimiz buyuk ma’naviyat egasi ekanligini his ettirish, insoniylik, mehr-oqibatni yanada rivojlantirish ekanligini uqtirish..
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi va ajdodlar o`giti bilan birga singadi”
Islom Karimov
O`qituvchi:
Ma`naviyatning hayotimizdagi o`rni va ahamiyati haqidagi fikr-mulohazalarimizga yakun yasar ekanmiz, avvalambor, shuni chuqur anglab olishimiz darkorki, ma`naviy yuksalishga erishish— bu bir yillik yoki besh-o`n yillik ish emas. Xalq, millat o`z milliy ma`naviyatini yillar, asrlar davomida yuksaltirib, boyitib boradi. Chunki ma`naviyat qotib qolgan aqidalar yig`indisi emas, aksincha, doimiy harakatdagi uzluksiz jarayon bo`lib, taraqqiyot davom etar ekan, uning shiddatli yurishi tufayli ma`naviy hayot oldiga qo`iiladigan talablar ham muttasil paydo bo`laveradi.
Bugungi kunda ma`naviyat dunyosiga nisbatan mavjud bo`lgan xavf-xatarlardan albatta ko`z yumib bo`lmaydi, lekin bizning ishonchimiz komilki, xalqimiz tarixning murakkab jarayonlarida irodasi chiniqib, har qanday hujum va tazyiqlarga qaramasdan, ma`naviy olami kuchayib va yuksalib borayotgani, bizni ko`rolmaydigan kuchlar ham bu haqiqatni tan olayotganini mamnuniyat bilan qayd etamiz.
Chunki xalq — bamisoli ulug` va sharafli yo`ldan ilgarilab borayotgan ulkan karvon. Uni yo`ldan chalgatishga urinuvchilar, payt poylab orqasidan hamla qiluvchilar hamisha bo`lgan, bundan keyin ham bo`lishi mumkin. Karvon bexatar bo`lmas, degan gap bejiz aytilmagan. Ammo xalq karvonini hech qanday kuch ortga qaytarolmaydi. Nega deganda, xalqning qalbida ne-ne avlodlardan meros yengilmas kuch — ma`naviyat bor.
(Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch)
Topshiriq: „Fikrlar kurashi“ mashqi. „Ma’naviyat nima?“
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
15-Mavzu: Eng buyuk jasorat
Kun shiori: “Eng buyuk jasorat – bu ma’naviy jasorat”.
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oyligida faol bo`lishlikka undash, insonlarga bo`lgan hurmatni rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
-
Doskada:
“ Haqiqatan ham, tabiat va tarix qonunlari-ni, uning taraqqiyot jarayonlarini chuqur tushunadigan odamgina o`z hayotini ma`naviy jasorat asosiga qurishga qodir bo`ladi. Shu ma`noda, shaxsan men zahmatkash va bunyodkor xalqimizning hayotini, ayniqsa qish qahratoni va yoz jaziramasida ham, bahor va kuzning yog`in-sochinli kunlarida ham yerdan rizq undirish maqsadida kunni kunga, tunni tunga ulab mehnat qiladigan dehqonlarimiz hayotini tom ma`noda jasorat namunasi, deb bilaman”.
Islom Karimov
O`qituvchi:
Ko`pchilik qatorida, faqat vaziyat taqozo etgan taqdirda maydonga otilib chiqish, qahramonlik ko`rsatish — albatta, bu ham oson emas. Buning uchun ham insonda katta yurak, g`ayrat-shijoat, eng muhimi, o`ziga, o`zining kuch-qudratiga mustahkam ishonch bo`lishi kerak.
Lekin menga buyursa, har kuni, har soatda fidoiy bo`lish, o`zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish — haqiqiy qahramonlik aslida mana shu, deb aytgan bo`lar edim.
Nega deganda, kundalik hayotda jonkuyar bo`lish, har kuni fidoiylik ko`rsatish, ruhan hech qachon bukilmay, bu fazilatni hayot qoidasi darajasiga ko`tarish, ochiq aytish lozimki, bu hammaning ham qo`lidan kelavermaydi. Buning uchun insonga buyuk qalb va metin iroda kerak, desam, o`ylaymanki, yanglishmagan bo`laman.
Men o`z hayotim, ish faoliyatim davomida ma`naviy jasorat sohibi bo`lgan, har tomonlama yetuk shaxslar bilan muloqotda bo`lganim, zamondosh bo`lib yashaganimdan doimo faxrlanib yuraman.
Ana shunday vatandoshlarimizdan biri mashhur arxeologik olim, akademik Yahyo G`ulomov edi.
O`z davrining fidoyi allomasi bo`lgan bu insonni men yaxshi bilardim. U o`zining mustaqil fikriga ega, kerak bo`lsa, yuqori lavozim egalariga yoqmaydigan to`g`ri gaplarni ham dadil ayta oladigan ulkan olim edi.
Tarixchilar yaxshi biladi, odatda tepaliklar qa`rida tarixiy obidalar, butun bir shahar qoldiklari yastangan bo`ladi. Sho`ro davrida, faqat tomlardagina paxta ekilmay qolgan bir paytda ana shunday qadimiy tepaliklarni ham tekislab, paxta dalasiga aylantirishdek bema`ni siyosat avj olgan edi. Bunday noma`qul ishga jasur olim Yahyo G`ulomov qarshi chiqqanini men yaxshi eslayman. Uning ana shu fazilati tufayli tazyiq ko`rganini ham eshitganman. Lekin bu inson o`zining qalbidagi ma`naviy jasorat hissi tufayli hayotiy va ilmiy qarashlarida sobit turganini madaniy jamoatchiligimiz yaxshi biladi.
Nafaqat, o`z she`rlari, balki butun hayoti bilan o`zbek ayolining ma`naviy qiyofasini namoyon etgan atokdi shoiramiz Zulfiyaxonimni ham men ana shunday fidoyi insonlar qatoriga qo`shgan bo`lardim. Uning jahon minbarlaridan yangragan she`rlari Sharq ayolining aklu zakosi, fazlu kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab she`riyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan, desak, mubolag`a bo`lmaydi.
Shoira Zulfiyaning sadoqatga to`la hayoti, nurga yo`g`rilgan ijodini xalqimiz juda qadrlaydi. Shu sabab Zulfiya tavallud topgan 1 mart yurtimizda har yili o`ziga xos she`riyat bayramiga aylanib ketadi.
Ozod Sharafiddinov — hozirgi o`zbek adabiyotshunosligi, tanqidchiligi, tarjimachiligining yetuk namoyandasi edi. Ellik yildirki, u ijod qilgan, yosh tanqidchi, yozuvchi, olim — tadqiqotchilar ishlarini hanuz sinchiklab kuzatib borgan. Yetmish olti yoshida Ozod Sharafiddinov O`zbekiston Qahramoni, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, «Mehnat shuhrati», «Buyuk xizmatlari uchun» ordenlari sohibi, O`zbekiston Milliy universitetining Oltin medaliga sazovor bo`lgan professor, qanchadan-qancha medallar, faxriy diplomlar, yorliqlar egasi bo`lgan. O`zbekiston ziyolilari, madaniyatli siymolari Ozod Sharafiddinovni “Ustoz” deydilar.
Ozod Sharafiddinov mustaqillikni intiqlik bilan kutgan, uni hayotining ma`no – mohiyati deb bilganlardandir. Ustoz mustaqillik uchun kurashchilar haqida gapirib, yozib charchamadi. Uning e`tiqodicha, insonning insonligi erk tantana qilgan yurtdagina to`la namoyon bo`ladi. Hayotning qiziq – qiziq qonuniyatlari bor ekan: mustaqillik yillarida O.Sharafiddinovning ruhi tetik bo`ldi, hayotga, istiqbolga muhabbati ortdi. Ammo, jismoniy xastaliklar Ustozni qiynadi… Ruh tetik bo`lsa, jismoniy norasoliklar hech narsa qilolmas ekan.
Ozod Sharafiddinov XX asrda ijod qilgan o`zbek yozuvchilarining aksariyati haqida maqola, tadqiqotlar yaratgan. Uning yozuvchilar haqidagi tadqiqotlari orasida Cho`lpon, Abdulla Qahhor, G`afur G`ulom, Oybek, Mirtemir, Shayxzoda, Zulfiya haqida yozganlari ham salmog`i, ham soni bilan yetakchilik qiladi. So`nggi yillarda Ozod Sharafiddinov nafaqat o`zbek yozuvchilari, tanqidchilari haqida, balki yetuk ziyolilar to`g`risida ham esselar yaratgan.
Bibliografiyada O.Sharafiddinovning 30 ga yaqin kitobi, 600 dan ortiq maqola va tarjimalari haqida qisqa ma`lumot berilgan. Muallif bitta maqola, tadqiqot, portret, esseni yozish uchun o`nlab badiiy, qanchadan – qancha ilmiy asarlarni o`qib, o`rganib chiqqan. Ba`zi maqolalarni chop ettirguncha, ba`zilarini e`lon qilgach, qanchadan – qancha qarshiliklarni yenggan, ta`na – dashnomlar eshitgan. Xullas, Ozod Sharafiddinov ijodi – munaqqid, tarjimon, ustoz –professorning yarim asrlik yo`li mashaqqatli, murakkab bo`lganligi yaqqol ko`rinadi. Quvonch shundaki, istiqlol tufayli, ijodkor mehnatini qadrlay oladiganlar borligi bois Ozod Sharafiddinov qadr – qimmat topdi.
(Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch)
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
16-Mavzu:“Mening kelajakdan maqsadim!
.
Kun shiori: “Yangi yilda orzularim olam jahon”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, yangi yilda ezgu niyatlarni orzu qilishni singdirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Yangi yil, yaxshi yil ”
O`qituvchi:
Yangi yil bayrami bizda har yili 31-dekabrda nishonlanadi. Lekin ushbu bayram turli davlatlarda turlicha urf-odatlar asosida nishonlanar ekan. Bilishni istaysizmi? Qadimda… 13 yanvar kuni ko’pgina xristian diniga e’tiqod qiluvchilar davlatlarda «Eski yangi yil» bayrami nishonlanadi. Bu ham yangi yilning bir ko’rinishidir. Qadimgi Misrda yangi yil bayrami Nil toshqini bo’lgan kunda nishonlanar edi. Bu ko’pincha sentyabrning oxiriga to’g’ri keladi. Nil daryosining toshishi misrliklar hayotida katta ahamiyatga ega bo’lgan. Ularning fikricha, shu kunlarda quyosh xudosi Amon o’z xotini va o’g’li Binn bilan daryodan suzib o’tishadi. So’ng yana ibodatxonaga qaytishadi. Shuning uchun ham ular bu kunni bayram sifatda nishonlashagan. Bobilda esa yangi yil bayrami bahorda nishonlangan.Bu vaqtda qirol mamlakatni tark etadi. Xalq esa o’zlari xoxlagan yumushni bajarishadi. Qirol qaytib kelishi bilan aholi o’z ishi bilan shug’ulanadi. Rimliklar uzoq vaqtlargacha yangi yilni birinchi martda nishonlab kelishgan. Eramizdan avval 46 yilda Yuliy Sezar yangi taqvim joriy etgan. Shundan keyin yangi yil 1 yanvarda nishonlana boshlandi. «Yanvar» so’zi Rim hudosi Yanus nomiga qo’yilgan. Rimliklarning fikricha, u ikki boshga ega bo’lib, biri yangi yilga, ikkinchisi bilan eski yilga qarab turgan. Rim yangi yil festivali Kalends deb nomlangan. O’damlar shu kunlari bir-birlariga sovg’alar ulashishadi, bayramni nishonlashadi. Keltlar(hozirgi Fransiya va Angliyaning bir qismida yashovchi aholi) yangi yilni oktyabrning oxirida nishonlashgan. Ularning bayrami Samheyn deb nomlanib, «yil yakuni» degan ma’noga ega. Keltlar shu kuni barcha ruhlar tirilishiga ishonishgan. Bugungi kunda… Avstraliya. Yangi yil Avstraliyada 1 yanvarda nishonlanadi. Bu erda shunchalik issiq bo’ladiki, qorbobo va qorqiz bayramda cho’milish kiyimida sovg’a ulashishadi. Indoneziya. Indrneziyada yangi yilni oktyabrda nishonlashadi. Ular shu kuni o’tgan yildagi ayblari uchun bir-birlaridan uzr so’rashadi. Eskimoslar. Kimdir yangi yilni 1 aprelda, kimdir oktyabrda, yana kimdir yanvarda nishonlashadi. Eskimoslar uchun esa birinchi qor yoqqan kun yangi yil hisoblanadi. Birma. Birmada yangi yil bayrami aprelda nishonlanadi. Buni boshqacha qilib suv bayrami deb atasa ham bo’ladi. Hatto Tinjon deb atalgan suv estivali ham o’tkaziladi. Birmaliklar bir hafta davomida bir-birlarini suvga bo’ktirishadi. Xitoy. Xitoyda yangi yilni raketalar va xlopushkalar sadosi ostida kutib olishadi. Avvallar bunday vositalar bambukdan qilinar edi. Xitoyda yangi yil bayramining birinchi kunida janjallashish ta’qiqlangan. Italiya. Yangi yilda Italiyada bo’lsangiz uylarga yaqin yurmang. Chunki ular shu kecha eski buyumlarini derazadan uloqtirishadi. Italiyaliklarning fikricha, qancha ko’p narsa otsang, yangi yilda shuncha ko’p boylik keladi. Shuning uchun boshingizga hatto shkaf ham tushishi hech gap emas.
Topshiriq: Yangi yil orzularingiz?
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, talabchanlikka, ijodkorlikka undab boradi.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
17-Mavzu: Xalq tinchligi uchun barcha mas’ul.
Kun shiori: “Harbiylik – mardlar kasbi”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, har bir kasbning o`z o`rniga ekanligini uqtirish, har bir shaxs jinsidan qat’iy nazar kasb egasi bo`lishiga haqli ekanligini singdirish, Vatan himoyachilariga bo`lgan hurmat va iftixorni rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Mardlar qo`riqlaydi, Vatanni!”
O`qituvchi:
Demak, harbiy bo`lishni istovchi yoshlar safi yil sayin kengayib bormoqda. Muhimi, ularning orzulari amalga oshmoqda. Harbiy xizmat oilaviy kasbga aylanib, harbiylar sulolalari paydo bo`layapti. Istiqlol tufayli harbiy xizmat sharafli kasbga aylandi. Yoshlar harbiy kasbga katta havas va qiziqish bilan qarashmoqda. Bu oddiy qiziqish emas, ulardagi vatanparvarlik tuyg`usining yuksakligi hamda Vatan tinchligi va daxlsizligi uchun o`zlarini mas’ul deb bilishlarining ifodasidir.
Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, harbiy sohada ham keng ko`lamli islohotlar amalga oshirildi. Xususan, mudofaa ishlari boshqarma va bo`limlarining chaqiruv punktlari, harbiy qismlarning o`quv sinflari zamon talablari darajasiga keltirildi. Yigitlarni harbiy xizmatga tantanali kuzatish va kutib olish mustaqillik yillarida yaxshi an’anaga aylandi. Bunday marosimlarda ota-onalar, mahalla tizimi, jamoatchilik vakillari, mehnat va urush faxriylari faol qatnashmoqda. Badiiy jamoalarining konsert dasturlari namoyish etilmoqda. Yoshlarning askar bo`lishga havasini kuchaytirayotgan yana bir omil – harbiy xizmatdan qaytgan yigitlarning ishga joylashishi va o`qishga kirishlarida berilayotgan imtiyozlardir. Harbiy xizmatni namunali o`tab, qo`mondonlikning tegishli tavsiyanomasiga ega bo`lgan yoshlarning ko`pchiligi oliy ta’lim muassasalariga o`qishga kirayotgani armiyamizning obro`-e’tiborini yanada oshirmoqda. Harbiy xizmat yoshlarimizni ma’naviy va jismoniy jihatdan barkamol voyaga yetkazadigan hayot maktabiga aylangani mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasini yaqqol namoyon etmoqda. Bu jarayonda chaqiriqqacha yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, boshlang‘ich harbiy ta’lim berish sohasidagi ishlar samaradorligi oshgani, harbiy qismlar bilan jamoatchilik o`rtasida doimiy aloqaning keng yo`lga qo`yilgani ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, har yili Vatan himoyachilari kuni oldidan mudofaa ishlari bo`limlari joylardagi harbiy qismlar bilan hamkorlikda mahallalar, korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalarida turli uchrashuvlar, ma’rifiy tadbirlar tashkil etmoqda. Uchrashuv va suhbatlarda mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, samaralari, harbiy xizmatchilar hayoti, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida keng ma’lumotlar berilmoqda.
Topshiriq: “Orzuga ayb yo`q” mashqi. Harbiy bo`lish har bir yigitning orzusi, armiyaga borgan har yigit qizlarning hurmatiga sazovardir. Fikrimga qo`shilasizmi? Fikrlar maydoniga marhamat.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
18-Mavzu: Din va axbort iste’moli madaniyati.
Kun shiori:»Internetdagi tahdidlardan himoya»
Ma’lumki, dunyoda kechayotgan murakkab g’oyaviy jarayonlar, ayrim mintaqalarda avj olayotgan nizolar, internet tarmog’i orqali tarqatilayotgan axborot xurujlari bugun sog’lom fikrli har bir kishini tashvishga solmasdan qo’ymaydi. Ayniqsa o’rgimchak to’ri deb ataluvchi internet tarmog’i orqali tarqatilayotgan axborot xurujlari insonlarni ma’naviy jihatdan qoloq qilib, davlatlar o’rtasidagi nizolarga sabab bo’lmoqda. Poytaxtimizdagi IIV Yong’in xavfsizligi oliy texnik maktabida bo’lib o’tgan tadbir ham O’zbekiston Musulmonlari idorasi ulamolari tomonidan yaratilagan «Internetdagi tahdidlardan himoya» nomli kitob taqdimotiga bag’ishlandi.Tadbirda Yong’in xavfsizligi oliy texnik maktabi professor-o’qituvchilari, kursantlari hamda O’zbekiston musulmonlari idorasining ulamolari ishtirok etishdi. Unda so’z bevosita glaballashuv davrining yutuqlaridan biri bo’lgan internet , uning bugungi kundagi ijobiy va salbiy jihatlari, ma’naviy rivojlanmagan fuqarolar ongida internet so’zining qay tarzda shakllanishi haqida bordi. Qolaversa, biz yashayotgan hozirgi murakkab davr mamlakatimiz aholisi, ayniqsa, yoshlarimizda xushyorlik va ogohlikni kuchaytirishni taqozo etmoqda. Ta’kidlash kerakki, ushbu yo’nalishda Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoshlarni internetdagi axborot xurujlaridan himoya qilish bo’yicha o’quv-uslubiy qo’llanmalar tayyorlash vazifasi belgilangan edi. Mana shu topshiriqqa hozirjavoblik bilan O’zbekiston Musulmonlari idorasi ulamolari tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilib, soha mutaxassislarining qimmatli fikrlari olindi va eng zamonaviy pedagogik uslublardan foydalangan holda «Internetdagi tahdidlardan himoya» nomli kitob yaratildi.Shuningdek soha mutaxassislari mazkur asar yoshlarni ma’naviy xurujlardan himoya qilishga qaratilgan ilk o’quv qo’llanma ekanligini e’tirof etishdi. Zero, mazkur kitobning O’zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan o’tkazilgan respublika ko’rik tanlovida «Yilning eng yaxshi kitobi» deb topilgani ham uning naqadar dolzarb va e’tiborga molik nashr ekanini anglatadi.Ma’lumot o’rnida shuni aytish kerakki, mazkur kitob o’tgan 2015 yilning oxirlarida to’rt ming nusxada nashr qilindi. Ma’ruzachilarning so’zlariga ko’ra, kitobda, “Sog’lom e’tiqodga tahdid”, “Jahon axborot tarmog’idagi fitnalar xuruji ”, “Axborot xurujidan himoya”, “Bekorchilik va buzug’chilik turlari” kabi o’nta band va qirq yettita mavzu jamlangan. Albatta, bunday adabiyotlar har bir ta’lim dargoxining kutubxonasida bo’lishi zarur. Shundagina yoshlarni internet tarmog’i orqali vujudga kelayotgan salbiy holatlardan himoya qilish mumkin.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
19-Mavzu: “Korrupsiyasiz – jamiyat quramiz.
Kun shiori: Korupsiya taraqqiyot kushandasi
Maqsad: O’quvchilarni korrupsiyaga qarshi kurashishga o’rgatish
O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston bojxona xizmati faxriylari uyushmasi nodavlat notijorat tashkiloti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Toshkent shahar adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Bu illatga qarshi kurashish – mamlakatimizda jadal sur’atlarda olib borilayotgan huquqiy islohotlar sharoitida inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilishning muhim vositalaridan biri ekanligi ta’kidlandi.
Mamlakatimizda mazkur illatga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi va aniq tizimi shakllangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazkur qonun qoidalarining samarali ijrosini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga xizmat qilmoqda.
Ushbu qaror bilan 2017-2018-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlangan bo‘lib, unda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 50 dan ortiq muhim chora-tadbirlar o‘z ifodasini topgan.
Davra suhbatida bojxona organlarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida qonunbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda bojxona organlari saflarini nopok xodimlardan tozalash borasida aniq yo‘nalishga ega bo‘lgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
“Toshkent-Aero” IBK tomonidan 2017-yilning o‘tgan davri mobaynida 80 ga yaqin profiklatik ma’ruzalar, uchrashuvlar, individual tartibda tarbiyaviy ishlar va suhbatlar o‘tkazilgan. Xodimlar xizmat davomida zimmasiga yuklangan vazifalarni qay darajada ado etayotganligi, hushyorligi va ogohligini sinovdan o‘tkazish maqsadida turli tekshiruvlar doimiy ravishda yo‘lga qo‘yilmoqda.
Davra suhbatida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
MMIBDO’:________________________
Sana:_________________________
20-Mavzu: “Buyuk qadriyatlar yaxshilikka yetaklar.
(Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan)
Kun shiori: Navoiy non.To`sma.Unga borar yo`ldan qoch,
G`ashlik qilma, to`rt yonni ham yoritarkan toj.
Navoiyga o`zin ursa, urma kofirni,
Axir nonga musulmonu kofir birday och.
Halima Xudoyberdiyeva
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ajdodlarimiz merosini o`rganish farzandlik burchi ekanligini uqtirish, Navoiy bobomizga va uning ijodiga bo`lgan hurmatini rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “ 9 fevral — Nazrat Alisher Navoiy tavallud topgan kun”.
O`qituvchi:
Rus olimlaridan juda ko`pchiligi Hazrat Navoiy bobomiz haqida juda ko`plab tadqiqot ishlari olib borgan. Quyida akademik N.I.Konrad va V.M.Jirmunskiy tadqiqotlarini kuzatamiz.
Chunonchi: Navoiy- o`zbek adabiy tilining asoschisi; Navoiy- o`zbek mumtoz adabiyotining asoschisi; Navoiy – Sharq badiiy va falsafiy tafakkurini jamlab, uni yangi pog`onaga ko`tara olgan mutafakkir; Navoiy – Temuriylar davlatining yirik arbobi, adolat himoyachisi; Navoiy – ilmu urfon, madaniyat va she’riyat homiysi, ustoz-murabbiy va hokazo.
Navoiy turkiy til qudratini barilla namoyish eta oldi, bu xalqlarning ijodiyoti an’analari bilan forsiy she’riyat an’analarini qo`shib, turkiy adabiyotni keng bashariy tarix sahnasiga olib chiqadi. Navoiy-nodir iste’dod egasi, ammo uni hamisha ilhomlantirgan, unga qudrat va quvvat bergan narsa – bu ona tilida ulug` asarlar yaratib xalqi ruhini sarbaland etish edi. Bu qutlug niyat bir ilohiy nur bo`lib, Navoiy asarlari orqali avlodlar qalbini charog`on qilib turibdi.
Shu nuqtai nazardan V.M. Jirmunskiy Navoiy faoliyatini Lyeonardo da Vinchi faoliyati bilan qiyoslaydi va yozadi: “Navoiy o`zining G`arbdagi zamondoshlari kabi ko`z oldimizda har tomonlama kamol topgan va ilmu ijod, fikriy teranlik va amaliy faoliyatini o`zida jamlagan univarsial qobiliyatli yaxlit bir komil shaxs sifatida gavdalanadi”.
(Najmiddin Komilov. Tafakkur karvonlari-199-201 -betlar)
O`zbek xalqi ma`naviy dunyosining shakllanishiga g`oyat kuchli va samarali ta`sir ko`rsatgan ulug` zotlardan yana biri — bu Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning mo`’tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so`z yuritamiz.
Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxe, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g`ururi, sha`nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o`lmas so`z san`atkoridir. Ta`bir joiz bo`lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so`zlovchi biron-bir inson yo`qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e`tiqod bilan qaramasa.
Agar bu ulug` zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.
Shu ma`noda, keyingi paytda buyuk ajdodlarimizning so`nmas dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o`rganishga bo`lgan qiziqish xorijiy ellarda ham ortib borayotgani barchamizni quvontiradi. Buning tasdig`ini dunyoning turli mamlakatlarida ularning hayoti va faoliyati haqida e`lon qilinayotgan ilmiy va badiiy asarlar, ulug` ajdodlarimiz xotirasiga barpo etilayotgan yodgorliklar misolida ham ko`rish mumkin. Shu qatorida, Moskva, Tokio va Boku shaharlarida Alisher Navoiy bobomizning xotirasiga o`rnatilgan muhtasham haykalni eslash joiz.
(Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch)
Topshiriq: O`quvchilar Hazrat Alisher Navoiy bobomizning “Xamsa” dostonidan namunalar ijro etadilar.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
( Z.M. Bobur tavalludi munosabati bilan)
Kun shiori: “14 fevral O`zbekiston Respublikasida unutilmas sana- Z.M.Bobur tavalludi kuni”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ajdodlarimiz merosini o`rganish farzandlik burchi ekanligini uqtirish, Bobur bobomizga va uning ijodiga bo`lgan hurmatini rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Farg`onalik Zahiriddin Muhammad Bobur – Sharqdagi uyg`onish davrining eng atoqli siyosat va madaniy arboblaridan biridir” S.P.Tolstov
O`qituvchi:
Bobur shoh yashagan o`sha ziddiyatli, beomon, besaranjom zamonda davlatni boshqarish uchun jasur sarkarda bo`lish juda muhim edi. Tabiat Bobur shohga ana shunday xislatni in’om etgan edi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan “Bobur” (“Sher”) laqabini oladi.Bu nom unga bejiz berilmagan edi. U ajoyib suvori, suzuvchi, qilichboz, kamonboz edi. Uning vujudida sarkardalarga xos dovyuraklik, serg`ayratlik, epchillik mujassam edi. Epchillikda unga teng keladigan odam kamdan kam topilgan. Manbalarda qayd etilishicha, u jismoniy jihatdan ham shunday baquvvat bo`lganki, ikki qo`ltig’iga ikki odamni olib qal’a devori ustida mashq qilgan. Bundan tashqari, Bobur o`limga tik qarash, o`ziga va o`z taqdiriga ishonish kabi fazilatlarga ega bo`lgan. Bu fazilatlar esa Boburga kishilarni doimo o`z orqasidan ergashtirish imkonini bergan. Bobur kimlar bilan janglarda to`qnash kelgan bo`lsa, ularning tajribalarini o`rgangan.Shayboniylardan urushning “to`lg`ama” usulini, mo`g`ullardan pistirma qo`yish, afg`onlardan poroxli miltiq ishlatishni o`rgangan.
Zahriddin Muhammad Bobur nafaqat buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, shoir, bastakor, ayni paytda, yirik tarixchi olim hamdir.Uning nomini abadiylikka muhrlagan asar “Boburnoma”dir. Bu asar-Movarounnahr, Afg`oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasi haqida juda qimmatli ma’lumotlar beradi. Bu xotira asarlar sirasiga kiradi. Asar 1493-1529-yillar oralig`ida bo`lib o`tgan tarixiy voqealar haqida yilma-yil hikoya qiladi.
Bobur shoh 1530-yilning 26-dekabrida 47 yoshida vafot etdi. Uni Agra shahrida, Jamna daryosi yonidagi “Bog`i Orom ”ga dafn etadilar. Uning vasiyatiga ko`ra, bir necha yildan so`ng Bobur shoh jasadi Kobuldagi “Bog`i Kalon”ga ko`chiriladi. Bu bog`ni Boburning o`zi katta mehr bilan obod qilgan edi.
Keyinchalik bu bog` “Bog`i Bobur” deb atala boshlangan.
Bobur Sharq mamlakatlari taxtiga munosib hukmdorlarning yorqin namoyonlaridan biridir.
Bobur bobokaloni Amir Temurdek bunyodkorlik ishlariga katta e’tibor bilan qaragan davlat arbobi edi.
O`zbekiston Respublikasi hukumatining qarori:
*1993-yilda Bobur tavalludining 510 yilligi keng miqyosda nishonlansin.
-
Boburning buyuk xotirasini ulug`lash yo`lida katta ishlar amalga oshirilsin.
-
Andijonda Bobur haykali o`rnatildi, ramziy qabr maqbarasi qurildi.
-
“Bobur milliy bog`i” va shu bog` qoshida “Bobur va jahon adabiyoti” nomli muzey tashkil etildi.
-
Har yili 14-fevral Respublikamizda Bobur tavalludi keng nishonlanadi.
I think this is one of the most important info for me. And i’m glad reading your article. But should remark on few general things, The website style is great, the articles is really excellent : D. Good job, cheers
Well I sincerely liked studying it. This tip offered by you is very helpful for good planning.